Mavzu: sinf rahbarlarning o`quvchilar jamoasi bilan ishlash usulli maktabning o`quv drektori bo`yicha o`rin bosarining vazifalari
Download 28.17 Kb.
|
SINF RAHBARLARNING O`QUVCHILAR JAMOASI BILAN ISHLASH USULLI MAKTABNING O`QUV DREKTORI BO`YICHA O`RIN BOSARINING VAZIFALARI
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchi- lar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish lozim. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat:Talablar qo‘yish; Faollarni tarbiyalash; O‘quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish; Sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish; Ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Yuqorida ta’riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. Tar- biya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir o‘qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa muno- sabatlarining rivojlanish darajasini aniqlashdan boshlaydi. Tar- biya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tgandagina yuk- sak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman, jamoa o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va umumiy jamoani tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi hamda o‘z-o‘zini na- zorat qiladi.Yuqorida ta’riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. Tar- biya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir o‘qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa muno- sabatlarining rivojlanish darajasini aniqlashdan boshlaydi. Tar- biya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tgandagina yuk- sak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman, jamoa o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va umumiy jamoani tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi hamda o‘z-o‘zini na- zorat qiladi. Sinf rahbari o‘quvchilar jamoasining rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina chek- lanib qolmasligi kerak. Sinf rahbarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quv- chilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari, avvalo, bolalar- ning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniq- lashning eng ishonchli usuli — o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir. O‘qituvchi jamoaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishni qo‘llaydi. Download 28.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling