Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi mezon
- To‘rtinchi mezon
Birinchi mezon (tashkilotning uzoq muddat mavjud bo‘lishi) partiyani o‘z asoschilari va ilhomchilari bilan birga yo‘q bo‘lib ketuvchi fraksiyalar va to‘dalardan farqlash imkonini beradi.
Ikkinchi mezon (tashkilotning to‘la miqyosda, mahalliy nog‘onalarni ham qamrab olgan holda faoliyat ko‘rsatishi) partiyani tashkilotlar bilan mukammal va doimiy aloqaga ega bo‘lmagani holda faqat milliy miqyosda mavjud bo‘ladigan oddiy parlament guruhidan farqlab turadi. Uchinchi mezon (hokimiyatni amalga oshirish uchun intilish) siyosiy partiyalar bilan turli ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi farqni belgilashga imkon yaratadi. Partiyalarning bevosita maqsadi - hokimiyatni egallash yoki uni amalga oshirishda ishtirok etish. Partiyalar jamiyatni rivojlantirish yoki qayta qurishning global konsepsiyalarini olg‘a suradi va uni amalga opshrishga intiladi. To‘rtinchi mezon (xalqning qo‘llab-quvvatlashiga erishish, xususan, saylovlar yo‘li bilan) partiyani tazyiq o‘tkazuvchi guruhlardan ajratib turadi, ular odatda saylovlarda ishtirok etmaydilar, parlament hayotida qatnashmaydilar, faqat partiyaga, hukumatga, ijtimoiy fikrga yashirin ta’sir ko‘rsatadilar. Siyosiy partiyalar — shunday siyosiy birlashmalardirki, ular ijtimoiy guruhlarning manfaatlari, maqsadlari va ideallarini jamlantirilgan shaklda ifoda etadilar, ana shu guruhlarning eng faol vakillaridan tashkil topadilar va jamiyatda davlat hokimiyatini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik jarayonida ularga rahbarlik qiladilar. Ular sinflarni va boshqa ijtimoiy guruhlarni bir-birlari bilan hamda davlat hokimiyati bilan bog‘lovchi vositachi institutlar sifatida namoyon bo‘ladilar. Siyosiy partiyalar siyosatning o‘zicha faoliyat ko‘rsatuvchi sub’ektlari singari boshqa ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar bilan bir qator umumiy jihatlarga ega. Jumladan, muayyan tashkilotning hamda hokimiyat va boshqaruv apparatining mavjudligi; ularning a’zolarini birlashtirib turuvchi va tarafdorlarni jalb etuvchi g‘oyaviy tamoyillarning mavjud bo‘lishi; muayyan dasturiy qoidalarning qayd etilishi (ular ochiq ifodalanishi ham, yashirin mavjud bo‘lishi ham mumkin); a’zolar va tarafdorlardan iborat ommaviy negizning mavjudligi. Partiyalarni boshqa tashkilotlardan ajratib turuvchi eng asosiy belgi esa ularning davlat hokimiyati uchun, davlat siyosatini shakllantirish va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun ochiq va aniq ifodalangan kurashga yo‘naltirilganligidir. Siyosiy partiyaning mohiyati quyidagi asosiy tavsiflarga bog‘liq: partiyaning ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy negiziga; partiya rahbariyatining tarkibi, manfaatlari va maqsadlariga; tashkilotning dasturiy qoidalariga; uning siyosiy hatti-harakatlarining ob’ektiv yo‘naltirilganligiga. Siyosiy partiya mohiyatining eng muhim ko‘rsatkichi uning oxir-oqibatda kimning va qanday kuchlarning manfaatlari hamda qarashlarini ifoda etishi, himoya qilishi va kundalik faoliyatida amalga oshirishidir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling