Mavzu: Shaxsning biogenetik va sosiogenetik nazariyalari. Shaxs faolligi va yetaklovchi faoliyat Mashg’ulot rejasi
Download 34.76 Kb.
|
4-Seminar KP
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Shaxs va uning faolligi.
- Tashqi faollik
Shaxsning tuzilishdagi biologik va ijtimoiy omillar.Inson shaxs tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omilllarning o`zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasida eng murakkab va munozarali masalalarda biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil-biologik va ijtimoiy omillar ta'siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o`rin egallaydi. Inson shaxsining o`zi "endopsixik" va "ekzopsixik" tuzilishga bo`linadi, degan fikr ham ilgari surildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi "endopsixika" bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishiga o`xshash bo`lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funksiyalarning o`zaro ichki bog`likligini ifoda etadi. "Ekzopsixika"ning tashki muhitga munosabati bilan, ya'ni shaxs qanday bo`lmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo`lgan va shaxsga qarama-qarshi turadigan tuzilishlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi. Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik tuzilishi uzining izini koldiradi, albatta. Gap shaxsning tuzilishida biologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish kerakmi, yo`qligi haqida emas (ularni e'tiborga olish shart, albatta), balki ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni qanday tushunish kerakligi haqidadir. Ikkita omil nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni, muhit va biologik tuzilishni, "ekzopsixika"ni beixtiyor ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo`yadi. Haqiqatda esa bunday tashqi, o`zidan-o`zi bo`ladigan qarama-qarshi qo`yish samarasizdir va shaxsning tuzilishini anglab olish uchun hech bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va tuzilishidagi tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshqacha yondashish ham mumkin. 3.2. Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’zo’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga alokador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: Tashqi faollik- bu tashqaridan o’z ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi. Shaxsning moslashuvchanlikka xam, xulk atvorning salbiy (nokonformliligi) turiga xam zid bulgan jamoa tarzida uzini-uzi belgilashi xam uning faol xayotini pozisiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va kizlarda faol xayotiy pozisiyaning shakllantirish axlokiy tarbiyaning eng muxim vazifalaridan biridir. Shaxs va uning faolligi tugrisidagi garb nazariyalarining tankidiy taxlili. Hozirgi paytda garb psixologiyasida shaxsni tadkik kilish va tushunish borasida "insonparvarlik psixologiyasi" deb atalmish psixologiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va karashlari (shaxsning ekzistensialist nazariyalari) eng nufuzli yunalishlar bulib xisoblanadi. Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling