Mavzu: sport biomexanikasi
Download 373.34 Kb.
|
AMALIY ISH 25 - 30
Ishni bajarish tartibi
1. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan va qo'shimcha adabiyotlardan nazariy qismini o'rganish. 2. Demo-ga qarang. 3. O'qituvchidan vazifani bajarishning bir variantini oling. 4. Vazifani tahlil qiling. 5. Muammoning echimini aniqlang. Nazorat savollari: Intel thread Profilerda xotirani sinxronlash deganda nimani tushunasiz? Web Serverlar va ma’lumotlar bazasi tushunchalariga ta’rif bering. Dasturni kompilyatsiya qilishni tushuntirib bering. Client-server bu qanday tizim? Dastur arxitekturasini o’zgartirish deganda nimani tushunasiz? AMALIY ISH № 28MAVZU: BIOMEXANIKANING ZAMONAVIY RIVOJLANISH BOSQICHI.Mavzu: Biomexanikaning zamonaviy rivojlanish bosqichi. Ishdan maqsad: Biomexanikaning zamonaviy rivojlanish bosqichi imkoniyatlarini o’rganish. Nazariy qism Biomexanika – turli tashqi ta’sirlar ostida sodir bo‘luvchi odam va hayvonlarning mexanik harakatini o‘rganuvchi fandir. Biomexanika nazariyalari mexanika qonunlari va biologik qonuniyatlarni bir-biriga uzviy bog‘lanishidan yaratilgan. Ma’lumki, tirik tabiatda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlar, umuman, fizik qonunlarga, xususan, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Bunday holat qadimdanoq olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Biologik jarayonlarning mexanika nuqtai – nazaridan o‘rganish, ya’ni biomexanikaning boshlanishi Leonardo da Vinchi, G. Galiley va hatto, Aristotel va Ibn Sino zamonlariga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Dekart, Boyl, Guk, Eyler, Gelmgolc, Van-der-Pol va boshqalarning sezilarli darajada qo‘shgan hissalari bilan biomexanika shakllana boshlagan. XX asr davrida biomexanika fani sezilarli darajada rivojlandi, bunda taniqli olimlar N.A.Bernshteyn, I.V.Knets, S.A.Regirer, G.V.Korenev, B.A.Purinya, G.Brankov- larni xizmatlari e’tiborga loyiqdir. Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab biomexanika alohida fan sifatida o‘rganila boshlandi va zamonaviy texnika taraqqiyoti tufayli rivojlana boshladi. Ushbu fanni shakllanishida olimlar tomonidan turlicha qarashlar bo‘lgan. Xususan, ayrim olimlar biomexanikani rivojlanishiga shubha bilan qarashgan, ya’ni mexanikani biologiyaga qo‘llanilishi o‘ta tavakkalchilik bo‘ladi va oxir-oqibatda mexanikani «ifloslanishi»ga sabab bo‘ladi deb tushunishgan. Boshqa guruh olimlar biomexanika biologiyani bir qismi deb tushunishgan va boshqalari biofizikani bo‘limi deb qarash kerak deb hisoblashgan. Ko‘pchilik olimlarni fandagi muammolar ustida o‘ta faollik bilan ishlaganliklari tufayli ushbu fan mexanika va biologiya chegarasida paydo bo‘ldi. Keyingi davrda texnika taraqqiyoti va mexanika fanini yutuqlari tufayli biomexanikaning rivoji jadal tus oldi. Biomexanikada turlicha yuklanadigan va tashqi ta’sirlar ostida bo‘ladigan o‘ta murakkab ob’ekt o‘rganiladi. Bu murakkab ob’ekt-tirik organizm bo‘lib, odam yoki hayvon tanasidir. Shuning uchun barcha turdagi tadqiqotlar natijalarini tartibga solish yoki sistemalashtirish murakkabdir. Ba’zi fiziologlar, umuman, mexanika usullarini tirik organizmlar uchun qo‘llash noto‘g‘ri deb hisoblashgan, sababini mexanika usullari noorganik jismlar uchun yaratilgan organik (tirik) jismlar uchun aniq natija bermaydi, - deb tushuntirishgan. So‘nggi vaqtlarda biomexanika faniga bir qator matematiklar, fiziklar, mexanik-injenerlar, priborsozlik va hisoblash texnikasi namoyondalarining katta e’tibor berganliklari oqibatida yuqorida aytilgan jarayon jadallashdi. Jadallashishning ob’ektiv sababi, ilmiy asoslangan biomexanik ma’lumotlarga, xususan, odam biomexanikasi ma’lumotlariga bo‘lgan social talabning ortib borishidir. Ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashishi odam-operator va mashina orasidagi o‘zaro aloqa muntazam o‘zgarib boryapti. «Odam – mashina» sistemasini optimallashtirish uchun odam tanasining biomexanik kattaliklarini aniq qiymatlarini talab qiladi va bu talabni qondirmaslik sistemani samaradorligini pasaytiradi va hatto, ayrim hollarda odam a’zolarining «mustahkam»ligini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasini jarohatlanish xavfi nafaqat ishlab chiqarishda, balki sport o‘yinlarida, transport harakatida va kundalik ro‘zg‘or ishlarida ham tug‘ilishi mumkin. Tez o‘zgarib borayotgan sun’iy muhitda jarohatlanishga qarshi katta e’tibor berilishiga qaramasdan biologik evolyuciya davomida shakllangan himoya mexanizmi etarli bo‘lmay qoladi. Xullas, ijtimoiy taraqqiyot amaliy tibbiyotdan har bir odam uchun jamiyatdagi hayotga to‘laqonli ishtirok etishga imkoniyat yaratishni talab qiladi. Bu talabga birdan-bir javob samarali sun’iy a’zolar ishlab chiqishdir. Masalan, tayanch-harakat apparati elementlarini sun’iy almashtirish. Odatda, ular haqiqiy a’zolar funkciyalarini to‘laroq bajara oladigan sun’iy a’zolarni ishlab chiqishga hamon biomexanik ma’lumotlar etarli emas. Bunday biomexanik ma’lumotlarni to‘plash uchun turli nazariy va eksperimental usullar, katta amaliy tajribalar yaratilgan. Ammo, biomexanikada erishilgan bunday ilmiy-uslubiy tajribalarni amalda qo‘llash sekin davom etmoqda. Sababi, o‘rganiladigan ob’ektning alohida tomoni, ya’ni tirik organizmligidir. Tajriba usullarini tanlash va uni amalda qo‘llashning boshlanishidayoq ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ya’ni geometrik va massa-inercional xarakteristikalarini aniqlashda odam tanasining murakkab kinematikasi, deformaciyaga o‘ta moyilligi va boshqa tomonlari tegishli biomexanik ma’lumotlarni olishni qiyinlashtiradi. Tajriba uchun ajratilgan namunani mexanik ta’sirlarga sinalganda olingan natijalarni haqiqiy tirik organizm kattaliklariga qanchalik mos kelishi, ya’ni adekvatligi to‘g‘risidagi masala ochiqligicha qolmoqda. Sababi, mexanik sinovlar uchun namuna, asosan, murdalardan olinadi va ular vaqt davomida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Shunday qilib, biomexanik masalani o‘ziga xos tomoni eng oddiy hollarda ham murakkab eksperimental usullar (gamma va rentgenoskopiya) va dinamikani teskari hisob usullarini qo‘llashni taqozo etadi. Zamonaviy priborsozlik yutuqlari, ya’ni o‘lchov vosi-talarini miniatyurlashtirilgan kichik turlarini yaratilishi bilan ba’zi muammolar hal qilinadi. Bioto‘qimalarning anizatropliligi, katta defor-maciyalarga uchrashi, mexanik xossalarining chiziqsizligi, boshlang‘ich va “tabiiy” holatini noaniqligi kabi muammolarni hal qilish usullari to‘la ishlab chiqilmagan. Biomateriallar yoki biokonstrukciyalarning kuchlanish va deformaciyalanish holatlarini aniqlash masalalari elastiklik nazariyalari asosida, son qiymatlarini aniqlashda sonli usullar, ya’ni chekli elementlar usullarini qo‘llash orqali hal etilmoqda. Odam tanasi yoki uning alohida qismlarini mexanik mustahkamligi ularni funkcional holatiga juda bog‘liqdir. Tirik organizmlarga nisbatan mustahkamlik tushunchasi qo‘llanilganda ularning funkcional ustuvorligi bilan bog‘liqligi alohida e’tiborga olinadi. Yuqorida keltirilgan ayrim muammolar biomexanikada tekshirish-tadqiqot ishlariga keng miqyosda modellashtirish usulini qo‘llashga olib keldi. Biomexanikada bioob’ektlar modeli sifatida matematik, statistik, fizik va boshqa ko‘rinishdagi modellar qo‘llaniladi. Biomexanika fani turli tashqi ta’sirlar ostida sodir bo‘luvchi odam va hayvonlarning mexanik harakatini o‘rganadi. U mexanikaning tirik organizmlarga tatbiq etishi bilan xarakterlanadi. Tirik organizmlar fizika va mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, tirik organizmlar kimyo va biologiya principlariga ham bo‘ysunadi va shu bilan birgalikda psixologik ta’sirlarni mavjudligini unutmaslik lozim. Biomexanika, butun organizm faoliyatini mexanika masalalarini o‘rganish davomida odamni mehnat, jamiyat va atrof-muhit ta’siri sharoitida yagona funkcional ob’ekt sifatida qaraydi. Hozirgi davrda biomexanika fanining quyidagi tarmoqlari paydo bo‘ldi: Download 373.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling