Mavzu: sport biomexanikasi
Download 373.34 Kb.
|
AMALIY ISH 25 - 30
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY ISH № 29
Ishni bajarish tartibi
1. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan va qo'shimcha adabiyotlardan nazariy qismini o'rganish. 2. Demo-ga qarang. 3. O'qituvchidan vazifani bajarishning bir variantini oling. 4. Vazifani tahlil qiling. 5. Muammoning echimini aniqlang. Nazorat savollari: Intel thread Profilerda xotirani sinxronlash deganda nimani tushunasiz? Web Serverlar va ma’lumotlar bazasi tushunchalariga ta’rif bering. Dasturni kompilyatsiya qilishni tushuntirib bering. Client-server bu qanday tizim? AMALIY ISH № 29MAVZU: BIOMEXANIKANING ZAMONAVIY RIVOJLANISH BOSQICHI IMKONIYATLARINI O’RGANISH.Mavzu: Biomexanikaning zamonaviy rivojlanish bosqichi imkoniyatlarini o’rganish. Ishdan maqsad: Biomexanikaning zamonaviy rivojlanish bosqichi imkoniyatlarini o’rganish. Nazariy qism Biomexanika fanining tarkibi va uning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi Biomexanika nisbatan yangi fan bo‘lib, biofizika va bioximiya fanlari kabi biologiya va mexanika fanlari chegarasidagi fandir. U tirik organizmlarga mexanika principlarini qo‘llash usullari bilan xarakterlanadi. Biomexanika fani o‘zining tekshirish usullari va natijalarini qo‘llaydigan sohalariga egadir. Uning nazariy jihatdan rivojlanib borishi hujayralar darajasidan tortib to butun organizm darajasida maxsus eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Shuningdek, biomateriallar va biopolimerlarni tadqiqot qilish zarurati tug‘iladi. Bundan kelib chiqadiki mexanika, fiziologiya, elektronika va informatika kabi boshqa fanlar sohalari mutaxassislarini birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Biomexanika turlicha bog‘lanishlarga ega, har xil ta’sir va kuchlarga bog‘liq bo‘lgan murakkab ob’ektni o‘rganadi. Bu bilan shuni tushuntirish mumkinki, biomexanik tadqiqotlar natijalarini ma’lum bir tizimga solish murakkabdir. Biomexanika, mexanik muammolarni tekshira borib, organizm faoliyatini atrof-muhit, mehnat jarayoni va jamiyatdagi sharoitda bir butun funkcional faoliyat deb qaraydi. Fizika, kimyo va mexanika fanlari tirik organizmlarni regeneraciya va moslashuvchanlik qobiliyatlarini tushuntirishga ojizlik qilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, biomexanika voqelik va jarayonlarga faqat mexanik nuqtai-nazardan qaramasdan, balki boshqa fanlar ishtirokida turli ma’lumotlar bilan boyiydi. Boshqa fanlar ishtiroki bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni olish qadimdan boshlangan. Masalan, bu sohada birinchilardan bo‘lib tibbiyot ilmining buyuk asoschilaridan biri bo‘lgan, Abu ali Ibn Sino tana tuzilishi, ko‘z faoliyati va yurak urishini tahlil va tashxis qilishda mexanika hamda akustika usullaridan keng foydalangan. Xususan, yurakning ishlash faoliyatida turli tebranma harakatlar qonuniyatlarini aniqlashda uning olgan natijalari o‘z zamonasi va xattoki xuzurgi zamon fani uchun ham juda katta yutuq hisoblanadi. Keyinchalik italyan olimi Leonardo da Vinchi (1452-1519 y.y.) odam tanasi harakati mexanikasini ifodalab yozgan. Mexanika fanining asoschisi G.Galiley (1564-1642 y.y.) avval tibbiyotni, so‘ngra fizikani o‘rgangan. U yurak urishini o‘lchagan. Mashhur francuz filosofi va matematigi R.Dekart fiziologiyaga qiziqqan va odam bilan avtomatni o‘xshashligini ta’kidlagan. Shuningdek, u ko‘z harakatini tekshirgan va muhim xulosalarni chiqargan. Mashhur matematik va astronom Borelli (1608-1679 y.y.) hayvonlar, qushlar va boshqalar harakati davomida skelet va muskullar tizimi funkciyasini o‘rgandi. Olingan natijalar asosida nerv sistemasi faoliyatini tushuntirib berdi. Angliyaning taniqli olimi R.Guk (1635-1703 y.y.) ideal-elastik jismlarda deformaciya va kuchlanish orasidagi to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish qonuniyatini aniq ta’riflab berdi. Shuningdek, R.Guk birinchi bo‘lib tirik organizmlarning asosiy elementini hujayradan iborat deb qarashni taklif etdi. Mashhur L.Eyler (1707-1783 y.y.) arteriya qon tomirlarida to‘lqin tarqalishi bo‘yicha ilmiy ishini 1775 yilda e’lon qildi. Atoqli olim Gelmgolc (1824-1894 y) fiziologiya, fizika va anatomiya bo‘yicha professor bo‘lgan. U optika, akustika, termodinamika, elektrodinamika, fiziologiya, medicina va gidromexanika kabi fanlar rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, u birinchi bo‘lib nerv signalini tarqalish tezligini va muskul qisqarishida issiqlik ishlab chiqarilishini aniqlagan. Keyinchalik turli tadqiqotchilar tomonidan mashinalar dvigatellari bilan tirik organizmlardagi jarayonlarning o‘xshashligi o‘rganildi. Ya’ni, bu holda tirik organizmdagi jarayon termodinamika principlariga asosan ovqatlanish va nafas olish orqali energiya bilan ta’minlanib turadi. Hayot-bu doimiy va erkin energiya oqimini talab qiladigan jarayondir. Keyingi davrlarda fiziologlar tushunib etishdiki, biomexanika xulosalarisiz tirik organizmlar fiziologiya- sini tushuntirib bo‘lmaydi. Biomexanika tirik organizmlarni yoki uning elementlarini normal faoliyat ko‘rsatishini tushunishga; turli sharoit va yoshni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni tushunishga; himoya vositalari, sun’iy to‘qima, a’zolar yoki a’zo qismlarini ishlab chiqish va almashtirish imkoniyatlarini tushunishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqadiki, biomexanika fanini rivojlanishida mexanika, fizika, biologiyadan tashqari, yana fiziologiya, biofizika, bioximiya, termodinamika, gidromexanika, informatika, modellash- tirish, elastiklik va plastiklik nazariyasi va boshqa fanlarning o‘z ulushlari bor. Download 373.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling