Mavzu: sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyati


Download 210 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2023
Hajmi210 Kb.
#1466855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sinf rahbari ota onalar bilan hamkor

Mag’ruzaning kirish qismi: Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy meros haqida tushuncha. Bu boradagi O’zbekiston rahbariyatining olib borayotgan siyosati.
Ma’ruzaning asosiy qismi:Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va Voiz Koshifiylarning asarlaridagi davomiylik g’oyalarining bir-biri bilan bog’langanligi, asarlarning yaratilishi haqida mahlumot boriladi. So’ngra asardagi oila, ota-onaning hurmat, vazifa, burchlari haqidagi mahlumotlar. Oilada ayol va erkak fazilatlari qanday qilib farzand burchini anglatishi muammolari. Axloq-odob tarbiyasidagi dono fikrlar, rivoyat, hikoyat, tanbehlar orqali asoslab, tushuntirib maktab hayoti bilan bog’lanadi.
Ma’ruzaning yakuniy qismi-millik merosimizdan qanday foydalanishga doir metodik ko’rsatma va tavsiyalar beriladi. Maktabda «Ota-onalar kunini» tashkil qilish pedagogik bilim berish turlaridan biridir. Ota-onalarni maktabga mahlum kunda taklif etib turli o’quv-tarbiya ishlaridan xabardor qilish anhanaviy ahamiyatga ega bo’lib, «Maktabda ota-onalar kuni» yoki «Ochiq eshik»lar kuni deyiladi.Bu kundagi ish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Pedagogik maslahat burchagani tashkil etish.

  2. Bolalar ijodiyotidan kurgazmalar uyushtirish.

  3. Ochiq darslarga ota-onalarni taklif qilish.

  4. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.

  5. Ota-onalar uchun kontsert dasturini namoyish etish.

Yuqoridagi ota-ona va maktab hamkorligidagi ishlar metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilsa ijobiy natija beradi. Sinf jamoasini tashkil etishda, sinf rahbarining roli katta hisoblanadi. Sinf majlisi o‘tkazish uchun avvalo jamoani jipslashtiriladi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko‘rilib muammoli tomonlari taxlil qilinadi va o‘z echimini topish kerak bo‘ladi.
Sinf rahbari majlis o‘tkazishi davomida yaxshi o‘qiydigan bolalarni sinfda ya’ni jamoa ichida rag‘batlantirish kerak. Bolalar bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Bizning yosh avlod Xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarni o‘zlashtirib, o‘ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini g’oyaviy e’tiqod va matonatini, Vatanga muhabbatini, uning iqtisodiy-siyosiy va jangovar qudratini mustahamlashda ishti roq etishiga intilishini singdiribgina o‘z bobolari va otalari ishini davom ettirishi mumkin.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga qirralariga ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va ‘sihologik ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berishni amalga oshirishda faqat bilim berib qolmasdan, ularni tarbiya sohasidagi amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning pedagogikfaoliyatini uyg’otish mustaqil shug‘ullanishga undash, maqsadga muvofiq oila ichki munosabatlarini yo’lga qo’yish g’oyat muhimdir.
Tashkilot yig’ilishlarda ota-onalar qo‘mitasi saylanadi, ish rejasi tasdiqlanadi. Muhitda pedagogikiqlim o‘rnatish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadi, jamoat topshiriqlari taqsimlanadi va turli ish yo’nalishlariga doir tashabbuskor ota-onalar sinflari tuziladi, otan-onalar ishti roqida umummaktab tadbirlarini o‘tkazish rejalari muvofiqlashtiriladi.
Chorakdagi yakunlovchi sinf majlislari ota-onalarning e’tiborini o‘quvchilarning bilimga doir qiziqishlari, qobiliyatini, axloqiy irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdagi yutuqlar, kamchiliklari, foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish maqsadini ko‘zda tutadi.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi ‘sihologik-pedagogik tadqiqotlar ta’limotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi quyidagi quvonchiliklari va xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-Ota-onalarning bolalar bilan muomalasining etishmasligi, maktab boalalari
jamoasining hayoti, o‘z bolasining qiziqishlari, uning jamoat ishlariga munosabati va boshqalar bilan kam qiziqadi.
-Bolalarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat
tarbiyasini tashkil qila bilmaslik,ota-onalar turmushda salbiy misollarni mavjudligi maktabning
pedagogikkuch-g‘ayratini yo’qqa chiqaradi.
-Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida ta’qiqlashlar sistemasi, ijtimoiy namuna asosida Tarbiyalay bilmaslik, bola hayotini u har doim to’g‘ri xatti-harakatini mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir, harakatning maktab bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchiligidadir. Ayrim ota-onalarning bolalar ulg‘ayib borishi bilan tarbiyaviy
faolligini susaytirib yuborishlari, ota-onalardan uzoqlashuviga, maktabga qiziqishi ‘asayishiga asos bo‘ladi. Bola katta bo‘lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb yo’lash o‘zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogikjihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling