Mavzu: Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sho’rtob va sho’rtoblangan tuproqlar, klassifikatsiyasi, tarqalishi hamda melioratsiyalash usullari. Quritish melioratsiyasi


Download 211.15 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556146
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari

Sho’rtob va sho’rtoblangan tuproqlar, klassifikatsiyasi, tarqalishi hamda melioratsiyalash usullari. Quritish melioratsiyasi


Shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar deb, singdiruvchi kompleksida juda koʻp miqdorda natriy boʻlgan tuproqlarga aytiladi. (Tuproqdagi singigan barcha kationlar yigʻindisi (Ca, Mg, Na, K, H2, NH4) singish sigʻimi deyiladi va 100 g tuproqdagi milliekvivalentlarda ifodalanadi). Shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar asosan yer yuzining namgarchilik yetarli miqdorda boʻladigan yaʼni kashtan, qoʻngʻir, oʻrmon-choʻl va qora tuproqli mintaqalarda keng tarqalgan. Oʻzbekiston sharoitida shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari yaqin yerlarda uchrab turadi. I.P.Antipov-Karataevning klassifikatsiyasi boʻyicha shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi. Shoʻrtobsiz – 5% dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan katoinlar milligram — ekvivalentlar yigʻindisiga nisbatan % hisobidagi miqdori. Sal shoʻrtobli — 5-10% ; Shoʻrtobli — 10-20% ; Shoʻrtob — >20%. Shoʻrtobli tuproqlarning tarkibida 5-20% natriy boʻlganda ularning fizik-ximik xossalari yomonlashadi, shoʻrtobl tuproqlarning fizik-ximik xossalari mutlaq yomon boʻlib bunda hech qanday ekin o‘smaydi.
Shoʻrtoblar asosan dasht va oʻrmon-dasht zonalarida tarqalgan, kam unumli yoki mutlaqo unumsiz oʻziga hos tuproqlardir. Bular alohida landshaftlarni egallab, singdirish kompleksida almashinuvchi natriy ioni saqlangani uchun oʻta ishqoriy reaksiyaga egadir. Bir-biridan keskin farq qiluvchi uch xil xususiyatli genetik qatlam bu tuproqlar uchun xosdir. Bular quyidagilar: 1. Elyuvial “A” qatlami, shoʻrdan yuvilgan, chirindili ishqoriy degradatsiyaga uchragan (solod tuprogʻiga oʻtish jarayoni), yaproqsimon strukturali va yengillashgan mexanik tarkibli. Bu qatlamning qalinligiga 5 -15-20 sm gacha; 2. Illyuvial “B” qatlami, qalinligi 5-15-20 sm gacha, ustunsimon, prizmasimon strukturali zich konsistentsiyali, ishqoriy reaksiyaga ega suvli soʻrim bilan aniqlanadigan umumiy ishqorlikning miqdori 0,1% atrofida, pH-9 atrofida almashinuvchi natriy ioni singdirish sigʻimining 20-25% dan koʻprogʻini tashkil qiladi;
3. Karbonat, sulfat 18 xlorid tuzlarining kristallari na choʻkmalari koʻp boʻlgan tuproq hosil boʻlish jarayoni taʼsirida unchalik oʻzgarmagan, tuproq hosil qiluvchi ona jinsidir. Bu qatlam tuzlarga juda boy. Shoʻrtob tuproqlar ham gidrogeologik rejimga qarab, ikkiga boʻlinadi: 1. Oʻtloqi shoʻrxoklashgan shoʻrtoblar. Sizot suvi 3-5-8 m chuqurlikda. 2. Sizot suvlarining chuqurligi 20-30 m va undan ortiq boʻlsa, dasht shoʻrtobi deb ataymiz.
Shoʻrtoblashgan dasht va choʻl tuproqlari Dasht zonasining janubiy qismlarida qora, kashtan va qoʻngʻir tuproqlari, shuningdek, choʻl zonasining surtus-qoʻngʻir tuproqlari orasida shoʻrxok tuproqlari bilan bir qatorda shoʻrtoblangan tuproqlar ham tarqalgan (Abdullaev S.A., Namozov X.Q, 2011). Bu tuproqlarda yogʻingarchilik yetarli boʻlgan yillarda gʻalla ekib, yuqori hamda aʼlo sifatli hosil olish mumkin. Lekin namgarchilik tanqis boʻlgan yillari esa hosil va uning sifati juda yomonlashib, hatto hosil mutlaqo boʻlmasligi ham mumkin. Umuman shoʻrtob na shoʻrtoblashgan tuproqlarni oʻzlashtirishda asosan uni muhitini fiziologik nordon tomonga oʻzlashtirish uchun nordon oʻgʻitlar, goʻng, oʻsimliklarning ildiz qoldiqlari, oltingugurt, gips koʻplab ishlatiladi. Bulardan tashqari chuqur qilib agʻdarib haydalgan yer oftobda yaxshilab toblanib quritilishi, qishda esa muzlatilishi ham yaxshi natija beradi. Taqir tuproqlari. Choʻl zonasining shoʻri yuvila boshlagan oʻziga xos, alohida landshaftlarining unumsiz, tashqi koʻrinishida “kaftdek” tekis, tuproq sirti bir xildagi poligonal yoriqli gʻovak qatqaloq bilan qoplangan oliy oʻsimliklarsiz yalangʻoch, lekin lishaynik va suv oʻtlarining nishonlari boʻlgan tuproqlardir. Bu tuproqlar asosan, Amudaryo, Sirdaryo, Murgʻob, Tedjen daryolarining Kura deltalari va Qoraqum hamda Qizilqumning yirik barxan qumlar oraliqlarida keng tarqalgan.
Suv oʻtkazish juda yomon boʻlganligi uchun bu tuproq yogʻingarchilikdan soʻng sayoz koʻllarga aylanib, mana shu vaqtda lishaynik va suv oʻtlari shiddatli rivojlanadilar. Bu koʻllar efemer koʻllar boʻlib, tezda qurib ketadi. Taqir tuproqning mutlaqo unumsizliklari, dastlab suv va fizik xossalarini oʻta yomonligi, yuqori ishqoriy muhiti oʻta qoldiq shoʻrligi, tuproq chirindisining juda ozligi, nihoyat hamma tuproqlar uchun xos boʻlgan zamburugʻ va bakteriya mikrofloralarining bu tuproqlarda yo‘qligidadir. Taqir tuproqlar juda yomon suv oʻtlari va fizik xossalarga ega, shunga koʻra, bular sugʻorish uchun berilgan suvlarni ham juda yomon qabul qilib, haydalgan qatlam yirik kesaklarga palaxsa-palaxsa boʻlib boʻlinib, bu hosil boʻlgan yirik kesaklar tuz bilan toʻyingan holda tezda qotib qoladi.
Taqir tuproqlarni ham fizik xossalari, kimyoviy tarkibi na taqirlik xususiyatlarining namoyon boʻlishiga qarab, bir qancha sinflarga boʻlish mumkin. Taqir tuproqlarning sizot suvlari chuqur boʻlganligi uchun uni oʻzlashtirganda zaxkash va zovur kanallarni sizot suvining koʻtarilish tezligiga qarab, 2-6 va hatto, 10 yillikdan soʻng ham oʻtkazish mumkin. Sizot suvlarning koʻtarilish tezligi tuproqning mexanik tarkibi, sugʻorish rejimi va joyining gidrologik sharoitiga qarab oʻrtacha bir yilda 1 m ga toʻgʻri keladi.

Xulosa
O’zbekiston Respublikasi jami yer maydoni 447,7 ming km2 tashkil etib, shundan jami 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha, 1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangani aytiladi. Mazkur dehqonchilik qilinadigan yerlarda yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsuloti 97% ni tashkil etadi, ushbu yerlarni sug’orish uchun har yili 57 km3 dan ortiq miqdorda suv sarflanadi.
“Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etishga, ularning sifati va suv iste'molini nazorat qilishga yetarli e'tibor berilmayapti. Natijada, agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘rini yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ko‘pchilik tumanlarida agrotexnika qoidalari va muddatlari qo‘pol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilmoqda, sho‘r yuvish ishlarining samarasi esa pastligicha qolmoqda.
Qurg’oqchil mintaqalarda joylashgan respublikamiznig turli xil tabiiy-xo’jalik sharoitlariga ega bo’lgan va hozirgi suv taqchilligi kuchayib borayotgan hududlarida sug’orish melioratsiyasi tadbirlarining asoslarini o’rganish talab etiladi. Ulardan tashqari, respublikamizda 2,5 mln/ga yaqin yerlar turli darajada sho’rlangan yoki sho’rlanish va botqoqlanishga moyil yerlarni tashkil etadi, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, zax qochirish va sho’rlanishga qarshi kurashishning ilmiy, texnik asoslariga tayangan holda kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi.



Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling