Mavzu: sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyati
Download 210 Kb.
|
Sinf rahbari ota onalar bilan hamkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekreativ va psixoterapevtik vazifasi.
- Menning uyim-menning qasrim»
Tarbiyaviy vazifasi. Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shundan bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakab ijtimoiy-pedagogik jarayonidir. Oiladagi sharoit va muhit bola shahsi shakilanishiga ta’sir ko‘satadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar tashvish va qiyinchiliklardan asraydil. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari-bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid ttishga qiziqishi havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalar qilgani takrorlaydi ularning xarakterlariga ta’qlid qiladilar. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof –odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qolgan.
Rekreativ va psixoterapevtik vazifasi. Rekreativ funksiyasi-o‘zaro jismoniy moddiy ma’naviy va psixologik yordam ko‘satish bir-birini salomatligini mustahkamlash, oila azolarining dam olishini tashkil etish demakdir. Buning mazmuni oilada inson o‘zini to‘la himoyalangan deb xis etadiki, to‘la qabul qilgan uning mavqei, tashqi, ko‘rinishi hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iborardir. «Menning uyim-menning qasrim» iborasi sog‘lom oila-dunyodagi hamma notinchligidan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishiga o‘z kuchlarini to‘blab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi. Hotini o‘z uyida o‘zining hokimi hamma kamsitishlar va tahqirlikka indamay chidab kelgan ana’naviy model tndi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayoollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda yaqinlari bilan munosabatlarda bolalari bilan bo‘lganda kuchlari ancha yahshi tiklanadi. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular birqator pedagogik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o‘zlarini chetga oladilar. Go‘yo farzandlarini bog‘cha, maktab tarbiyalab berishlari shart. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, qadimdan o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan otalar,qiz bola tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanganlar, ammo ular asosan erkaklar nazoratida bo‘lgan. Ota-onalar bolalarga birdek munosabatda bo‘lishlari, bir xil mehribon va g‘amxo‘r, talabchan va qattiq qo‘l bo‘lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo‘ladi. Biri talab qilganda, ikkinchisi yonini olsa tarbiya buziladi. Bolalariga xaddan tashqari mehribonchilik qilayotgan ota-onalar ularni hurmat qilishdan oldin, o‘zlarini ham hurmat qilishni o‘rgatishlari zarur; Ko‘pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o‘z vazifalari va burchlarini to‘la xis qilmaydilar. Boshqacharoq aytganda ularda pedagogik tayyorgarlik etishmaydi. Oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarning o‘zlarini-o‘zlari tarbiyalash demakdir. Chunki bola ayni paytda ta’sir ob’ekti va sub’ektidir. Biroq ota-ona bola ana shunday ob’ekt ekanligini sezmasligi uchun harakat qilishi kerak. Ammo barcha ota-onalar ham buni tushunib eta olmaydilar; Oila hayotini to‘g‘ri tashkil qilish, oilada sog‘lom axloqiy muhitni yaratish lozim. Har bir narsa bolaga ta’sir qiladi. Ana shu ta’sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq-atvorlar paydo bo‘ladi. Ota-onalarning har bir xatti-harakatini bolalar kuzatib turadi. Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma deb nasihat qabilidagi o‘rgatish yo‘li bilan tarbiyalayman, deb o‘ylamaslik kerak; Har bir ota-ona bolasini barkamol inson bo‘lishini istaydi. Farzandini ana shunday inson bo‘lishidan nafaqat ularning o‘zi, balki jamiyat ham manfaatdir. Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi. Shunga ko‘ra har bir ota-ona, eng avvalo mamlakat uchun bo‘lajak fuqaroni tarbiyalayotganini unutmasligi lozim. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘zda tutilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Boshlang‘ich maktab o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zi yetarli emas. Chunki pedagogik nazariya bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalarni ilgari suradi. Biroq ta’lim berish jarayonida pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona yechimini topish uchun o‘qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab qilinadi. majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi: Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash. Majlis o’tadigan joyni jihozlash. Majlis o’tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa mahlumot tayyorlash. Ota-onalar jamoasi nizomini ko’rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash). Sinf ota-onalar qo’mitasini saylashni zarur deb hisoblaymiz. Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori saviyada bo’lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi. ota-onalar majlisi samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiga ham bog’liqdir. Uning o’zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o’quvchi va oilasi haqida ma’lumotga ega bo’lishi, ota-onalarda ijobiy taassurot qoldiradi. Download 210 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling