Mavzu: sport biomexanikasi
Download 373.34 Kb.
|
AMALIY ISH 25 - 30
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy biomexanika
injenerlik biomexanikasi, uning asosiy yutuqlari robotsozlikda qo‘llanilmoqda;
tibbiy biomexanika, jarohatlanish sabablari, oqibatlari va uni oldini olish usullarini, tayanch-harakat apparati mustahkamligi, protezlash masalalarini o‘rganadi; erganomik biomexanika, odamni atrofdagi jismlar bilan o‘zaro ta’sirini optimallashtirish maqsadida o‘rganadi; jismoniy mashqlar biomexanikasi, odamning sog‘lomlashtirish va sport musobaqalariga tayyorgarlik maqsadida bajaradigan jismoniy mashqlardagi harakat faoliyatini o‘rganadi. Jismoniy mashqlar biomexanikasi muntazam takomillasha borib, odamning har tomonlama harakat faolligi biomexanikasiga aylanmoqda. Biomexanika fani umumiy, differencial va xususiy biomexanika tarmoqlariga bo‘linadi. Umumiy biomexanika odamning harakatiga bog‘liq masalalarni nazariy echishga va harakat qanday vujudga kelishini o‘rganishda yordam beradi. Differencial biomexanika odamning harakat qilish imkoniyatini va faoliyatini individual va guruhlar darajasidagi o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi. Bunda odamning yoshi, jinsi, sog‘lig‘i, jismoniy tayyorgarligi va boshqa tomonlari e’tiborga olinadi. Xususiy biomexanika odamning alohida holatlardagi harakati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Masalan, alohida sport turi bo‘yicha tayyorgarlikka yoki uchuvchi xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish. Xususiy biomexanikaning asosiy vazifasi – odamni alohida holatda qanday to‘g‘ri harakatlanishi zarurligini o‘rgatishdir. Odam tanasi barcha tirik organizmlar kabi molekulalar va atomlardan tashkil topgan. Bunda atom-molekulyar tizimlar faoliyati organizmning mikroskopik faoliyatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun, molekulalar yoki atomlar darajasidagi mikroskopik harakatlarni o‘rganishda kvant mexanikasi qonuniyatlariga asoslaniladi. Tirik organizmda sodir bo‘layotgan mikroskopik harakatlarni o‘rganish bilan bog‘liq biomexanika kvant biomexanikasi deb ataladi. Kvant biomexanikasida asosan elektron-komformacion tizimlar dinamikasi o‘rganiladi. Kvant biomexanikasi tarkibida molekulyar-biomexanika, xujayra biomexanikasi kabi tarmoqlar mavjuddir. Mazkur fanda bioob’ektlar mexanik faolligini aniqlash, oshirish va modellashtirish masalalari ko‘riladi. Turli muhitlarda bioob’ektlar harakatini va ular qismlarini bir-biriga nisbatan ko‘chishlarini ifodalovchi mexanik qonuniyatlar nazariy mexanika va yaxlit jismlar mexanikasi qonunlari nuqtai - nazaridan kelib chiqqan holda o‘rganiladi. Bioob’ektlarning turli mexanik holatlarini aniqlashda, hisoblashda va baholashda tajribalarga asoslangan holda biotibbiy priborlar va tizimlarni ishlab chiqishda biomexanikaning muhim o‘rni bo‘lib, buni oliy o‘quv yurtlarining tegishli yo‘nalishlari talabalariga o‘qitish zarurdir. Fanni o‘rganish jarayonida talabalar bioob’ektlar va ular tizimlari modellarini qurishda, ularning tegishli kattaliklari qiymatlarini baholashda, biomexanikaning modellarini sifat va miqdor jihatidan baholashda mexanika qonunlaridan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Download 373.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling