Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja


“Badantarbiya davomiga kelsak quyidagi uch narsaga e‟tibor beriladi


Download 125.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.06.2024
Hajmi125.51 Kb.
#1838603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Badantarbiya davomiga kelsak quyidagi uch narsaga e‟tibor beriladi:
1- teri rangi, agar u yaxshilana borsa, harakatlarni hali davom ettirish 
mumkin;
2 - harakatlarni engilligiga, agar ular hali engil bo„lsa, ularni tamomlash 
muhlati hali kelmagan bo„ladi:
3- organlarni holati, agar ter ko„pligi davom qilsa, harakatni davom ettirish 
mumkin. Agar bu holatlar yo„qolib, chiqqan ter tomchi-tomchi bo„lib oqa boshlasa 
to„xtatish kerak.” 
Charchash holatini oldini olishda massaj ahamiyati haqida bir qancha fikrlar 
bildirilgan. 
O„sha zamon bilim darajasiga muvofiq ko„tarilgan masalalar empirik 
xarakterga ega bo„lib, ularni nazariy jihatdan xoslanishi faqat XIX-XX asrlarga 
kelib mumkin bo„ldi.


Sport tibbiyoti – tibbiyotning alohida yo„nalishi bo„lib, o„z maqsadi, 
vazifalari, uslublari, nazariya va o„z muammolariga ega bo„lgan ilmiy-amaliy 
sohadir. O„zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni tibbiy ta‟minlash maxsus 
tibbiy-jismoniy tarbiya xizmatlari (kabinetlar, dispanserlar) va sog„liqni saqlash 
organlarining davolash-profilaktik muassasalari orqali territorial prinsipda amalga 
oshiriladi. Sport tibbiyoti aholini davolash-profilaktik xizmatining asosiy qismi 
bo„libgina qolmay, insonning jismoniy tarbiya tizimidagi ajralmas bo„lagidir. 
Sport tibbiyotining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama 
rivojlanishi uchun insonning barkamol rivojlanishi, sog„lig„ini saqlash va uni 
mustahkamlash, Vatan himoyasida va mehnatda yuqori jismoniy tayyorgarligini 
ta‟minlashdir. 
Sport tibbiyoti”termini mamlakatimizda yaqindan ishlatilmoqda. 1980 
yilgacha “vrachlik nazorati” termini qo„llanib kelingan. So„nggi yillarda sport 
tibbiyotining bir qancha sohasida talaygina muvaffaqiyatlarga erishildi, shu sababli 
to„xtovsiz rivojlanishi va vazifalarining kengayib borishi bu fan nomini 
o„zgarishiga olib keldi. Sport trenirovkasini uyushtirish va o„tkazishda sport 
tibbiyotining faol qatnashishi uchun asosiy belgisi hisoblanadi. Sportchilarning 
sog„ligi va funksional holatini kuzatish va aniqlashda yangi eksperimental 
tekshirish usullari joriy qilindi. Sportchilarni jismoniy qobilyatini va 
chiniqqanligini aniqlashda yangi funksional sinovlar ko„lami boyitildi. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanish kishida har tomonlama 
jismoniy rivojlanish imkonini beradi, fiziologik funksiyalarni takomillashtirishga 
yordam beradi va kishi organizmini har tomonlama mustahkamlashga olib keladi. 
Keyingi vaqtlarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanuvchilarni 
sog„ligida kuzatiladigan patologik o„zgarishlar sabablarini, ularni oldini olish va 
davolash masalalarini o„z zimmasiga olgan sport tibbiyotning yana yangi bir sohasi 
rivoj topdi. 

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling