Mavzu: siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasi


Download 69.51 Kb.
bet6/11
Sana24.04.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1395021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lingvistik tipbu tillarni tasniflash, ya’ni tillarni umumiy va farqli belgilari asosida guruhlarga bo‘lish hisoblanadi. Tillarni tiplarga ajratish bo‘yicha ko‘plab tilshunos olimlarning tasniflari mavjud. Lingvistik tiplarni belgilashda va tillarni oilalarga birlashtirishda kvantitativ va tarixiy-genetik metodlardan keng foydalaniladi.
Kvantitativ metod Amerika tilshunosi E.Sepir tomonidan qo‘llanilgan bo‘lsa, uning shogirdi J.Grinberg tomonidan rivojlantirildi. E.Sepir va uning izdoshlari turli tillarni yaxlit holda qiyosiy-tipologik planda o‘rganish uchun kvantitativ metoddan foydalandi. J.Grinberg esa, ulardan farqli ravishda, tillarni bir butun holda emas, balki ularning ayrim kategoriyalarini, muayyan qismlarini bir-biriga qiyoslashda bu metodni ishga soldi. Ko'rinadiki, kvantitativ metod dunyo tillarini muayyan belgisi asosida qiyoslash, ulami ana shu belgi asosida ma’lum guruhlarga, tiplarga birlashtirish uchun qo‘llanadigan metoddir. Demak, kvantitativ metod qiyosiy (kontrastiv) tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi yo‘nalishiga zidlanuvchi til tipologiyasi yoki lingvistik tipologiyaning asosiy metodlaridan biridir.
Qiyosiy tilshunoslikning asosiy vazifasi til oilalari va til tiplariga birlashtirish sanaladi. Birinchi vazifani bajarishni maqsad qilib olgan tilshunoslik tarixiy-genetik metoddan foydalanadi. Ikkinchi vazifa esa lingvistik tipologiya tomonidan amalga oshiriladi va kvantitativ metodga tayanadi.
Tarixiy-genetik metod tillarning qarindoshlik belgisini aniqlaydi va til oilalariga birlashtiradi. Bir oilaga mansub bo‘lgan tillar bir tarixiy ajdoddan –bobo tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Bunday tillar fonetik, leksik-grammatik
parametrlar bo‘yicha tarixiy taraqqiyotning oldingi davrlariga chuqurlashgan sari umumiy tomonlari kuchayib boradi. Bunday tillar bir ajdoddan, bir genetik manbadan tarqalganligi uchun qarindosh tillar sanaladi. Dunyo tillarining genetik belgisiga ko‘ra tasnifi esa geneologik tasnif hisoblanadi. Masalan, roman tillari oilasi, german tillari oilasi, slavyan tillari oilasi, turkiy tillar oilasi kabi.
Qiyosiy tilshunoslikning ikkinchi yo‘nalishi qarindosh bo‘lmagan tillarni morfologik belgilariga ko‘ra muayyan til tiplariga birlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bunday vazifani bajarishda kvantitativ metoddan foydalaniladi. Muayyan miqdoriy indekslar yordamida tillarni ma’lum lisoniy tiplarga birlashtirish uchun xizmat qiluvchi metod kvantitativ metod hisoblanadi.
XIX asr boshlarida (1808-yil) nemis olimi Fridrix fon Shlegel tillarni kelib chiqish tarixi asosida emas, balki morfologik belgilari asosida tasnif etdi. Bunga ko‘ra, dunyo tillari qo‘shimchali va fleksiyali tillarga bolinadi. Tillarning bunday tasnifida tillar morfologik tiplarga guruhlanadi. Bir lisoniy tipga qarindosh tillargina emas, noqardosh tillar ham mansub boladi.
Fridrix Shlegelning dunyo tillarini ikki tipga tasnifi 1818-yilda uning ukasi Avgust fon Shlegel tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va uch tipga ajratildi:
a) qo‘shimchasiz tillar;
b) qo‘shimchali tillar;
v) flektiv tillar.
Birinchi tip keyinchalik ajralgan yoki o'zakli tillar nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Bunday tillar Avgust Shlegelning fikricha, grammatik tuzilishga ega bo‘lmagan tillar sanaladi. Barcha so‘zlar faqat o‘zakdan iborat boladi. Uning ta’kidlashicha, go‘yo bunday tillarda biror bir ilmiy asar yozish qiyin, shuning uchun bunday ishni amalga oshirish qahramonlik hisoblanadi.
Affiksli tillarda grammatik ma’no va munosabatlar o‘zakka qo‘shiladigan affikslar yordamida ifodalanadi. Shu bilan birga, bu affikslar o‘z mustaqil ma’nolarini ham saqlab turadi.
Flektiv tillarda ham grammatik ma’no va munosabatlar affikslar yordamida ifodalansa-da, lekin bu affikslar qo‘shimchali tillardan farqli ravishda, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan boladi. A.Shlegelning fikriga ko‘ra, eng ya-shovchan til go‘yo flektiv til emish.
Lisoniy tiplar tasnifiga doir V.Gumboldt qarashlari tilshunoslik tarixida alohida o‘rin tutadi. U har bir tilda til egalarining ruhi (Geist) namoyon bolishini talddlagan holda, dunyo tillarini to‘rt guruhga ajratadi. Dunyo tillarining an’anaga aylangan uch a’zoli tasnifiga to‘rtinchi tip sifatida inkorporatsiyali tillarni qo‘shadi va bunday lisoniy tipga Amerika hindulari tilini kiritadi. V.Gumboldt lisoniy tiplarni evolutsion asosda past rivojlangan tiplardan yuksak rivojlangan tiplar kelib chiqqanini aytsa ham, lekin uning sababini bayon qilmaydi.
O‘zigacha bo‘lgan lisoniy tiplar tasnifiga tanqidiy yondashgan Sepir dunyo tillarini
1) analitik,
2) sintetik
3) polisintetik
tiplarga ajratadi va ularni murakkablik darajasiga ko‘ra joylashtiradi. Sepirning bunday tasnifi uchun asos bolgan birinchi belgi so‘zning murakkablik darajasi bolsa, ikkinchi muhim belgi so‘z tarkibiy qismlarining tuzilish texnikasidir.
Agglutinatsiya indeksi – bu agglutinativ qurilmalar miqdorining morflar choki miqdoriga munosabatidir. So‘zdagi morflar choki doimo morflar miqdoriga nisbatan bitta kam bo‘ladi. Masalan, leaves so‘zida ikkita morf bo‘lib, bitta morflar choki mavjud. Agglutinatsiya indeksi A / J bilan belgilanadi. Bunda

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling