Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja


Download 125.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana02.06.2024
Hajmi125.51 Kb.
#1838603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
gigiena va bioximiya fanlariga asoslanib, sport tibbiyoti fanidan etarli nazariy va 
amaliy bilimlar bilan qurollangan va sport mashg„ulotlarning uyushtirilishida 
jismoniy mashqlarni sog„lomlashtiruvchi omillardan to„g„ri foydalana olishlari 
lozim. 
Sog„liqni saqlash, turli kasalliklarni davolash, ularni oldini olish va uzoq 
umr ko„rish maqsadida jismoniy tarbiya juda qadim zamondan boshlab qo„llanilib 
kelingan. Jismoniy tarbiya va tibbiyotning bir biriga bog„liqligi haqida qadimgi 
tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Gippokrat, Gerodikus,Galen, Abu Ali ibn 
Sino, Paratsels va boshqa buyuk tibbiyot allomalari jismoniy mashqlarni, 
parhez, massaj, hammomlarni turli kasalliklarni oldini olishda keng qo„llaganlar. 
Qadimgi Egipet, Hindiston, Yunoniston, Rum, Hitoyda bu vositalardan qo„l 
jangchilarini, gladiatorlarni, harbiylarni tayyorlashda foydalailgan. Ularning tibbiy 
nazorati o„sha davrning eng yaxshi shifokorlari tomonidan olib borilgan. 
Yunonistondagi qadimgi Olimpiya o„yinlari davridan boshlab atletlar tayyorgarligi 
ustidan jiddiy tibbiy kuzatuvlar o„tkazilgan. 
X-XI asrlardan yashab ijod qilgan mutaffakkir va olim Abu Ali Ibn Sino 
“Tib qonunlari” asarida hozirgi zamon sport tibbiyotiga oid ko„pgina fikrlarni 
bayon etgan. Masalan: “sog„liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo„lib, 
ular ovqat tartibi va uyqu tartibi” yoki “Mo„„tadil ravishda va o„z vaqtida 
badantarbiya bilan shug„ullanuvchi odam buzilgan xildlar tufayli yuzaga kelgan 
kasalliklarni va mijoz hamda ilgari o„tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklar 
davolovchisiga muhtoj bo„lmaydi”. 
Jismoniy mashg„ulotlar bilan shug„ullanuvchining shaxsiy hususiyatlarga 
qarab olimning yuritgan fikri: “har bir odam uchun o„ziga xos harakatlar tanlashi 
kerak”, “kuchsiz kishilarni badantarbiyalari engil, kuchlilarniki esa zo„rroq bo„lishi 
kerak”, “agar organizm mo„„tadil bo„lsa, ular uchun mo„„tadil badantarbiya 
muvofiq keladi”, “tez va shiddatli harakatlar engillari bilan birga qilinadigan 
harakatlarni qilib almashtirib turish va bir harakat ustida to„xtab qolmaslik kerak”. 

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling