Mavzu: Sotsial psixologik trening haqida umumiy tushuncha Reja: 1


Download 22.32 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1188487
Bog'liq
Sotsial psixologik trening haqida umumiy tushuncha


Mavzu: Sotsial psixologik trening haqida umumiy tushuncha
Reja:
1.Psixologik trening asoslari kirish. Psixologik trening ta’limning faol shakli sifatida. Psixologik trening asoslari fanining maqsad va vazifalari. 
2.Amaliyotning guruhiy qonun- qoidasi. “Гуруҳий психологик фаолият”, “Гуруҳий психотерапия”, “Психотерапевтик гуруҳ” тушунчаларнинг махмуни ва боғлиқлиги.
3.Trening guruhlarining paydo bo‘lish tarixi,
4.Psixoanalitik Bixevioristik yo‘nalish. Operativ metodlar. Jetonlarni yig‘ish metodi.

Mashg‘ulot uchun o‘quv vositalari:
Mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan mustaqil yozilgan konspektlar, tayyorlangan referatlar, mavzga oid uslubiy ko‘rsatmalar, tarqatma materiallar, savollar to‘plami, boshqotirmalar, testlar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
Guruhni ikkita komandaga bo‘lib, aql charxi usullaridan foydalanib, ular o‘rtasida baxs-munozara asosida o‘zaro musobaqa tashkil qilish va savol-javoblar natijalariga ko‘ra har ikki komandani va a’zolarini tegishli baholab, ularni rag‘batlantirish.
Insert metodi
Insert texnologiyasini qo‘llash uchun dastlab talabalarga ma’ruza matni bilan tanishib chiqish vazifasi yuklatiladi. Matnni o‘qish uchun o‘qituvchi mavzu mazmuni ko‘lamidan kelib chiqqan holda reglament belgilaydi. So‘ngra jadval asosida mavzu yuzasidan savollarni keltiradi va talabalarni jadval qatorlarini quyidagi belgilarni qo‘yib chiqishni topshiradi
Trening inglizcha “traening” o‘zidan olingan bo‘lib bilim berish, mashq qilish degan ma’noni bildiradi. Qisqacha mazmunga kelganda asosan, guruhlar orasidagi munosabatlarni inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadida guruhlarni o‘zaro ta’sir etish munosabatlarini tashkillashtirishda qo‘llaniladigan uslublarning yig‘indisidir.Trening yordamida individlarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘zini va boshqalarni to‘g‘ri idrok eta olishga qaratilgan muammolar o‘rganiladi.Treningda bola shaxsining hatti-harakatlari tarkib topadi. Guruhga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Qabul qilingan normalarga javob berishga o‘rganib boradi.Keyingi vaqtlarda trening guruhlarda ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.Treningning nazariy va amaliy tomonini amerikalik olim K. Rodjers (1902 yil) tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariya gumanistik psixologiya g‘oyalariga tayanadi va «Shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirish» g‘oyasiga asoslangan nazariyasidir.K. Rodjers o‘zining bu g‘oyasini amerikalik psixolog K. Levinning (1890-1942y) «Guruxlar diagnostikasi» degan ilmiy ishiga asoslanib kashf etadi.Sobiq sovet psixologlaridan A. V. Petrovskiy, A. Xorash tomonidan trening nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqildi. Bu ikki olim asosan treningni amalga oshirishda rolli o‘yinlar va guruh bahsi metodidan foydalandilar. Bundan tashqari ishbilarmonlik o‘yinlar, ya’ni innovatsion o‘yinlardan foydalandilar. Guruhlarda turli muammoli vaziyatlar tashkil qilinib, guruh a’zolarining soni 7-15 kishini tashkil etadi. Shu vaziyatlarda gurux a’zolari ma’lum rollar bajaradilar.Ijtimoiy psixologik trening amaliy psixologiyaning sohalaridan biridir. Trening muomalaning kompitentlik tomonini rivojlantiradi. Asosiy maqsadi quyidagi vazifalarda aniqlanadi.
1. Psixologik bilimlarni egallash.
2. Muomala sohasi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
3. Muloqatni muvafakkiyatli, natijali o‘tkazishga, ko‘rsatmali ustanovkani rivojlantirish meyorini belgilab beradi.
4. Shaxsning o‘z-o‘zini to‘la holda idrok eta olish, anglay bilish va boshqalarni idrok eta bilish adekvat qobiliyatini rivojlantiradi.
5. Shaxsning munosabat tizimini shakllantirish va belgilab berish.
Trening jarayonida asosan xulq atvor treningi asosiy o‘rinni egallaydi. Trening turli tiplarda o‘tkazilishi mumkin. Masalan: hissiyot treningi, video trening, perseptiv trening.
Treningning asosiy maksadi, shaxsni psixologik ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etishi o‘z guruxi va undan tashqari o‘zaro munosabati va aloqa o‘rnata olishni shakllantirish. Trening har qanday guruxda olib borilishi mumkin, ya’ni o‘smirlar,o‘spirinlar, studentlar, o‘qituvchi va pedagoglar va boshqalar.Bunga albatta, rahbar bo‘lishi shart.Albatta, trening (o‘yinning)maqsadi va ijobiy natijasi aniqlanadi.Masalan: boshqa kishilarning va o‘z-o‘zini tushuna olish,o‘z-o‘ziga baho bera olish, boshqalarga quloq solish va ularni idrok eta olish va hakozolar.O‘yinning maqsadi va vazifasiga asoslanib murakkablashtirish yokisoddalashtirish mumkin. Sxemasiga esa rolli o‘yinlar mazmunini, muno- zarali, baxslashuvni kiritish mumkin.
Trening asosan 3-qismda tashkil etiladi.
1. Psixologik fiziologik konfakt o‘rnatish.
2. Psixologik kontakt o‘rnatish.
3. Psixodrama o‘rnatish.
Treningning asosiy ko‘rsatmasi, rolli o‘yin shaklida rolli vaziyatni idrok yetishni tashkillashtirish zarur bo‘ladi, mashg‘ulotlarning davom etishi 1 soat, 1 kun, yoki bir necha kun davom etishi mumkin. Trening 
o‘z ichiga 8-10 mashg‘ulotni qamrab oladi, mashg‘ulot jarayonida o‘zaro sa-
mimiy munosabatda, do‘stona vaziyatda va muomalada bo‘lishadi.
Trening yoki o‘yin jarayonida ma’lum qoidalarga rioya qilinadi. 1-chidan bir biriga samimiylik va hayrihoxlik.
2-chidan bir- biriga ishonish.
3-chidan qatnashuvchining faoliyatiga va muloqot usullariga baxo berish. 4-chidan o‘z taasurotlarini treningda ya’ni boshqaruvchiga ma’lum qila olishi.
5-chidan topshiriqlarni bajarishda faqat ijodiy farazga mo‘ljal bo‘lishi.
6-chidan jismoniy nuqsonlarga e’tibor bermaslik.
7-chidan mashg‘ulot jarayonida hech kimga hech qanday maslaxat bermaslik.
8-chidan albatta “bu yerda va hozir” degan shartni bajarishi; ya’ni trening paytida ro‘y bergan hodisa yoki narsa tashqariga chiqmasligi zarur.
9-chidan qatnashuvchilar guruxlarning barcha a’zolarini roziligi bilan ishtirok etishlari kerak bo‘ladi. O‘yin jarayonida ro‘y berib turadigan qiyinchiliklarni nazarda tutish zarur bo‘ladi .
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda trening o‘tkazish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish ko‘zda tutiladi:
1. Har bir shaxs o‘yin jarayonida ishtirokchilarning ko‘zlariga va qiyofasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaray olishi kerak.
2. O‘yin faoliyatining borishida yaratilgan vaziyat yaxshi va qulay bo‘lishi shart.
3. O‘yinning muvaffaqiyatli bo‘lishi trenerning psixologik tayyorgarligiga, individual faoliyatiga va tashkillashtira olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
4. Trening o‘zaro bir- biriga ishongan holda ta’sir etish muhitiga ega bo‘lishi zarur.
O‘yin jarayoni maxsus tayyorlangan xonalarda yoki sinflarda, ochik havoda va shu kabi imkoniyatli sharoitlarda o‘tkaziladi.
Trening mashg‘uloti uchun zarur bo‘lgan predmetlar yetarli bo‘lishi kerak. (video magnitofon, video kasetalar va kompyuterlardan foydalanish mumkin)
Sotsial trening prinsiplari.
Ijtimoiy psixologik tзrening turli formalarda, shakl va modellarda o‘tkazilishi mumkin. Yukorida aytilganidek, ularning orasida inson-
ning xulq - atvor munosabati treningi muhim o‘rin egallaydi.
Chunki inson doimo atrofdagi kishilar bilan bevosita munosabatda bo‘ladi, uni idrok etadi, axborot yetkazadi va oladi, ularni tushunishga harakat qiladi, perseptiv munosabatda bo‘ladi. 
U doimo guruh bilan bog‘langan bo‘ladi. Muloqat jarayonida turli
kelishmovchiliklar, kiyinchiliklar vujudga kelishi va ularning ol-
dini olishda trening muhim o‘rinni egallaydi. Albatta, guruhda
ishonch muhitini yaratish va bu muhitning kundalik muomalaga erkinlik, ochiklik va samimiylik holatini yaratishga yordam beradi. Bu jarayonda muomalada qatnashuvchilar o‘zlarini va o‘z xatti- harakatlarini, munosabatini chetdan idrok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qatnashuvchi albatta, boshka katnashuvchilar bilan birga ya’ni yaxlit holda ishtirok etadi. Kutilgan ma’lum maksadga erishish uchun boshqaruvchi butun imkoniyatini yarata olish zarur bo‘ladi.
Buning uchun quyidagi prinsiplarga amal qilinadi.
1. Og‘zaki yoki yozma mashg‘ulotlarda, rolli o‘yinlarda, to‘liq faol bo‘lish prinsipi. Bu treningda gurux katnashuvchilari rolli vaziyat- larga taqsimlanadi va o‘yinda katnashuvchilarni berilgan mezon asosida o‘rganilib boriladi.
2.Faoliyat jarayoni izlanilgan prinsip. Bu treningda shunday muammolar yartilishi zarurki, barcha qatnashuvchilari bosh qotirishlari talab qilinadi.
3. Qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini obyektivlashtirish prinsipi. Bunda, o‘yin jarayoni, mazmuni va qatnashuvchilarning munosabati obyektivlik darajasiga yetishi zarur. O‘yin oxirigacha olib boriladi va natijaga erishiladi.
4. O‘yin jarayonida (muomalada) sheriklik prinsipi. Qatnashuvchilar sherigining shaxsiy xususiyatlarini tan olishi fikr yuritishni, hukm va xulosa chikarishni, idrok eta olishni, qizikish, intilish va ehtiyojlarni hisobga olishi zarur bo‘ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida trening muammosiga katta e’tibor berilmokda. Lekin xorijiy mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Fransiya) psixologiyasida trening muammosi turli o‘yinlarda ishlab chikilgan. Masalan: Bexiviorizm psixologiyasi kognitizm (bilish), gumanistik yo‘nalishni olish mumkin. 
Hozirgi davrda odamlar orasida asabiylashish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko‘p uchrayotganligi va buning natijasida ko‘pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko‘pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday asabiylashish holatlari turli darajadagi zo‘riqishlar natijasida vujudga kelmoqda.
Ayni kunlarida asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o‘tish joiz:
I. Bolalar orasida:
1. Bog‘cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari
2. Maktab o‘quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari
3. O‘smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari
II. Kattalar orasida:
1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari
2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari
3. Keksalar orasida (psixologik o‘zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavud bo‘lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo‘lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga keladiki, bular:
1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.
2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.
3. O‘z yaqinlarini yo‘qotib siqilgan kishilar guruhi.
4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.
5. Begona joyga ko‘chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi.
6. Rahbarlar tomonidan yoki o‘zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.
7. Yangi o‘qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.
8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutila olmasdan siqilayotgan kishilar guruhi.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi.
Yuqoridagi guruhlar o‘zi istab, o‘z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko‘rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo‘ladiki bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: M: jinoyatchilar, bezorilar, o‘g‘rilar, narkotik bilan shug‘ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningni vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.
Trening — shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yig‘indisidir.
Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.
1. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi.
2. Boshlang‘ich bosqich.
3. Ishni olib borish bosqichi.
4. Yakunlash bosqichi.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo‘lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
* Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo‘lgan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo‘lganlarda aks ta’sir bo‘lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo‘lsa kerak.
* guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo‘lgani ma’qul
* ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin. (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo‘lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
* ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi:
Treningda muammosi bir xil bo‘lgan odamlarni to‘plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo‘lishlari lozim. Har bir ishtirokchi o‘zi uchun o‘zi pul to‘lashi shart. Bu esa ishtirokchilarning treningda qatnashishidagi tashkiliy jarayonlarda yordam beradi va ularning motivatsiyasini kuchaytiradi. Trening o‘tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo‘lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga xalaqit bermasligi kerak.
Rasmiylashgan guruh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya erkin bo‘lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling