mavzu soat juftlik Oila, madaniyat va jamiyat


Download 304 Kb.
bet10/24
Sana14.03.2023
Hajmi304 Kb.
#1268508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Rivojlanish 3-mavzu

Kaykovus Unsurulmaoni – 63 yoshida o’gliga atab “QOBUSNOMA” yozib, unda o’zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Kitobdagi asosiy g’oya – yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e’zozlashga chaqirshdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning “Ota-ona haqqini bilmoq zikrida” bobida bayon etilgan: “Har bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, ota-ona, mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tormagay”. U bu borada “Nima eksang, shuni o’rasan” degan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasining qo’yilishi ana shu muhim maqol asosida qurilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi, deb hisoblaydi.
Turmush madaniyatini, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o’ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” yoki “Qalblarning sevgisi” deb nom qo’yilishi bejiz emas. Chunki bu asarda Navoiy insonlarga qalbidagi eng kerakli o’gitlarni bayon etib, ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi yaxshi fazilatlar, ularni tarbiyalash masalalariga diqqatni qaratadi.
Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt Salvador Minuxin ham o’ziga xos kontsepsiyaning asoschisidir (Minuxin S., Fishman CH., 1998). Uning fikricha, oila – murakkab tuzilishga ega bo’lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir qator tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har qanday oila boshqa o’ziga o’xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni o’rnatadiki, bu tashqi tizimlar ba’zan oilani qo’llab-quvvatlash vazifasini ham bajaradi.
Oila – eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo’lib, unga yoshga oid qonuniyatlar xosdir. Chunki oila a’zolari yillar o’tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, qariydi, shu bois ham oila doimiy o’zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi.
Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo’lib, uni eng avvalo alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o’z xohish-istaklari, ehtiyojlari, motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila a’zolari esa oilaga kirishib, qo’shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig’i bilan oilaviy hayotga uyg’unlashga ketgan bo’lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar hisobidan qo’shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo’lsa, yangi tushgan kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a’zolari uning psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o’z hissasini qo’shadi, faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni o’ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, “o’ziga xos havo” olib kirish yo’li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi.
Er-xotin tizimi oiladagi er va xotindan iborat bo’ladi. Erkak va ayol nikohidan boshlanadigan bu tuzilma aslida butunlay bir-biridan farq qiluvchi qadriyatlar, qarashlar, kutishlar va e’tiqodlardan tarkib topadiki, agar ularning har biri o’zaro muloqot jarayonida bir-birlarini bilgani sari o’z qarashlari, xatti-harakat me’yorlari, odat va qiliqlaridan qisman bo’lsa-da, voz kechmas ekan, oilaviy birlik ro’y bermaydi. Bu juda katta psixologik jarayon hisoblanib, uning natijasi o’laroq oilada er-xotinning bir-biriga adaptatsiyasi, moslashuvi ro’y berishi mumkin. Lazarev va Rage degan olimlarning qayd etishlaricha, odam boshidan kechirishi mumkin bo’lgan stressor g’amlardan eng kuchlisi turmush o’rtog’idan judo bo’lish hisoblanadi, chunki ular yillar mobaynida bir-birlariga juda ko’nikib, kirishib ketgan bo’ladi. Ayni shu tuzilmadagi har qanday evrilishlar, nizolar va qiyinchiliklar yaxlit oilaning barcha a’zolariga birday ta’sir etadi.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling