Mavzu: Sirt hodisalari. Adsorbsiya. Xromatografiya. Ajratilgan vaqt 3 s. Texnologik xarita


Download 161.52 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi161.52 Kb.
#1414575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7. Sirt xodisalari va adsorbtsiya. Xromatografiya.

LABORATORIYA ISHI
Adsorbsiyani sifatiy o‘rganish
Maqsadi: Adsorbsiyani sifatiy o‘rganish
Jihozi: Probirkalar, pipetkalar, filtr qog‘ozi;
Reaktivlar: mis sulfat, kaliy dixromat, temir –(III) gidroksid, berlin lazurining suyutirilgan eritmalari, fuksinning suvli va spirtli eritmalari, qon zardobi;
Tajriba 1. Qattiq adsorbentdagi adsorbsiya
4 ta probirka olib, har biriga 2,0 ml dan, mis sulfat, kaliy dixromat, temir –(III)- gidroksid va berlin lazurining suyutirilgan eritmalaridan quying. So‘ngra har bir probirkaga 0,2 g dan maydalangan aktiv ko‘mirdan qo‘shing. Probirkalarni 5 min. davomida aralashtiring, so‘ngra esa filtrlang. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Filtrat ranglaridan foydalanib, probirkada qaysi modda eritmasi borligini aniqlash mumkinmi?
Tajriba 2. Adsorbsiyaga erituvchilarning ta’siri
Iodning erituvchi tabiati bilan farq qiladigan 2 ta eritmasi (1 va 2) bor. Birinchi probirkaga 2,0 ml 1– eritmadan, ikkinchisiga 2– eritmadan quying. Har bir probirkaga 0,2 g dan aktivlangan ko‘mir solib, 5 min davomida aralashtiring, so‘ngra filtrlang. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Fuksinning suvli va spirtli eritmalarini aniqlang. Ularning adsorblanishida farq bormi? Agar javob asosli bo‘lsa, uning sababini tushuntiring.
Tajriba 3. Og‘ir metallarning xemosorbsiyasi
3.1. Ikkita probirkaga 2,0 ml dan qon zardobidan quyib, ularga 2 tomchidan qon tomizing. Birinchi probirkaga 3-eritmadan 1,0 ml; ikkinchisiga esa 4– eritmadan 1,0 ml qo‘shing. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Qaysi eritmada Na+ ionlari, qaysi eritmada Pb2+ ionlari bor ekanligini aniqlang. Og‘ir metallar ionlari xemosorbsiya yo‘li bilan qonning shaklli elementlariga ta’sir etib, ular membranalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Baholash mezoni


Download 161.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling