mavzu soat juftlik Ta’limning “Keys-stadi” texnalogiyasi. Ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasi. Ta’limning loyixa texnologiyasi


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo’yiladigan talablar


Download 0.53 Mb.
bet3/17
Sana21.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1217299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-mavzu

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo’yiladigan talablar:

  • dialog( o’zaro suhbat);

  • faollik va ijodkorlik;

  • bolaning individual rivojlanishini qo’llab-quvvatlash;

  • o’quvchiga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish; Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:

· san’at, ijodkorlik va bolaga xurmat bilan munosabatda bo’lish;
· insoniy, pedagogik pozisiyada bo’lish;
· bolalarning ruhiy va jismoniy sog’lom bo’lishi va bolalik ekologiyasi haqida qayg’urishi;
· doimiy ravishda madaniy-informasion,fanni rivojlantiruvchi yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jarayonini boyitib borishi;
· ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi va ung shaxsga yo’naltirilgan shakl bera bilishi;
· har hil pedagogik texnalogiyalardan foydalana olishi va ularga shaxsni rivojlantiruvchi yo’nalish bera olishi;
· har bir bolaning individual xususiyatlarini qo’llab-quvvatlashi va ularni rivojlantirish haqida qayg’urishi.
Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi
Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi, psixoterapevtik yo’nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o’z o’rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi ko’rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g’oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo’lib individual yondoshuv, notalabchan demokratik boshqaruv hamda yorqin insoniy qarashlar boshqa yo’nalishlardan ustun turadi.
Hamkorlik texnologiyasi va hamkorlik pedagogikasi
Hamkorlik texnologiyasi pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi tenglik, demokratiya hamda sub’ektlar orasidagi o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Pedagog bilan o’quvchi xamkor va ijodkor sifatida ish yuritib birgalikda mashg’ulot mazmuni, maqsadini aniqlaydilar va birgalikda baholaydilar.Lekin fanda “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi ham mavjud. Uning o`ziga xos mazmuni va rivojlanishi mavjud. Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta`limdagi ko`pgina innovatsion jarayyonlarni hayotga chorladi. “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarning tajribasi yotadi. Ular:

  • K.D.Ushinskiy, N.I.Piragov, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy

  • J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy

Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling