Mavzu: Sifat menejmenti tizimi
Download 1.15 Mb.
|
Sifat menejmenti tizimi
ISO 9000 bo`yicha SMTni sertifikatlashning ko`p sabablaridan biri – “iste`molchilarning talabi” edi va bo`lib qoladi. Bu omil ko`p jihatdan sanoat bozoriga (“business–to-business”) taalluqlidir, chunki ISO 9000 sertifikati ta`minotchi hamkorni izlash va keyinchalik u bilan munosabat o`rnatish bilan bog’liq chiqimlarni qisqartirish imkonini beradi. ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni vaqtning katta davrini o`z ichiga olishi sababli, mazkur omil sertifikatlashning xarajatli jihatini ko`rib chiqishda o`ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi dalolat berishicha, ro`yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi. Mavjud sifat tizimining etukligi, sabablar darajasi, qabul qilingan yondoshuv, mavjud hujjatlarning holati va jalb qilingan resurslar kabi omillarga ko`ra, bu davr o`zgaradi. Qisqa muddat ichida tizimga katta o`zgarishlar kiritish odatda chalkashliklarga, barcha ish qatnashchilarining noto`g’ri tushunishiga va harakatlarining qovushmasligiga olib keladi.Standartlarning yangi tahriri sifatni tizimli boshqarishning TQM g’oyalariga yaqin bo`lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo`llaganda, tizimda shu standartda nazarda tutilgan 20 ta element mavjudligini tekshirish zarur bo`lgan) asoslangan: Ular yordamida, korxona faoliyatini yaxshilashi mumkin. 1) Iste`molchiga e`tiborni qaratish; 2) Etakchilik; 3) Xodimlarni jalb qilish; 4) Jarayonli yondoshuv; 5) Menejmentga tizimli yondoshuv; 6) Doimiy takomillashuv;7) Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish; 8) Ta`minotchilar bilan o`zaro manfaatli munosabatlar Басовский Л. Е., Протасьев В. Б. Управление качеством: Учебник. – М.: ИНФРА – М, 2001. – 212 с.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling