Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja
“Badantarbiya davomiga kelsak quyidagi uch narsaga e‟tibor beriladi
Download 125.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport tibbiyoti
- Sport tibbiyotining maqsadi
“Badantarbiya davomiga kelsak quyidagi uch narsaga e‟tibor beriladi:
1- teri rangi, agar u yaxshilana borsa, harakatlarni hali davom ettirish mumkin; 2 - harakatlarni engilligiga, agar ular hali engil bo„lsa, ularni tamomlash muhlati hali kelmagan bo„ladi: 3- organlarni holati, agar ter ko„pligi davom qilsa, harakatni davom ettirish mumkin. Agar bu holatlar yo„qolib, chiqqan ter tomchi-tomchi bo„lib oqa boshlasa to„xtatish kerak.” Charchash holatini oldini olishda massaj ahamiyati haqida bir qancha fikrlar bildirilgan. O„sha zamon bilim darajasiga muvofiq ko„tarilgan masalalar empirik xarakterga ega bo„lib, ularni nazariy jihatdan xoslanishi faqat XIX-XX asrlarga kelib mumkin bo„ldi. Sport tibbiyoti – tibbiyotning alohida yo„nalishi bo„lib, o„z maqsadi, vazifalari, uslublari, nazariya va o„z muammolariga ega bo„lgan ilmiy-amaliy sohadir. O„zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni tibbiy ta‟minlash maxsus tibbiy-jismoniy tarbiya xizmatlari (kabinetlar, dispanserlar) va sog„liqni saqlash organlarining davolash-profilaktik muassasalari orqali territorial prinsipda amalga oshiriladi. Sport tibbiyoti aholini davolash-profilaktik xizmatining asosiy qismi bo„libgina qolmay, insonning jismoniy tarbiya tizimidagi ajralmas bo„lagidir. Sport tibbiyotining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlanishi uchun insonning barkamol rivojlanishi, sog„lig„ini saqlash va uni mustahkamlash, Vatan himoyasida va mehnatda yuqori jismoniy tayyorgarligini ta‟minlashdir. “Sport tibbiyoti”termini mamlakatimizda yaqindan ishlatilmoqda. 1980 yilgacha “vrachlik nazorati” termini qo„llanib kelingan. So„nggi yillarda sport tibbiyotining bir qancha sohasida talaygina muvaffaqiyatlarga erishildi, shu sababli to„xtovsiz rivojlanishi va vazifalarining kengayib borishi bu fan nomini o„zgarishiga olib keldi. Sport trenirovkasini uyushtirish va o„tkazishda sport tibbiyotining faol qatnashishi uchun asosiy belgisi hisoblanadi. Sportchilarning sog„ligi va funksional holatini kuzatish va aniqlashda yangi eksperimental tekshirish usullari joriy qilindi. Sportchilarni jismoniy qobilyatini va chiniqqanligini aniqlashda yangi funksional sinovlar ko„lami boyitildi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanish kishida har tomonlama jismoniy rivojlanish imkonini beradi, fiziologik funksiyalarni takomillashtirishga yordam beradi va kishi organizmini har tomonlama mustahkamlashga olib keladi. Keyingi vaqtlarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanuvchilarni sog„ligida kuzatiladigan patologik o„zgarishlar sabablarini, ularni oldini olish va davolash masalalarini o„z zimmasiga olgan sport tibbiyotning yana yangi bir sohasi rivoj topdi. Download 125.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling