MAVZU: SINF RAHBARINING OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI.
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Oila - mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida.
2. Oilada huquqiy savodxonlik va ijtimoiylashuv vazifalarning uzviyligi.
3. Ota-onalarga pedagogik bilimlar berishni amalga oshirish metodikasi.
4. Oilaning reproduktiv, boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifalarning ahamiyati.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma’naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o’qituvchidan ko’p bilim va mahorat talab etadi. Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular: har bir oila a’zosi va shart-sharoiti haqidagi ma’lumotta ega bo’lish:
oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash;
har bir o’quvchi shaxsi hahida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;
oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.
Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo’l qo’ydirishdir. Ayniqsa «yomon» o’qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida obro’sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo’ladi. Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.
Kurs ishining maqsadi: sinf ota-onalar majlisini tashkil etishni o’ziga xosligining ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ob’ekti: Umumta’lim maktablarining sinf ota-onalar majlisini tashkil qilish metodikasini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |