Mavzu: Shukur Xolmirzayev hikoyanavis
Mavzuning о’rganilish darajasi
Download 66.51 Kb.
|
Shukur Xolmirzayev mohir hikoyanavis
Mavzuning о’rganilish darajasi. Milliy ruhiyat – muayyan millat vakillarining о’zaro bir-biri bilan munosabatida, fe’l-atvorida, turmush-tarzida va hokazo jihatlarda aks etadigan о’ziga xos sifatlar majmuidir. Badiiy asarda milliy ruhiyatning aks etishi muhim ahamiyat kasb etib, u asarda tasvirlanayotgan voqealar, qahramonlarning ishonarli chiqishida asosiy omil vazifasini о’taydi. Adabiyotshunoslik ilmining bu jihatni aniqlashi esa millatning о’zligini anglashi uchun ham zarurdir. Zotan, о’zlikni anglash haqiqatni tanishning asosiy sharti sanaladi. Adabiyotshunosligimizda qahramonlar ruhiyatini о’rganish asnosida milliy ruhiyat tadqiq etilgan bir qancha tadqiqotlar mavjud. Jumladan, adabiyotshunos M.Abdurahmonova ‘Ruhiy dunyo tasviri’ risolasida Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarimizning tahlilga tortilgan asarlaridagi qahramonlar ruhiyatini psixologik jihatdan asoslash tamoyillarini aniqlar ekan, ayni chog’da о’zbek kishisi ruhiyati aks etgan о’rinlarga ham alohida tо’xtalib о’tadi.
Olim H. Umurovning ‘Badiiy psixologizm va ho’zirgi о’zbek romanchiligi’ nomli monografiyasida ham о’zbekona ruhiyatga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi SH. Doniyorova ‘Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy о’ziga xosligi’i deb nomlangan dissertatsiyasida, jumladan, yozuvchining mahalliy koloritni kо’rsatish mahorati, milliy va umuminsoniy ruhiyatni tasvirlash tamoyillarini belgilashga harakat qiladi. Shuningdek, Shukur Xolmirzayev ijodida milliy va mahalliy ruhiyatning ifoda etilishi G. Tavaldiyeva, M.Hamidova kabi adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida, M. Qо’shjonov, U. Normatov, S. Mamajonov, Q. Yо’ldoshev, H. Boltaboyev, O. Otaxonov, R. Qо’chqorov singari tanqidchi olimlarning maqolalarida ham ta’kidlab о’tiladi. Shu bilan birga yozuvchi SH. Xolmirzayevning egamanlik davrida yaratilgan hikoyalarida о’zbek kishisining ruhiyati, о’y-kechinmalari, ta’sirlanish yо’sini qanday tasvirlanganligi, bunda qaysi badiiy tamoyillarga amal qilinganligi alohida muammo sifatida о’rganilmagan. Holbuki, ijtimoiy hayotda sodir bо’ladigan о’zgarishlar aksar hollarda kishilar ongida boshlanadi va о’sha о’zgarishlar nimalardan iborat ekanini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 66.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling