mavzu soat juftlik Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda maktab va ta’lim-tarbiya tizimi


Download 132.87 Kb.
bet5/10
Sana14.12.2022
Hajmi132.87 Kb.
#1007033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma\'ruza matni Ta\'lim asoslari

Oliy ta’lim. Kanadada bugungi kunda 90 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari bo‘lib, ularning ko‘pchiligi universitetlardir. Ularning asosiy qismi davlat muassasalaridir. Diniy yo‘nalishdagi ayrim xususiy o‘quv yurtlari ham mavjud. Bu ikkita davlat tiliga ega bo‘lgan davlatda hukumat doimo o‘z fuqarolarining ta’lim darajasini yuksaltirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Universitetlarning ayrimlarida ta’lim ingliz, ayrimlarida fransuz tilida, ayrimida esa (Ottava universitetida) ikki tilde mashg‘ulotlar olib boriladi.
Bachelors Degree - oliy ta’limning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Bu darajani olish uchun barcha provinsiyalarda o‘qish muddati 3-4 yil. Shu 4 yil ichida o‘quvchi 20 ta fanni o‘rganishi va topshirishi lozim.
Ularning yarmi bo‘lajak mutaxassislik sohasi bo‘yicha bo‘lsa, yarmi xohishga ko‘ra universitetda o‘qitiladigan fanlardan tanlanadi. Universitetlar bakalavr darajasini beruvchi Undergraduate Programs hamda magistr va doktor darajasini beruvchi Graduate Programs dasturlari asosida tahsil beradi.
Magistr darajasini olish uchun 1 yildan 3 yilgacha o‘qish, tadqiqot asosida diplom ishi yozish kerak bo‘ladi.
O‘quv jarayoni. O‘quv yili sentyabrning birinchi seshanbasidan boshlanadi va iyunning oxirida tugaydi. O‘quv yili uch semestrga bo‘linadi. Xorijlik o‘quvchilarga universitet hududida ishlash huquqi berialdi.
O‘qish va yashash AQSHdagidan 2-3 marta arzon. Kanada oliygohlarini bitirgan o‘quvchilarga bu yyerda ishga joylashish imkoniyati ham katta. Kanada oliygohlari abituriyentlarga talabni o‘zlari belgilashadi. Ayrim oliygohlar chet elliklarning diplomlarini hisobga olsa, ayrimlari tan olmaydi, bu yyerda o‘qish uchun tayyorlov kurslarida o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Har qanday holda ham tildan -TOEFL (550 baldan) yoki IELTS (5,5 baldan) testini topshirishi shart. 18 yoshdan o‘qish mumkin.
Kanada ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyati unda so-op programs mavjudligi bo‘lib, bu dastur asosida o‘qish mutaxassislik bo‘yicha ishlash imkoniyatini kengaytiradi. Sessiyalarni muvaffaqiyatli topshirgan iqtidorli o‘quvchilarni kompaniyalar ishga taklif qiladi. O‘quvchilar o‘qish bilan birga o‘z sohasi bo‘yicha ish bilan ham shug‘ullanadilar. Mana shu so-op programs tufayli ko‘plab o‘quvchilar dastlab vaqtincha, keyinchalik esa Amerika Qo‘shma Shtatlaridan farqli o‘laroq, Kanadada maktab intizomi va akademik faoliyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar virtual mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, Amerikada o‘tkazilgan ba’zi tadqiqotlar Kanadadagi vaziyatga qisman tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha Amerika maktab faoliyatida talabchanlik darajasi ijobiy bog‘liqlikni ko‘rsatadi (Arum 2003; Barton, Koley, va Venglingskiy 1998; va hok.). O‘z navbatida, kamchilikni tashkil etuvchi guruhlar o‘rtasidagi farqlilikni aks etuvchi tadqiqotlar ham mavjuddir.
Valeriy Li va Antoni Brik (1989) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar oqlar va kamchilikni tashkil etuvchi o‘quvchilar erishgan yutuqlar orasidagi bo‘shliq Amerika Qo‘shma Shtatlarida nisbatan kamroq ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa tadqiqotlarga ko‘ra, yutuqlar borasidagi kamchilikni tashkil etuvchi guruhlar o‘rtasidagi bo‘shliq balki katolik ta’lim muassasalari bilan chegaralangandir. Chunki u yyerdagi o‘quvchilar o‘zlarini farqli tomonlarini ko‘proq namoyon qilishga moyildirlar, shuning uchun ham maktab iqlimida tartibsizliklar kam sodir qilinishi kuzatiladi va ko‘proq ta’lim olishga, o‘rganishga moyillik namoyon bo‘ladi.



Download 132.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling