Mavzu: So’z turkumlari va ularning tasnifi Annotatsiya


Download 30.46 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi30.46 Kb.
#1439743
Bog'liq
2 - maqola


Mavzu:So’z turkumlari va ularning tasnifi
Annotatsiya. Maqolada so’z turkumlarining daslabki o’rganiish davri va uning rivojlanish bosqichlari, shuningdek o’zbek tilshunosligi, morfologiya va sintaksis bo’limlarining shakllanishiga oid tadqiqotlar tahlil qilngan. o‘zbek tilida so‘z turkumlari tasnifi masalalariga oid mavjud materiallar o’rganilib tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.
Аннотация. В статье проанализированы исследования начального периода изучения категорий слов и этапов их развития, а также формирования разделов узбекского языкознания, морфологии и синтаксиса. изучены имеющиеся материалы по вопросам классификации категорий слов в узбекском языке, сделаны соответствующие выводы и рекомендации.
Annotation. The article analyzed the daslabki study period of word categories and the stages of its development, as well as studies on the formation of Uzbek linguistics, morphology and syntax sections. existing materials on the issues of classification of word categories in the Uzbek language have been studied and given relevant conclusions and recommendations.
Kalit so’zlar: So’z turkumlari, morfologiya, sintaksis, tilshunoslik,
grammatika.
KIRISH
Hozirgi oʽzbek tilida 12 ta soʽz turkumi mavjud boʽlib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega boʽlish darajasiga koʽra, guruhlarga boʽlinadi. O’zbek tilshunosligida so’zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so’zlarni quyidagi 5 ta guruhga bo’linadi:

  1. Mustaqil so’zlar;

  2. Yordamchi so’zlar;

  3. Modal so’zlar;

  4. Undov so’zlar;

  5. Taqlid so’zlar.

Ikkinchi xil tasnifda so’zlar ifodalaydigan umumiy ma’nolarga ko’ra bo’linadi:

  1. Nomlovchi so’zlar: ot, sifat, son, fe’l va ravish.

  2. Yordamchi so’zlar: bog’lovchi, ko’makchi va yuklama.

  3. Ifodalovchi so’zlar: undov, modal va taqlid so’zlar.

  4. Ko’rsatuvchi so’zlar: olmosh.

Bizga ma’qul ko’ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo’linadigan tanifdir:

  1. Mustaqil soʽzlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish va olmosh so’z turkumlari.

  2. Yordamchi soʽzlar: koʽmakchi, bogʽlovchi va yuklama so’z turkumlari.

  3. Alohida soʽzlar: modal, undov va taqlid soʽz turkumlari.

Yuqoridagi ko’pincha tasniflarda mustaqil va yordamchi so’z turkumlari ko’zga ko’rinmoqda. Agarchi, bu tasnif ana’naviy tasnif hisoblansa-da, hozirgi kunda ham o’z qimatini yo’qotmagan. An’anaviy tasnifda so’z turkumlariga 6 ta so’z turkumi kiritilib, ularda ot so’z turkumi birlamchi va fe’l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin ayrim tadqiqotlarda taqlid so’zlar ham mustaqil so’z turkumlariga kiritilib, fe’l so’z turkumi oldinga o’tkazilmoqda. Fe’l barcha so’z turkumlari ichida eng katta, grammatik kategoriyalarga boy, mukammal so’z turkumidir. Biroq ma’lumki, Inson dunyoga kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga ma’quli esa an’anaviy tasnifdir.
Mustaqil so’z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo’lib, gapning biror bo’lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir. Yordamchi so’zlar esa leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o’zgarmaydi, gap bo’lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, undov va taqlid so’zlar esa mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’zlarga ham o’xshamaydi, o’zaro umumiy jihatlari ham yo’q. Shuning uchun, alohida so’z turkumlari deb ataladi.
Hozirgi o’zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar o’rganilish bo’yicha ham har xil fikrlar mavjud. An’anaviy tilshunoslikda har bir so’z turkumining grammatik kategoriyalari o’z doirasida o’rganilib kelingan bo’lsa-da, keyingi paytlarda so’z o’zgartiruvchi vositalar – otlardagi kelishik va fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari so’zlarning sintaktik aloqasiga xizmat qiluvchi aloqa-munosabat shakllari deb nomlanib, so’z turkumlaridan tashqarida o’rganilmoqda. Bizningcha, har bir kategoriyaning o’z so’z turkumi doirasida berilshi ma’qul. Chunki har so’z turkumining kategoriyasi o’z so’z turkumi doirasida o’rganilmasligi so’z turkumlarining xususiyatlarini bir butun holda tushunmasligiga va so’z turkumlarini tahlil qilishda qiyinchilik hosil qilishga sabab bo’ladi. Shuning uchun, grammatik kategoriyalarga shakl hosil qiluvchilar va so’z o’zgartiruvchilarga bo’lingan holda har kategoriyani o’z doirasida o’rganilishi ma’qul. 1976 yilda nashr etilgan “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida tilshunoslik fanining bir qismi sifatida o‘rganilib, u tilning grammatik qurilishini tekshirishi aytib o‘tilgan. Chunki u so‘z va gapning har bir tildagi formal-grammatik tomonlarini- so‘zning shakl o‘zgarishlarini, so‘z qo‘shishning, so‘z birikmalarining turli ko‘rinishlarini, vositalarini va gapning tuzilishini, tiplarini kabi muammolarni o‘rganadi. Lekin grammatika termini tilning grammatik qurilishi ma’nosida ham qo‘llanib, bu termin keyingi ma’noda ishlatilganda, grammatika fanining tekshirish ob’ektini ifoda qiladi. Til xususiyatlari uning fonetik, leksik va grammatik tuzilishida aks etib, hammasi bir butun sistemani hosil qiladi, demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir: tilning o‘zaro bog‘langan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini tilimizdagi so‘zlar orqali anglanadi. Bundan kelib chiqadiki, tilning hamma tomonlari o‘zaro bog‘langan, o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismi ekanligi sezilib turadi. Umuman olganda, grammatika so‘zlarni shakllantiradi, biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini namoyon qilib ko‘rsatadi.
Tilshunoslik nuqtai nazaridan, ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida o‘xshashliklar borligini ko‘ramiz, lekin, ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan tillarning orasida ham ma’lum farqlar mavjud. Bunda o‘xshashlik nisbatan sintaksisda seziladi, farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida kuchli hisoblanadi
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Xojiev, I.Rasulov, X.Doniyorovlar tomonidan nashr etilgan. Hozirgi o‘zbek arabiy tili darsligida so‘z turkumlarni 12 turga bo‘lib mustaqil so‘zlarni - ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish; yordamchi so‘zlarni – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama; bundan tashqari modal so‘zlar, undov va taqlid so‘zlar tarzida o‘rganganligini ko‘ramiz. Lekin o‘zbek tili grammatikasining praktikumi kitobida esa so‘z turkumlarni to‘rtta katta gruppaga, turkumga ajratgan:

  1. Mustaqil so‘zlar – ot, sifat, son, olmosh, ravish.

  2. Yordamchi so‘zlar – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.

  3. Undov va taqlid so‘zlar.

  4. Modal so‘zlar.

A.Sodiqov, A.Abduazizov, M.Irisqulovlarning 1981 yilda chop etilgan “Tilshunoslik kirish” darsligida so‘z turkumlarni boshqa tillar – ingliz, nemis va fransuz tillari bilan qiyoslagan holda o‘rganishga, mohiyatiga yanada chuqurroq e’tibor berishga qaratilgan.


Bunda so‘z turkumlarni ajratishning uchta qonuniyati borligini ta’kidlaydi:

    1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari.

    2. So‘zlarni turkumlarga ajratish prinsplari.

    3. Turli tillar so‘z turkumlari.

Olimlar ham so‘zlarni turkumlarga ajratish uchun asos bo‘ladigan mezonlar, belgilar, asoslari 3 turga bo‘ldi:

  1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr.

  2. Strukturalizm davri.

  3. Strukturalizmdan keyingi davr.

Tilshunoslikda strukturalizm oqimi paydo bo‘lgandan so‘ng 30- yillargacha so‘z turkumlarni uch asosiy belgisi orqali ajratgan:

  1. So‘zlarning leksik manosi.

  2. So‘zlarning morfologiya belgilari, yani so‘zning grammatik formasi.

  3. So‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi

XULOSA
Bir so’z bilan aytganda jahon tilshunosligi taraqqiyotida til gramatikasi va morfologik xossalarini o’rganish masalasi dolzarb bo’lib turibdi. Xususan o’zbek tilining morfologik sathi va strukturasini o’rganish masalasida ham ko’plab tadqiqotlar va izlanishlar hanuz davom etmoqda. Albatta asosiy qolib va tahliliy mexanizmlar sohaning salohiyatlai olimlari tomonida yaratilgan. Ammo chuqur fundamental tadqiqotlarni olib borishning ehtiyoji hanuzgacha mavjud.
So’z turkumlari masalasi, garcha butun dunyoda, jumladan, O’zbekistonda ham ko’plab tadqiqotlarda ob’ekt qilib olingan bo’lsa-da, hammaga bir xil darajada manzur bo’ladigan holatda o’rganilmagan.
So’z turkumlari bilan bog’liq material, ma’lumot lug’atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug’atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo’ladi. Bizning ushbu ishimizda matndagi barcha so’z va ularning turli grammatik qoidalari qulaylicha tahlil qilishinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Муҳитдинов Х., Худойберганова Д., Умиров И. ва бошқа. Ҳозирги ўзбек адабий тили. (ўқув қўлланма), Т., Илм-зиё, 2004.

  2. Ishonch Zikrulloh, Hozirgi o’zbek tili, Kobul, Nigorxona matbaasi, 2014.

3. Sayfullahyeva R.R. Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H. va boshqa. Hozirgi o’zbek adabiy tili, T., fan va texnologiya, 2010.
4. Турсунов У. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т., 1992.
5. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. Т., 2009.
6. Шоабдураҳмонов Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Фан, 1980.


Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling