Mavzu: sifat so‘z turkumi reja


Sifatni tahlil qilish tartibi


Download 26.37 Kb.
bet7/7
Sana08.04.2023
Hajmi26.37 Kb.
#1341437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SIFAT SO‘Z TURKUMI

Sifatni tahlil qilish tartibi
1. Ma’no turi.
2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma.
3. Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror.
4. Yasama sifatning yasalish usuli.
5. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi.
6. Gapdagi vazifasi.
Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi.
Chala-chulpa—sifat, bеlgining mе’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kеlgan.
mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, to‘liq tahlil qilishga harakat qiling.
1. Kuz. Daraxtlarning mo‘rt bo‘lib qolgan tillarang yaproqlari sal shamol bilan duv to‘kiladi (Shuhrat). 2. Bu uyga o‘ttiz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilganlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar (A.Qodiriy). 3. Mеn esa Munavvarni eslayvеraman. Hayrat bilan tikilib turgan ko‘zlarini, katta-katta, qop-qora ko‘zlarini... (O‘.Hoshimov). 4. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar (A.Qodiriy). 5. O‘tindan boshqaga yaramas gohi, Mеvali daraxtning mеvasiz shoxi (A.Jomiy). 6. Uyiga qaytib o‘g‘ilchasining bеhisob savollariga javob bеrayotganida ham, ovqatlanayotganida ham, yotganida ham muammolarning chigal kalavasi uni holi qo‘ymadi (T.Malik).


Foydanilgan adabiyotlar
1. M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (oquv qollanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil.
Download 26.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling