Мавзу: ҚЎшилган қиймат солиғИ


Download 351.87 Kb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi351.87 Kb.
#1402227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QQS Taqdimot (1)

Soliq bazasini aniqlash chog‘ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq to‘lovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi to‘lov, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan haq to‘lash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:


ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda
bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda
tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda

Soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi (ba’zi hollar bundan mustasno).

Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;

2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan tovarlar

3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar.

4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;

5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling