Ning “Tarbiya fani yuzasidan dts o‘quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar tahlili


Download 8.28 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi8.28 Kb.
#1411929
Bog'liq
Rustam taqriz


Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti talabasi Mahamadaliev Rustamning “Tarbiya fani yuzasidan DTS o‘quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar tahlili” mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishi kirish, asosiy qism ikki bobdan, har bir bob ikki bo’limdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kirish qismida ta’limda joriy etilayotgan DTSlarining maqsadlari va mohiyati haqida qisqacha so’z borgan.
1-bob Bu bobda tarbiya fanining o’qitish metodikalari hamda davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari haqida fikr yuritiladi.
2-bob Bu bo’limda standartlashtirish tushunchasiga chuqurroq yondashib, uning me’yoriy elementlari va turlari o’rganiladi.
Kurs ishining xulosa qismida standartlashtirish natijasida foyda berayotgan jihatlar hamda kelgusida bu yo’nalishni yanada puxtaroq va chuqurroq rivojlantirish haqida so’z borgan.


_______________ Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
Download 8.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling