Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf ota-onalar majlisini tashkil qilish metodikasining vazifasini mazmuni,shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2.Boshlang’ich sinf ota-onalar majlisini tashkil qilish metodikasi orqali ijtimoiy pedagogik muammolar, farzand tarbiyasidagi o’ziga xoslikini o’rganish.
3.Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bolalar bilan ishlashga tayyorlash.
4.Sinf ota-onalar majlisini tashkil qilish metodikasi orqali o’zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish yo’llari.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni,“Aholi o’rtasida reproduktiv salomatlik”,“Oila kodeksi”, “Oila maktab, jamoatchilik hamkorligi Konsepsiyasi”,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi,Prezidentning malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga doir yondashuvlari, xukumat qarorlari mavzuga oid manbalar va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Mavzu yuzasidan ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan kurs ishi natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi, valeologiya, fanlari bo‘yicha ma’ruzalar, metodik tavsiyanomalar yaratish, ish tajribalarini ommalashtirish va samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va xajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami sahifani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |