Mavzu: Sohaviy terminlar masalasi


Onomasiologik terminologiya


Download 38.45 Kb.
bet3/3
Sana26.03.2023
Hajmi38.45 Kb.
#1296804
1   2   3
Bog'liq
soha

8. Onomasiologik terminologiya – maxsus tushunchalarni nomlash va nomlarning optimal shakllarini tanlash jarayoni, maxsus leksemalarning tuzilishini tadqiq qiladi.
9. Funksional terminologiya – turli matnlar, professional muloqot va mutaxassislar tayyorlashdagi vaziyatlarda terminlarning zamonaviy vazifasi, kompyuter tizimi va nutqda terminlarni qo‘llanishidagi xosliklar, muammolar o‘rganiladi.
10. Tarixiy terminologiya – fanning yuzaga kelish va rivojlanish tarixi, o‘rganish metodlari va tuzilishi, fanlar tizimidagi tutgan o‘rni nazariyalari, omillari hamda alohida terminshunoslik maktablarining yuzaga kelish tarixini o‘rganadi1 .
11. Kognitiv yoki gnoseologik terminologiya – ilmiy bilish va mushohada qilish jarayonida terminlarning vazifasi, o‘rni kabi masalalarni tadqiq qiladi.
12. Metodologik terminologiya – terminshunoslikning metodologik yoki falsafiy asosini tekshiradi.
13. Stilistik terminologiya – funksional uslublarda terminlarning qo‘llanilishi o‘rganiladi.

Iqtisodiyot terminologiyasi


Sohaviy terminlar - bu biror - bir ishda ko'p ishlatiladigan so'zlar .
Misol uchun sportchida quyidagi terminlar ko'p isshlatiladi:

  • Yugurish

  • Presedaniya

  • Tosh ko'tarish kabilar

Dasturchida quyidagi terminlar ko'p ishlatiladi:

  • O'zgaruvchan

  • Kompyuter

  • Dasturlash tillari

  • HTML kabilar

Terminologiya, ayniqsa, ilmiy-texnik terminologiya til vakillarining nisbatan oz qismi mashg‘ul bo‘lgan fan va texnologiyalarning ajralmas unsuridir, terminologiya, asosan, olimlar va texnik mutaxassislar muloqoti uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham termin yaratishda olimlarning ongli aralashuvi, ilmiy faoliyati, subyektiv omillar kuchliroq amal qiladi. Ayni soha mutaxassislari terminlarning «tilning tabiiy taraqqiyot yo‘liga insonning sun’iy aralashuvi natijasi» ekanligini aytadilar va shuning uchun ham maxsus leksika butunicha ikkilamchi ekanligini, haqiqiy, o‘ylab chiqarilgan yoki o‘zlashtirilgan so‘zlardan sun’iy yaratilganligini ta’kidlaydilar . Dunyoning turli tillarida termin yaratish va boshqa tildan termin o‘zlashtirishning shakllangan o‘ziga xos an’analari mavjud. Masalan, Hindistonda yangi va butun mamlakat uchun yagona terminologiya yaratishda sanskritga asoslanish zaruriy shartlardandir . Xitoy va fin tillaridagi terminologiyaning aksariyat qismini o‘z so‘zlar tashkil etadi, o‘zlashma terminlar esa juda kam . Tabiiyki, xitoy yozuvining o‘ziga xosligi, ya’ni fonetik emasligi tovush o‘zlashmalarining bu tilga erkin kirishi uchun monelik qiladi. Xitoy tilining harbiy terminlari izohli lug‘atidagi 4961 ta terminning faqat qirqqa yaqinigina tovush o‘zlashmalari ekanligi ham ayni shu holat bilan bog‘liq. Yevropa tillaridagi terminlarning asosini yunon-lotin tillari birliklari, yunoncha-lotincha terminoelementlar tashkil etadi. Mutaxassislar yunoncha-lotincha terminoelementlar o‘ziga xos neytral terminologik fondni tashkil etishini qayd etadilar. «Haqiqatan ham, ular kunimizda biron-bir tirik tilga mansub emasligi uchun barcha tillarga (kamida, yevropa lingvomadaniy arealiga mansub tillarning barchasiga) birday tegishlidir» . Ayni paytda yunon-lotin tillarining o‘lik tillar ekanligi bu tillar materiallari asosida yaratilgan terminlarning stabilligi, bir ma’noliligining saqlanishi, o‘zgarmasligi uchun muhim omildir. Avvalo, aytish kerakki, yunon-lotin tili materiali asosidagi termin yasalishining barchasi qachonlardir shu tillarda voqe bo‘lgan hodisalar emas, balki fan va texnika rivojida paydo bo‘lgan yangi tushunchalarni nomlash ehtiyojiga ko‘ra u yoki bu tirik tilda o‘sha o‘lik tillar materiallari asosida termin yasashdir. Bu jarayonni V.P.Grigoryev «teskari kalkalash» deb nomlaydi , ya’ni yangi tushunchaning asosiy belgilarini ifodalovchi so‘z birikmasi yunon yoki lotin tiliga kalkalanadi, paydo bo‘lgan «ifoda» leksik birlik sifatida zamonaviy tilning fonetik va orfografik me’yorlariga muvofiq tarzda qayd qilinadi. Masalan, mikrofon so‘zi yunoncha mikro va fon elementlaridan tarkib topgan, ammo u yunonchada shu tarzda tarkib toptirilgan emas, bu tarkiblash jarayoni rus tilida va shu til qonuniyatiga muvofiq tarzda amalga oshgan.


Yunoncha-lotincha terminoelementlar aynan neytral terminologik baza bo‘lganligi uchun ham nafaqat Yevropa tillari, balki dunyodagi boshqa tillar uchun ham alohida ahamiyat kasb etib bo‘lgan, ular xalqarolik sifatini kasb etgan. Albatta, xususan, o‘zbek tili uchun ham ular xalqaro terminoelementlar sifatida xizmat qilib kelmoqda. Ilgari bunday termin va terminoelementlar o‘zbek, ozarbayjon va boshqa tillarga, asosan, rus tili orqali qabul qilingan bo‘lsa, bugun ayni paytda Yevropa tillaridan ham qabul qilinmoqda, bu jarayon jadallashmoqda . Xorijiy o‘zlashma terminlar, xalqaro terminoelementlar, ularning ona tilidagi me’yori haqida gap ketganda, bunday terminlarning qo‘llanish sohalariga, mazkur terminlardan foydalanadigan fanlarga farqli yondashuv zarur. Aniq fanlar, tabiiy fanlar sohalaridagi mazkur terminlar me’yori bilan ijtimoiy-gumanitar fanlardagi ana shunday me’yor bir-biridan tamoman farq qilishi tabiiy bir talabdir. Masalan, matematika tili ijtimoiy-mafkuraviy omillar bilan minimal bog‘liq fan tili sifatida anchayin bir xillikka ega, ya’ni ona tilidagi matematik terminologik sistemada boshqa tillardagi bilan muqobillikka ega bo‘lgan xorijiy terminlar ko‘p. Ammo ijtimoiy-gumanitar fan sifatidagi, masalan, tilshunoslik fanida aynan shunday bo‘lishi mumkin emas . Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, tabiiy-aniq fanlar milliylik chegarasidan chiqib ketgan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni esa milliylikdan tashqarida tasavvur etish mahol. Shuning uchun ham xorijiy o‘zlashmalar, aniqsa, bugungi dunyoda umummilliylikning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sifatida tabiiy-aniq fanlarning atributlariga aylangan, ijtimoiy-gumanitar fanlar insonning ruhiy-milliy olami tadqiqiga yo‘nalganligi uchun xorijiy o‘zlashmalarning keragidan ortiq ko‘p bo‘lishi bu fanlarning milliy-mantiqiy muvozanatini muallaqlashtirishi mumkin.
Download 38.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling