Mavzu: sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyati


Sinflarda ota-onalar majlisini tashkil qilishning o’ziga xosligi


Download 210 Kb.
bet7/10
Sana09.06.2023
Hajmi210 Kb.
#1466855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sinf rahbari ota onalar bilan hamkor

3. Sinflarda ota-onalar majlisini tashkil qilishning o’ziga xosligi. Yuksak pedagogik odobga ega bo‘lgan sinf rahbarigina sinfda mo‘tadil psixologik iqlim o‘rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi.
O‘z xizmati xususiyatiga ko‘ra sinf rahbari tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun o‘qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lib har doim tetik, g‘ayratli, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo‘lmog‘i zarur. Tashabbuskor va g‘ayratli sinf rahbari bolalarni o‘z orqasidan ergashtira oladi, o‘quvchilar unga ergashadi.
O‘qituvchilik kasbi juda katta ruxiyi va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun o‘qituvchining salomatligi ham ta’lim talablar qo‘yiladi. O‘qituvchining ovoz ‘aychalari rivojlangan, ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lishi kerak. Uzoq tikka tura olishi, ko’p yurishi, e’chillik kabi fazilatlarga ham ega bo‘lmog‘i muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «mutaxassis o‘z faoliyatini sohasidagi qatiy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo‘lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo‘jalik ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak».
Hozirgi vaqtda maktab va uydagi o‘quvtarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogikjamoa oldiga katta vaizfalar qo’ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib to’tirish, g’oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim.
Bu vaziflaarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o’ynaydi. Chunki, sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.
Tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga mos ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb nomlanadi. JII - ish va o’yin, ijod va o‘rtoqlik, xayotiy umid va xursandlik bilan to‘ldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy vosita bo‘lgan jarayonni tashkil etish usulidir. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyachilar va o‘quvchilar o‘zaro hamkorligining shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar mavjud.
1.Faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin muloqot kabi turli ko‘rinishlarini tashkil etishni talab etadi.
2.Majmuaviy yondashuv- faoliyatning barcha ko‘rinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan tabiiy «qo‘shilib» ketishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o‘ziga axloqiy, estetik, siyosiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo’nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog‘lik tomonlarini shakllantirish)ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar taxlilini) belgilaydi.
Maktab tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, sinf va individulal shakllarda tashkil etiladi. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya’ni ularda o‘quvchilarning muayyan sinflari ishtirok etadi) o‘z mohiytiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma’ruza, konsert) erishish uchun qatnashchilariing o‘zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo‘lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba’zi hollarda ularning faoliyatidagi ishti roqini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. Bu ko’p jihatdan o‘quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog‘liq bo‘ladi.
Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir:
- «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;
- «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sang’at madaniyat arboblari);
-bahs majlislari: ta’lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki pedagogik adabiyotlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;
-bola tarbiyasiga doir Qurhoni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan foydalanish;
-sinf ota-onalar majlisini o’tkazish tartibi;
- sinf o’qituvchisi va ota-onalar qo’mitasi a’zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi.
Majlis maqsadiga ko’ra mavzuning e’lon qilinishi (yuqorida ko’rsatilgan majlis turiga ko’ra uning mazmuni asoslab beriladi).Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi va o’quv-tarbiya ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi.Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib, tasdiqlanadi. O’qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o’tkazish tartibi mavzuning o’ziga xos xususiyatiga kura o’zgarib boradi.
Boshlang‘ich maktab pedagogikasi fanini o‘qitish bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ularda yangicha tafakkurni tarkib toptirish, o‘qituvchi-tarbiyachi, yoshlar murabbiysi vazifalarini ijodiy bajarish, umumiy tayyorgarlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
O‘qituvchi murabbiy yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan insondir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni tarbiyalashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkabdir.
Barkamol avlod - yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mo‘ljalni mustaqil ravishda to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodi hisoblanadi.
Boshlang‘ich maktab pedagogikasi fani oldida turgan asosiy vazifalar;

  1. Ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini, dialektikasini, mohiyati va nazariyalarini chuqurroq ochib berishga qodir bo‘lgan tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi kerak.

  2. Ta’lim-tarbiyaning hayotiy muhim tomoni bo‘lgan yangi pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ishlab chiqishi zarur.

  1. O‘zaro muloqot, mustaqil fikrlash asosi, ijodiy munosabat, har bir faoliyatga tanqidiy qarashlarni yuzaga keltirishning asosi - noan’anaviy darslar, o‘ziga xos bilish usullari bilan yoshlarni qurollantirishi lozim.

  2. Doimo ilgarilab boruvchi pedagogik amaliyot tajribalarning nazariy asoslarini ishlab chiqishi, umumlashtirishi va tatbiq etishi kerak.

  3. Boshlang‘ich ta’lim zamon talabiga javob bera oladigan samarali uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishi kerak.

6.Ta’lim-tarbiyaning yangi mazmunini, takomillashgan metod va shakllarini yaratishi zarur.
Jamiyat o‘zining kelajagini ta’minlashi uchun, avvalo, mavjud ijtimoiy-turmush tajribalarini keyingi avlodga berishi, uni mustahkamlashi kerak.
Buning asosi tarbiyadir. Tarbiya deganda katta avlodning jamiyatda, turmush va mehnatda orttirgan hayotiy tajribalarini kelajak avlodlarga yetkazishi va yangi avlod tomonidan ularni faol, ongli o‘zlashtirishi, ulardan jamiyat taraqqiyoti uchun unumli foydalanishga erishishi tushuniladi.
Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma’naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o’qituvchidan ko’p bilim va mahorat talab etadi.
Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular: har bir oila a’zosi va shart-sharoiti haqidagi mahlumotta ega bulish:

  • oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash;

  • har bir o’quvchi shaxsi hahida to’liq mahlumotga ega bulish;

  • oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi:

  1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.

  2. Majlis o’tadigan joyni jihozlash.

  3. Majlis o’tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.

  1. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa mahlumot tayyorlash.

  1. Ota-onalar jamoasi nizomini ko’rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).

6. Sinf ota-onalar qo’mitasini saylash.
ota-onalar majlisi samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiga bog’liqdir. Uning o’zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o’quvchi va oilasi haqida mahlumotga ega bo’lishi, ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi. Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori saviyada bo’lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi.
Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo’l qo’ydirishdir. Ayniqsa «yomon» o’qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida obro’sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo’ladi.
Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.
Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya’ni:
– «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;
– «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sang’at madaniyat arboblari);
– bahs majlislari: ta’lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki pedagogik adabiyotlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;
– bola tarbiyasiga doir Qurhoni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan foydalanish;
– sinf ota-onalar majlisini o’tkazish tartibi;
– sinf o’qituvchisi va ota-onalar qo’mitasi a’zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi.
Majlis maqsadiga ko’ra mavzuning e’lon qilinishi (yuqorida ko’rsatilgan majlis turiga ko’ra uning mazmuni asoslab beriladi).Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi va o’quv-tarbiya ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi.Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib, tasdiqlanadi. O’qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o’tkazish tartibi mavzuning o’ziga xos xususiyatiga ko’ra o’zgarib boradi.

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling