2) aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar. Quyidagilar soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. QUYIDAGILAR SOLIQ SOLISH OBYEKTI HISOBLANMAYDI: 1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish; 3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). Tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma quyidagilardan iborat:
tovarga bo‘lgan
mulk huquqini
pullik asosda, shu
jumladan
tovarning qarz
shartnomasi
bo‘yicha
o‘tkazish
tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish
tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish
Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb e’tirof etiladi:
pullik asosda xizmatlar ko‘rsatish
bepul xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq to‘lovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni ko‘rsatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |