Mavzu: siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasi
A – agglutinativ konstruksiya miqdoriga teng, J –
Download 69.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR VA AMALIY TADQIQOTLAR. Fundamental tadqiqotlar.
- Erkin tadqiqot
A – agglutinativ konstruksiya miqdoriga teng,
J – inglizcha juncture «chok» so‘zining bosh harfi bo‘lib, morfemalar choki miqdorini bildiradi. Agglutinatsiya indeksi yuqori bo‘lgan tillar agglutinativ tillar, agglutinatsiya indeksi past bo‘lgan tillar fuzion tillar sanaladi. J.Grinberg dunyo tillarini quyidagi indekslar asosida lisoniy tiplarga ajratadi: 1) M/W - sintez indeksi; 2) A/J - agglutinatsiya indeksi; 3) R/W - moslashuv indeksi; 4) D/W - derivatsiya indeksi; 5) I/W - so‘z o‘zgarishining ustunligi indeksi; 6) P/W - prefiksatsiya indeksi; 7)S/W - sufflksatsiya indeksi; 8) O/N - ajralish indeksi; 9) P/N - sof so‘z o‘zgarish indeksi; 10) Co/N - moslauv indeksi. Lisoniy tiplarga ajratishning to‘g‘riligini isbotlash uchun bir xil miqdordagi matnlardan indekslar miqdori aniqlanadi. Xususan, J.Grinberg 1951- va 1953-yillarga mansub ingliz tilidagi 100 ta so‘zlik matnlarning, yuqoridagi indeks asosida, quyidagi miqdorini belgilaydi: 1951 1953 Sintez 1,62 1,68 Agglutinatsiya 0,31 0,30 So‘z qo‘shish 1,03 1,00 Prefiksatsiya 1,00 1,04 Sufflksatsiya 0,50 0,64 So‘z o‘zgarishi 0,64 0,53 Shunday qilib, indekslar lisoniy tiplarga ajratishning tayanch nuqtalari bo‘lib xizmat qiladi. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlarning bir-biri bilan bog‘langan, lekin shunga qaramay turli uch tipi muvofiq keladi: 1) fundamental tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari. FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR VA AMALIY TADQIQOTLAR. Fundamental tadqiqotlar. Fundamental tadqiqotlar voqelik hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular biron-bir amaliy maqsadlarga erishishni bevosita ko‘zlamaydi. Bu yerda tadqiqotchini haqiqat o‘z-o‘zicha qiziqtirmaydi, u mazkur haqiqatning tagiga yetish qanday foyda keltirishi mumkinligini bilmasdan uni izlaydi. Fundamental tadqiqotlar ikki xil: erkin va aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Erkin tadqiqot (izlanish) odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi. Erkin izlanish rejimida ish olib borayotgan olim o‘z faoliyati metodlari va yo‘nalishlarini tanlashda erkin bo‘ladi. Uning aqlida kutilmagan g‘oyalarning paydo bo‘lishi, agar ular olimga qiziqarli bo‘lib tuyulsa yoki tabiat qonunlarini yanada teranroq tushunishni va’da qilsa, yoinki tadqiqotning yangi sohalarini ochish imkoniyatini bersa, ilmiy izlanish yo‘nalishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Download 69.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling