Uning quyidagi bosqichlari aniqlangan: - Uning quyidagi bosqichlari aniqlangan:
- Qizil I mil.avv. IX—VIII asrlarga oid bo‘lib, bu davrda Mirshodi vohasiga dehqonchilik bilan shug‘ullagan aholi kelib joylashib, qishloq bunyod qilganlar.
- Qizil II davri mil.avv. VII—VI asrlarda yirik mudofaa devoriga ega bo‘lgan shahar qurganlar.
- Devorlar paxsa yoki to‘g‘riburchakli xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, 0,5 dan 1,5 metrgacha saqlanib qolgan.
- Bu bosqichda ko‘plab turar joy va xo‘jalik xonalari qurilgan.
- Uylarning pollari somon aralashgan loy yoki mayda toshlar bilan suvalgan.
- Bu davr qal’aning rivojlangan bosqichi sanaladi.
Qizil III davri mil.avv. V—IV asrlarni o‘z ichiga oladi. - Qizil III davri mil.avv. V—IV asrlarni o‘z ichiga oladi.
- Paretakena-Boysun dehqonchilik vohasi.
- Qal’a Aleksandr Makedonskiy hujumidan keyin vayronaga aylangan.
- Mudofaa devorlari nuragan, ularning yonlari axlatxona aylantirilgan.
- Qiziltepa yodgorligi mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan.
- Minoralar, shinaklar o‘rnatilgan va handak bilan himoyalangan.
- U yerdan yorg‘uchoq, xovoncha, o‘g‘ir dasta, o‘roq, sopol buyumlari, uy hayvoni suyaklari topilgan.
Qadimgi Xorazmda esa, uning tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyatini yaratadilar. - Qadimgi Xorazmda esa, uning tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyatini yaratadilar.
- Bu fanda Amirobod madaniyati deb nomlanadi. Keyinchalik mil.avv. 1 ming yillikning o‘rtalarida dehqonchilik vohalarining qal’a–shaharlari tarkib topadi (Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Dingilji).
Amirobod madaniyati so‘nggi bronza davri, ya’ni mil.avv. X-VIII asrlarga oid bo‘lib, 1940 yilda Amudaryo quyi xavzasining Oqchadaryo o‘zanidagi Amirobod kanali atroflaridan topilgan. - Amirobod madaniyati so‘nggi bronza davri, ya’ni mil.avv. X-VIII asrlarga oid bo‘lib, 1940 yilda Amudaryo quyi xavzasining Oqchadaryo o‘zanidagi Amirobod kanali atroflaridan topilgan.
- Bu madaniyat Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlarini yaratgan aholining qorishuvi natijasida shakllangan.
- Amirobodliklarning asosiy xo‘jalik mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan, lekin daryo o‘zanidan keng, sayoz kanallar chiqarib, qo‘ltiq dehqonchiligi va metallga ishlov berish hunarmandchiligi bilan shug‘ullanganlar.
- Amirobod yodgorliklari atrofida shu davrlarga oid irrigatsiya izlari va qadimgi ekinzor maydonlari ham ko‘plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |