Mavzu: sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyati


Download 210 Kb.
bet6/10
Sana09.06.2023
Hajmi210 Kb.
#1466855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sinf rahbari ota onalar bilan hamkor

Pedagogik ma’ruza pedagogik bilim berishning eng mashhur shakllaridan biridir. Keyingi paytlarda ota-onalarga pedagogik bilim berish keng darajada talab etilib, onalarga pedagogik bilm berish korxonalardagi, klublar, madaniyat uylari huzuridagi turar jo’ylardagi va ota-onalar pedagogika universitetlari orqali turli shakllarda amalga oshirilmoqda.
Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni,yil davomida, maktab ta’tillari paytida o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish shakllari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu tarkib topgan an’analarga va sinf rahbari ijodkorligiga bog‘liqdir. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkonriyati bolalar va ota-onalarning o‘zig hos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaginligi, ishonchi, burch hissi obro‘liligi bilan ta’minlanadi.
O‘z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlariniyo‘rgakdagi chog‘idan biladigan, ularning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshi roq kim ham ezgulikka, mehnatsevarlikka, do‘stlikka, birodarlikka, muhabbatga o‘rgata boradi.
O‘qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib Tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‘liq: bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarni olib borish kabilar. Bularni hammasi o‘qituvchilardan shuqur bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
Sinf rahbari ishini maktab ma’muriyati va mahalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi O‘qituvchilar sog‘ligini mustahamlashga doir ishlarni o‘tkazadi va mehnat qilishga o‘rgatadi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishidan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi.
Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rol o’ynaydi.O‘qituvchi axloqiy tarbiyasining vazifasi va mazmunini o‘qituvchilardan ekologik ong va madaniyatni shakllantiradi.
2. O‘qituvchilik kasbiga shu jumladan sinf rahbari kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan biri – bolalarni sevishi, ularning xisiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi b uyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o‘qituvchi bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o‘qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o‘qituvchi bo‘la olmaydi.
«Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi»da boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qiyofasi ta’riflanadi: «...eng muhimi balalarda o‘qish, o‘rganishga chinakkam xavas, ishtiyoq uyg‘otuvchi, e’tiqod xosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o‘rin tutadi.» va yana shu konsepsiyadan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi fazilatlariga qo‘shimcha keltiriladi. O‘qituvchi: «O‘zbekiston kelajagi b uyuk davlat” ekaniga ishonadigan milliy iftixorli bo‘lishi;
– bolalarni Xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalay olishi;
nutqiy ravon, xalq tili boyligi ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me’yorini to‘la egallagan bo‘lishi» zarur.
O‘qituvchilik kasbiga xos bo‘lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob sinf rahbarining yuksak kasbiy fazilatidir. U o‘qituvchining savotli bo‘lishiga, o‘z xissiyotini idora eta olishiga, bolalarga pedagogik ta’sir o‘tkazish vosita va me’yorlarni belgilash, aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi.



Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling