Mavzu: Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sho‘rlаngаn yerlаrni yuvishgа tаyyorlаsh


Download 211.15 Kb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556146
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari

Sho‘rlаngаn yerlаrni yuvishgа tаyyorlаsh: Sho‘rlаngаn yerlаrning sho‘rini yuvishdаn oldin nimаlаrgа e’tibor berish kerаk:

  • Suv kelаdigаn аriqlаr yaxshilаb tozаlаnishi kerаk vа ulаrdа suv ulchаsh qurilmаlаri bo‘lishi shаrt.

  • Sho‘rlаngаn mаydonlаrdаn o‘tаdigаn kollektor-zovur tаrmoqlаri tozаlаnishi vа yopiq-yotiq quvurlаrni yuvish zаrur.

  • Sho‘r yuvilаdigаn yerlаrni yaxshilаb tekislаnishi shаrt, аks holdа suvdаn tejаmli foydаlаnib bo‘lmаydi.

  • Tuproq 60-80 sm chuqurlikdа yer yumshаtkich bilаn yumshаtilsа, tuproq tuzilishini o‘zgаrtirаdi, hаvo аylаnishini yaxshilаydi, zichlikni kаmаytirаdi vа suv o‘tkаzish qobiliyatini oshirаdi.

  • Sho‘rlаngаn yerlаrni sho‘rini yuvishdаn oldin 30-40 sm chuqurlikdа hаydаb, keyin dlinobаz bilаn yaxshilаb tekislаnаdi.

  • Аgаr yerni hаydаshdаn oldin 10-20 t/gа go‘ng solinsа, sho‘r yuvish sifаti oshirilаdi.

2.4. Sho’rlangan tuproqlarni o’simlikka ta’siri hamda ekinlarni tuzga chidamliligi.
Tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan taʼsiri koʻpgina tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Tadqiqotlar natijalari tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri sulfat-xloridli tipdagi shoʻrlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli shoʻrlanishga qaraganda birmuncha koʻproq ekanligini koʻrsatadi. Xloridli shoʻrlanishda esa sulfatli shoʻrlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan. Tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan taʼsiri xilma-xil. U oʻsimliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik funksiyalarning, ularning suv va oziqlanish rejimlari, ildiz sistemalari holatini buzilishiga olib keladi. Tuzlar taʼsirida fotosintez jarayonlari jadalligi oʻsimliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik moddalarning toʻplanishi kamayadi,transpiratsiya orqali suvlarning sarflanishi pasayadi.
Ekinlar tuz taʼsiriga chidamliligi boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: a) Chidamsiz (mosh,loviya, noʻxat, bodring, kartoshka); b) Oʻrtacha chidamli (gʻoʻza, tariq, bugʻdoy, arpa, qovun); v) Chidamli (lavlagi, joʻxori, kungaboqar, pomidor, tarvuz, piyoz, karam, qovoq, mevalilardan nok va oʻrik). Tuzlarning oʻsimliklarga zararli taʼsiri urugʻ chigit unib chiqish fazasidan koʻrina boshlaydi. Tuproq shoʻrlanganlik yuqori darajada boʻlganda urugʻlarni unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urugʻ yaxshi oʻsishi zarur boʻlgan namlikni oʻzlashtira olmaydi. Shu bois urugʻlarning unib chiqish energiyasi kamayadi yoki urugʻ butunlay unib oʻsmaydi. Natijada ekinlarning yakka-dukka oʻsib chiqishi kuzatiladi, oʻsimliklarning gektar hisobidagi soni (qalinligi) kamayadi, tuproq yuzasida shoʻr dogʻlar paydo boʻladi, oʻsimliklarning halok boʻlishi kuzatiladi. Tuproq shoʻrlanishi qishloq xoʻjalik ekinlarining ildizlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga oʻtishini kechiktiradi. Tuzlardan oʻsimlik ildizlariga eng zararli taʼsir etuvchi normal soda (Na2CO3) hisoblanadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, halok boʻladi. Shoʻrlangan tuproqlar oʻsimliklarga ayniqsa vegetatsiya davrida katta taʼsir koʻrsatadi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsimliklar tarkibida uglevodlarning umumiy miqdori va azotli moddalar ancha ortadi,shunga qaramasdan kraxmal kamayadi. Bu esa ildizdan oziqlanishning buzilishi oqibatidir.
Shoʻrlangan tuproqlarda oʻsimliklar tomonidan suvni oʻzlashtirishi sekinlashadi va transpiratsiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan oʻsimliklarga suv ozuqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining soʻrish kuchi taʼsiri ostida soʻriladi. Soʻrish kuchi oʻsimliklarning hujayra shirasi soʻrish bosimi tufayli sodir boʻlib, u oʻsimliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda soʻrish kuchi bor-yoʻgʻi 2-5 atm., shoʻrlanmagan tuproqlardagi gʻoʻzada 10-15 atm., shoʻrlangan tuproqlardagi 15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud boʻlib, bu kuchlar katta oraliqda oʻzgarib turadi. U tuproqda qancha tuz koʻp boʻlib, nam kam boʻlsa, shuncha katta boʻladi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda namlik 9,4% boʻlsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz shoʻrlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi (jadval №18). Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va oʻsimliklarning soʻrish kuchi koʻrsatkichlari nisbati oʻsimliklarni suv bilan taʼminlanishini aniqlaydi. Agar tuzli eritma konsentratsiyasi va tuproq eritmasining soʻrish bosimi yuqori boʻlsa,oʻsimliklar suvni oʻzlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda oʻzlashtiradi. Bunday hollarda tuproqda namlikning boʻlishiga qaramay tuproqda oʻsimliklarni nobud boʻlishiga (nimjon oʻsishiga), ularning oʻsish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik quruqlik” sodir boʻladi.
Shoʻrlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir boʻladi Bu holat oʻsimliklarning qator muhim ozuqa elementlarining yetarli darajada oʻzlashtirolmasliklari (kaltsiy, fosfor, marganes, temir) va aksincha zararli elementlarning (xlor, natriy, magniy) koʻplab oʻzlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli shoʻrlangan tuproqlardagi oʻsimliklarda xlor miqdori meʼyoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta ortib ketishi mumkin. Oʻsimliklarda tuzlarning katta miqdorda toʻplanishi, ularni tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi. Tuproqdagi tuzlarning yuqori konsentratsiyasidan oʻsimliklarning zaharlanishi asta-sekin ortib boradi, barglarning soʻlishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Koʻp holatlarda barglarning buralib qolish holatlari kuzatiladi. Kuchli zaharlanish natijasida oʻsimliklar barglari sargʻayadi, ularda tuzli dogʻlar paydo boʻladi. Bunday barglar keyinchalik toʻkilib ketadi.
Tuzlar taʼsirida tez, bir necha soat davomida yosh nihollarning kuchli jabrlanishi va halok boʻlishi hollari uchraydi. Bunda yosh, yaxshi rivojlangan niholning katta normalardagi birinchi sugʻorishdan yoki kuchli yoqqan yomgʻirdan soʻng nobud boʻlish hollari uchraydi. Bunday hollarda oʻsimliklarning nobud boʻlishi sabablari tuproqlarda ishqoriylikning vaqtincha ortib ketishi hisoblanadi. Ishqoriylikning birdan ortib ketishi tuzlari yaxshi yuvilmagan tuproqlarda namlikning keskin koʻpayishi natijasida natriy sulfat va kaltsiy karbonat tuzlarining oʻzaro almashinish reaksiyasidan sodir boʻlishi mumkin. Bunda tuproq eritmasida soda, natriy ishqori va gidrooksil ionlari hosil boʻlib, oʻsimliklarga oʻta zaharli, halok qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Ayrim hollarda oʻsimliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita taʼsiri ostida tuproqni fizikaviy xossalarining yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab boʻluvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil boʻlgan soda hisobiga sodir boʻlishi mumkin. Tuzlarni oʻsimliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga, hamda tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga koʻrsatadigan zararli taʼsiri, oxir oqibatda oʻsimliklarning yomon oʻsishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, unumdorlikning pasayishi va qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligining kamayishini belgilaydi.
Maʼlumki, kuchsiz shoʻrlangan tuproqlarda paxta hosildorligi shoʻrlanmagan tuproqlarga qaraganda 10-15, oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlarda 30-35, kuchli shoʻrlangan tuproqlarda 60-65% ga va undan ortiq kamayadi. Tuproqda tuzlarning, shu jumladan xlor ionining koʻp miqdorda boʻlishidan, oʻsimliklarning koʻp qismi nobud boʻladi, qolgan qismlarining hosildorligi keskin kamayadi. Shoʻrlangan tuproqlar hosildorlikning nafaqat miqdoriga, balki sifatiga ham taʼsir koʻrsatadi. Tuproq shoʻrlanganligi darajasining ortib borishi bilan oʻsimliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. Shoʻrlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ayrim oʻsimliklarda tuproq shoʻrlanishining kamroq miqdori mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, gʻalla ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum, mevalarda qand miqdori koʻpayadi. Qishloq xoʻjalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi tuzlarning ularni normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi. Turli tuproq sharoitlarida oʻsuvchi oʻsimliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: oʻsimlik turlari va biologik xossalariga, aynan oʻsimliklar navi, oʻsimliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, ozuqa moddalari va namlikka, ayniqsa, tuproqdagi organik moddalar miqdorga bogʻliq. Madaniy oʻsimliklar, umuman olganda, shoʻrga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi. ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, noʻxat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim oʻsimliklar tuzga oʻta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, oshxona lavlagisi, yem sifatida ishlatiladigan lavlagi), oq joʻxori. Nisbatan shoʻrga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) oʻrta tolali (Gossipium hisutum L) navlarga nisbatan shoʻrga chidamli hisoblanadi. Shoʻrga chidamlilik oʻsimliklarning yoshiga qarab oʻzgarib turadi. Oʻsimliklarning tuzni oʻzida sezishi, urugʻlarning unib chiqish, nihollarning oʻsish va vegetatsiyaning boshlanish davrlariga toʻgʻri keladi.
Oʻsimliklar uchun nisbatan zararsiz boʻlgan sulfat tuzlari koʻp boʻlgan tuproqlarda (Fargʻona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi yuqoriroq, xlor tuzlari koʻp boʻlgan tuproqlarda esa kamroq. Oʻsimliklarning shoʻrga chidamliligini belgilovchi muhim omil tuproq namligi sanaladi. Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda boʻlishiga qaramay, oʻsimliklarning tuzga chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ortadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining konsentratsiyasi ortadi. Oʻsimliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi ozuqa moddalarning miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan oʻgʻitlanganda oʻsimliklar tuzlarning salbiy taʼsiriga kamroq duchor boʻladilar. Biroq yuqori darajada shoʻrlangan tuproqlarga katta normalarda mineral oʻgʻitlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi mumkin, chunki shunday ham tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasi yana-da ortib ketishi mumkin. Oʻsimliklarning shoʻrga chidamlilik darajasiga ularning oʻsish va rivojlanish hamda muhit sharoitlarining katta taʼsiri yuqorida aytilgan fikrlardan va quyidagi jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdi. Tuproq shoʻrlanishini mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli oʻsimliklardan yuqori hosilni taʼminlash uchun xlor ionini miqdori 0,01%dan katta boʻlmasligi kerak.
Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar koʻproq chidamli hisoblanadi. Bogʻ mevali daraxtlar (urugʻli mevalar) ichida olma va nok tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (oʻrik, olcha, togʻolcha) tuzga ancha chidamli. Eng koʻp chidamli uzum hisoblanadi.
Fargʻona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori meʼyoriy miqdori (0,75-1,0%gacha), bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sufat tuzlarining oʻsimliklar uchun kam zararli tuzlarning koʻp boʻlishi bilan, xlorning yuqori meʼyoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpogʻiston rayonlarida koʻp boʻlishi esa (0,03-0,04%gacha) bu rayonlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) taʼsirini susaytiruvchi kaltsiy kationining koʻp miqdorda boʻlishi bilan bogʻliqdir. Har bir meliorativ mintaqa uchun shoʻrlanish darajasining alohida-alohida shkalalari mavjud. Masalan, Mirzachoʻlning xloridli shoʻrlangan tuproqlarida gʻoʻzani ekishdan oldin yoʻl koʻyilishi mumkin boʻlgan tuzlar miqdori 0,3-0,4 % yoki xlor boʻyicha 0,01-0,02 % boʻlsa; Fargʻona vodiysining sulfatli shoʻrlangan tuproqlarida bu koʻrsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8 % va xlor boʻyicha 0,03-0,04% ni tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasi va Xorazm viloyatining shoʻrlangan tuproqlarida bu koʻrsatgichlar yana-da yuqoriroq boʻlishi mumkin, chunki bu tuproqlarning singdiruvchi kompleksida kaltsiy kationi koʻproq uchraydi, kaltsiyli tuzlar oʻsimliklar uchun zararsiz hisoblanadi. K.Gedroyts fikriga koʻra shoʻrxok tuproqlarda anionlar emas, balki kationlar oʻsimliklarga koʻproq zarar keltiradi. U kationlarning zararlilik taʼsirini S1- Na+ Mg K tartibida kamayishini koʻrinishi. Shoʻrhoksimon tuproqlarda esa tuzlarning anionlari oʻsimliklarga koʻrsatadigan zararli taʼsiri, koʻpincha kationlar taʼsiri kuchliroq boʻladi. Anionlar orasida xlor-ion (SI) oʻsimliklarga koʻproq zaharlidir.
Ekinlarni tuz taʼsirida chidamliligi tuproqdagi tuzlarning turi va miqdoriga bogʻliqdir. Tuzlar orasida oʻsimliklar uchun zararli tuz kir sodasi (Na2SO3)dir. Uning suvdagi eritmasi oʻyuvchi natriy (NaON) hosil qiladi va uning gidroksil ioni oʻsimlikka zararli taʼsir etadi. Na2SO3+N2O↔NaON+NaNSO3 Tuproqda kir soda 0.005% dan koʻproq boʻlganidayoq oʻsimliklar oʻsishidan toʻxtaydi; 0.01% dan koʻp boʻlganda oʻsimliklar nobud boʻladi. Ammo, shoʻrlangan, sugʻoriladigan tuproqlarda kir soda ancha kam uchraydi. Oʻsimliklar uchun NaSl ham juda zararlidir. Sulfatli tuzlar, (Na2SO4 va MgSO4) ning zarari xlorid tuzlariga qaraganda biroz kamdir. MgSO3 va Mg(NSO3)2 tuproqda koʻp boʻlganidagina oʻsimliklarga zararli taʼsir koʻrsatadi. Ammo kaltsiy bikarbonat Sa(NSO3)2 tuzining zarari juda kamdir. Gips (SaSO4) va ohak (SaSO3) tuproqda koʻpayib ketganda ham zararli taʼsir koʻrsatmaydi.V.A.Kovda oʻsimliklar uchun tuzlarning zararlilik darajasini kamayishi boʻyicha quyidagicha qatorga joylashtirgan: Na2SO3; NaNSO3; NaC1; NaNO3; CaC12; Na2SO4; MgC12; Mg SO4
Shoʻrlangan tuproqlarda natriyli tuzlar koʻproq uchraydi. L.Rozov natriyli tuzlarning nisbiy zararligini quyidagi son nisbatlari bilan ifodalagan. Na2SO3: NaNSOz:NaS1:Na2SO4=10:3:3:1 Tuzlarning oʻsimliklarga zararli taʼsiri maʼlum darajada ularning suvda eruvchanligiga ham bogʻliq. Zararsiz va kam zararli tuzlar (SaS04, SaS03, MgS03) suvda juda qiyin eriydi, qolgan boshqa tuzlar suvda yaxshi eriydi va oʻsimliklarga zararli taʼsir etadi 4. Oʻsimliklarni oʻsish sharoitlarini oʻzgartirish yoʻli bilan ularni tuz taʼsiriga chidamliligini oshirish mumkin. 1) Ekish oldidan urugʻlarni tuz eritmasida ivitish yoki ishlov berish (NaS1 eritmasida). 2) Minerallashgan suv bilan urugʻlarga ishlov berish (3,0-4,0 g/l). 3) Superfosfat oʻgʻiti eritmasida urugʻlarni ivitish. 4) Shoʻrlangan yerlarda ekinlar urugʻini ekish meʼyorini 25-30 % ga oshirish. 5) Shoʻrlangan yerlarda ekinlar sugʻorish meʼyorini 30 % gacha oshirish. 6) Yuqori sinfli saralagan urugʻlarni ekish. 7) Tuzga chidamli navlarni tanlab ekish. Tuzlar oʻsimliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, ozuqa rejimlarini, nafas olish, fotosintez jarayonlarini buzadi.Tuz taʼsirida oʻsimliklarda fotosintez sekinlashadi va natijada quruq modda kam toʻplanadi. Ekinlarning tuz taʼsiriga chidamliligi oʻsimliklarning yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, tuproq namligiga, tuproq unumdorligiga, iqlimiy sharoitlarga, ekin turiga bogʻliq boʻladi. Ekinlar tuz taʼsiriga chidamliligi boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: chidamsiz, oʻrtacha chidamli va chidamli. Oʻsimliklarni oʻsish sharoitlarini oʻzgartirish yoʻli bilan ularni tuz taʼsiriga chidamliligini oshirish mumkin.

Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling