Mavzu: so‘nggi urug‘ jamoasining moddiy madaniyati reja: kirish I. Asosiy qism
So‘nggi urug‘ jamoasining shakllanishi va ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi
Download 1.35 Mb.
|
SO‘NGGI URUG‘ JAMOASINING MODDIY MADANIYATI
1.2. So‘nggi urug‘ jamoasining shakllanishi va ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi
Neolit davriing ikkinchi yarmidan boshlab ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi urug'chilik jamiyatining yangi tashkilotga-patriarxatga lotincha pater(ota) o'tishga majbur etgan. Yuqorida tahkidlab o'tganimizdek matriarxat va patriarxat urug'chilik jamichti tashkilotining ikki uzviy tarixiy shakillarini ibtidoiy tarixining ikki uzviy davrini tashkil etadi. Matriarxatdan patriarxatga o'tish negizida ishlab chiqarish kuchlarning yuksalishi yotadi. Ishlab chiqarish kuchlarining o'zi nima? Moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda vosita bo'ladigan qurollari va mahlum ishlab chiqarish tajribasiga va mehnat malakasiga ega bo'lganliklari orqasida ishlab chiqarish qurollarini xarakatga keltiruvchi va moddiy boyliklar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi kishilar jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etadi. Bu degani dehqonla, xunarmandlar va chorvadorlar demakdir. Bu o'tish avvalo xo'jalikning yuksalishida va motiga asosidagi dehqonchilikdan omoch asosidagi dehqonchilikka o'tishda o'zini ko'rsatadi. SHu munosabat bilan erkaklar endi yuqori mavqega ko'tarila boshladilar. Ishlab chiqarish kuchlarning, xususan dehqonchilik va chorvachilikning, shuningdek, almashishning rivojlanishi uy xo'jaligining ajralib chiqishiga olib keldiki, bu ayollarning mehnat soxasi bo'lib qoldi. Erkaklar bilan ayollar orasidagi mehnat taqsimoti va oiladagi iqtisodiy o'zgarish ana shunday paydo bo'ldi. Bu matriarxatdan patriarxatga o'tishning eng muxim bosqichidir. Omoch asosida dexqonchilikka o'tish va chorvachilikka o'tish matriarxatdan patriarxatga o'tishning keng tarqalgan va muhim asoslaridan biridir. SHuni ham aytib o'tish kerakki, bu o'tish yetakchi ishlab chiqarish rivojlangan baliqchilik bo'lgan jamiyatlarda ham vositalarining rivojlanishi yotadi. Matriarxatdan patriarxatga o'tish konkret tarixiy sharoitda, turli .....otlarda turli darajada va turli vaqtda sodir bo'ldi. Bu esa baʼzi jamiyatlarning rivojlanishida o'ziga xoslik va notekis rivojlanishi. Matriarxatda patriarxatga o'tish nikohning va oilaning yangi shakillarini paydo bo'lishi bilan birga sodir bo'ladi. Mazkur davrga kelib matrilakal o'rnashish endilikda erkaklar egallay boshlagan ijtimoiy va xo'jalik vaziyati bilan murosasiz qarama-qarshilikka uchraydi. Endilikda erkak o'zining yangi ijtimoiy vaziyatga tayangan holda matrilakal nikoh tatribini yemirib tashlaydi va xotinni o'z uyiga olib keladi. Bu patrilokal o'rnashish tartibi bo'lib, nikohning yangi, yuqori shakli edi. Bolalari bilan birgalikda er va xotinning mustaxkam bog'lanishi yakka nikohni monogamiyani vujudga keltirdi. SHunday qilib katta ona oilasi o'rniga, katta patriaxal oila paydo bo'ldi. Bu jarayon qisqa vaqt ichida bo'lgani yo'q albatta. Undan matriarxatning sarqitlari uzoq vaqt saqlanib qolishidir. Patriarqatning dastlabki bosqichida oila erkak va ularning xotinlaridan iborat bo'lib, ularning bolalari ona urug'ida, o'z tog'alari xuzurida yashaydilar. Patriarxatda katta oilani katta yoshdagi erkak boshqaradi. Ayol o'z ona urug'idan qarindoshlari bilan aloqasini buzmaydi balki, u yerda tez-tez bo'lib, mahlum muddatga qolib ketadi. Ayol xomilador bo'lib oy-kuni yaqinlashgach o'z ona oilasiga kelib yangi farzandini tavvallud etadi. Bu ayollarning mahlum darajadagi mustaqilligidan darak beradi. Lekin vaqti kelib, patriarxatning ikkinchi bosqichlarida, ota matriarxatning bu qoldig'ini yemirib tashlab bolalarini ham xotinini ham o'z uyida ushlab qoladi, oqibat natijada bu oila patriarxat oilaga aylanadi, urug' ham pairiarhal uruqqa aylanadi. Yerga va ishlab chiqarish qurollarga umumiy egalik oila xo'jaligining asosini tashkil etadi. Faqat bazilar shaxsiy buyumlarini har bir kishining o'z mulki hisoblanadi. Ishlabchiqarish va istehmol buyumlaridan foydalanish kollektiv ravishda olib boriladi. Bu vaqtga kelib katta patrialxal oila maydaroq oilalarga bo'linadi. Bundan yer umumiyligiga qolib, uy-ro'zg'or buyumlari bo'linadi. Bu patronimiya deb atalgan bir butun xo'jalik va ijtimoiy kollektivni tashkil qiladi. Yerning mahlum uchastkasi ham ularga beriladi, yerda birgalikda ishlanadi, xosil esa oilalar o'rtasida taqsimlanadi. Patronimilar dastlab aloxida qishloqni tashkil qilar edi. Lekin keyinchalik patrinimiyalardan iborat qishloqlar paydo bo'ladi. Patriarxal oilalar va patronimiyalar birlashib bir necha qishloqlardan iborat bo'lgan patrialhal urug' jamoasini tashkil etadi. Patrialxal jamoasi qabilaning uruqqa berilgan yeridan foydalanadi. O‘rta Osiyo tarixida neolit davrining (yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil.avv.VI-quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu davr O‘rta Osiyoda uchta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi bilan izohlanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Neolit davri turli sharoitlarda yashagan odamlarning mehnat qurollari mezolit davridagiga nisbatan takomillasha borgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling