Mavzu: Sofistlar, ularning notiqlik san’ati rivojidagi xizmatlari. Reja
Download 27.52 Kb.
|
Sofistlar, ularning notiqlik san’ati rivojidagi xizmatlari.
Mavzu: Sofistlar, ularning notiqlik san’ati rivojidagi xizmatlari. Reja: notiqlik san’ati tarixi qadimgi yunon va rim notiqligi tarixi Qadim zarmonlardan beri jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o‘z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror narsa, voqea, hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Buning uchun esa, awalo, ma’lum ijtimoiy sharoit va muhit zohir bo'lishi lozim edi. So‘z erkinligi ana shunday sharoitlardan muhimi sanaladi. Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasi o'laroq, xalq yig‘inlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga egabo'lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkarboshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shaxslar xalq yig£inlariga to‘plangan odamlar oldida nutq so‘zlab yo yutuq, yoxud mag‘lubiyat quchganlar. Ular orasida so‘zga chechanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontirib, odob bilan so'zlagan davlat arboblari xalq nazariga tushib yanada obro‘ orttirganlar, gapni eplab gapira olmaganlari esa xalq nazaridan qolgan. 0 ‘sha davr notiqligi haqida keyingi davr yozuvchilarining guvohlik berishlaricha, Fem istokl va P erikllar Afina demokratiyasining yo'lboshchilari bolishlari bilan birga nihoyatda kuchli notiq bo‘lganlar. Afinada notiqlik san’atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining ham kuchli ta’siri bo'lgan. 0 ‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o‘z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo‘lgan. Biroq sudlashuvchilarda bunday so'zga chechanlik qobiliyatiga ega boMganlar deyarli bo‘lmagan. Demak, ularga maslahat berib ko‘maklashadigan, ular ishi yuzasidan sudda gapirishi kerak bo‘lgan gaplarni yozib beradigan zukko shaxslarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataladigan, tajribali, qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug£iladi. Logograflar sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar. Logograflar odamlaming hojatlarini chiqarish hisobiga qalam haqi olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi notiqlik san’atining rivojida muhim rol o'ynaydi. Dastlab “Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlami madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi. Afmada eradan oldingi V asr o‘rtalarida notiqlik san’ati shakllangan bo‘lsa-da, adabiy faoliyat o'rnida qabul qilinmagan va u nutqlaming matnlari bosilmagan. Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda notiqlikka ilmiy yondoshgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlaming faoliyatlarini nazariy asoslashga kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi. Oldin notiqlami “Ritor” so‘zi bilan atashib so‘ngra notiqlik san’atidan saboq o'rgatuvchilarni “ Ritor” lar deb ataydilar. Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V asr o‘rtalariga kelib demokratiyaning yo‘lga qo‘yilishi, notiqlik taraqqiyoti uchun omil bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sitsiliyalik Korak hamda Tisiylarni ritorikaning asoschilari deb tan olganlari holda, ulardan bizgacha deyarli hech narsa yetib kelmagan. Biroq ularga vatandosh bo‘lgan sofist Gorgiy (taxm inan 483—376) ni ritorikaning b irinchi nam oyandasi deb bilishgan. A.Alimuhamedovning (“Antik adabiyot tarixi”, Т., “0 ‘qituvchi” 1969) ma’lumotiga ko‘ra: “Gorgiy 427-yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keldi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabi ochadi va o‘z shogirdlariga so‘z san’atini o'rgatish barobarida notiqlik bilan ham shug'ullanadi. Gorgiy asosan mifologik ma’ruzalarda tantanali nutqlar so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar “Yelena” va “Palimed” sarlavhali ikkita yozma nutq yetib kelgandir. Gorgiyning aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun etish, rom qilishdir. Maftun etishning asosiy vositasi sifatida yozuvchi birinchi o‘ringa uslubni qo‘yadi va shu maqsad bilan o‘zining asarlarida “go‘zal” uslubning namunalarini namoyish qilmoqchi bo‘ladi. Agar siz Gorgiyning asarlarini ko‘zdan kechirsangiz, bu odam tashviq etgan “fusunkor” uslubning faqatginajimjimadortashqi bezaklardan, balandparvoz iboralardan boshqa narsa emasligiga aslo shubhangiz qolmaydi. Darhaqiqat, notiqning bizga qadar yetib kelgan asarlarida tantanali epitetlar, majoziy ifodalar haddan tashqari ko‘p uchraydi. Yozuvchi, hatto jumlalarni ham bo‘g‘in-bo‘g‘inlarga bo‘lib, ularning har birini bir xil uzunlikda to‘qiydi va har qaysi jumlaning oxirini bir-biriga o‘xshash qofiyadoshroq so‘zlar bilan tugatadi. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling