mavzu soat juftlik Bolalar va o‘spirinlarni tushunish uchun tadqiqotlardan foydalanish


Download 464 Kb.
bet3/25
Sana07.04.2023
Hajmi464 Kb.
#1337012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Rivojlanish 2-mavzu

Ilmiy uslub
Ilmiy uslub bolalar hayotidagi muammolar va tushunchalarni isloh qilishning kuchli strategiyasidir, chunki u tadqiqotchilardan yig'ilgan ma'lumotlar va xulosalar haqida tanqidiy fikr yuritishni talab qiladi. Ilmiy uslub odatda quyidagi umumiy bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1. Savol berish. Tadqiqotchilar bevosita muloqot jarayonida oldindan tayyorlab qo`ygan savollar asosida o`zi uchun kerakli bo`lgan informatsiyani olish imkoniga ega bo`ladilar. Agar o`qish natijalari tadqiq etilayotgan bo`lsa, bu haqda farazlarni ham aytib o`tishlari shart.
2. Tadqiqot o`tkazishni loyihalashtirish. Savollar aniq bo'lgandan so'ng tadqiqotchilar o`rganilayotgan muammoning yechimi uchun ma`lumotlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi farazlarni sinab ko`rishi kerak.
3. Ma'lumotlarni to'plash. Tadqiqotchilar tanlangan respondentlarni tadqiqotga jalb etib, aniq belgilangan protseduralar yordamida ma'lumot to'plashadi.
4. Ma'lumotlarni tahlil qilish. Tadqiqotchilar to`plangan ma'lumotlarni tartibga soladilar, bolalarning javoblarini guruhlaydilar va kerak bo'lganda statistik testlarni o'tkazadilar. Ma'lumotlar umumlashtirilgach, o`tkazilgan tadqiqot bo`yicha tegishli xulosalar chiqariladi.
5. Natijalarni ilmiy konferensiyalarda yoki ommaviy axborot vositalarida yoritish. Tadqiqotchilar tadqiqotning maqsadi, usullari, natijalari va xulosalarini yozadilar va maqolani konferensiyaga taqdim etadilar, ilmiy-uslubiy jurnalga topshiradilar. Ilmiy izlanuvchilar maqola mazmuniga ko'ra baholaydilar, har qanday dalillarni aniqlaydilar va, ayniqsa, ishonchli deb topgan g'oyalarni qo`llab-quvvatlaydilar.
Tadqiqot ishtirokchilari
Rivojlanish bo'yicha olimlar bir bolani yoki kichik bir guruh bolalarini intensiv ravishda o'rganishlari mumkin. Agar tadqiqotchilar bolalar tajribalarini yetarlicha chuqur tahlil qilsalar, shundagina bolalarning tajribalari to'g'risida aniq xulosalar chiqara oladilar. Tadqiqotchilar bir xil qiziqish xususiyatlariga ega bo'lgan bolalarni tadqiqot o`tkazish uchun tanlab oladilar va ularni diqqat bilan kuzatib boradilar. Tadqiqotchilar o'z hisobotlarida bolalarning tajribalarini tasvirlaydilar, ularning konfidensialligini himoya qiladilar.
Tadqiqotchilar chuqur tahlil olib borish uchun respondentlarning sonidan qat`iy nazar ular bolalarning ijtimoiy kelib chiqishini hisobga olishlari kerak. Tarixiy jihatdan o'rtacha daromadli, oq tanli, yevropalik, amerikalik bolalar rivojlanish tadqiqotlarida juda ko'p ishtirok etgan bo`lib, kambag`al oila bolalari kam jalb qilingan. Bugungi kunda esa ko'plab rivojlanish tadqiqotchilari turli xil xususiyatlarga ega bo'lgan ishtirokchilarni, shu jumladan, muhojir va uysiz oilalar kabi an'anaviy ravishda e'tibordan chetda qolgan aholini ham tadqiqotlarga jalb qilmoqdalar. Ushbu tushuntirish ishlari hozirgi kunda bolalar duch keladigan har xil muammolar va turli xil oilalar va jamoalardagi bolalarning faoliyatidagi qarama-qarshiliklarni to`g`ri tushunishda, yosh davrlaridagi bolalar inqiroziga to`g`ri yo`l topishda katta ahamiyatga egadir.

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling