Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja


Download 125.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.06.2024
Hajmi125.51 Kb.
#1838603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reabilitatsiya-odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yo„qotilgan 
funksiyalarini hamda nogironlaring va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa 
shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bo„lgan qobiliyatlarini jismoniy 
tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va 
kompensatsiya qilish). 
Qadimiy sport turlari 
 
Eng qadimiy sport turi nomiga bir necha sport turlari da‟vogarlik qilishadi. 
Rasman olib qaraganda yengil atletika ilk Olimpiya o„yinlarining asosini tashkil 
qilgan va yugurish bo„yicha musobaqalar eng ommabop bo„lgan. Keyinchalik 
nayza, disk, bolg„a uloqtirish, balandlikka sakrash, erkin kurash kabi musobaqalar 
ham yengil atletika tarkibiga kirib, olimpiada o„yinlari safidan joy olgan. Qadimgi 
olimpiada o„yinlarida shoirlar ham ishtirok etganlar va o„z she‟rlarini o„qib 
musobaqalashganlar. Yuqorida aytganimizdek bular rasmiy va qat‟iy qoidalar 
asosida o„tkazilgan musobaqalardir. Lekin insoniyat yaralibdiki o„ziga raqib topib 
kurashishni ermak qiladi. Ana shunday kurash turlaridan biri kamondan o„q 
uzishdir. Faqat hozirgi nishonni ko„zlashdan farqli ravishda u paytlar ikki kishi 
yoki guruhlar bir birlariga qarata o„q uzganlar. Tabiiyki tirik yoki sog„ qolgan 
g„olib deb hisoblanilavergan. 


Quyida shu kabi tarixiy sport turlaridan ayrimlari bilan tanishtiramiz  
Fillar bilan korrida 
Qadimiy Rimda bo„lib o„tgan bu musobaqalarda qurollangan qullar fillarga 
qarshi kurashganlar. Bunda qullarning tirik qolishi o„rtacha 3 %ga teng bo„lgan. 
Rimliklar musobaqalarni shu darajada yaxshi ko„rganlarki, bu Afrika fillarining 
keskin kamayib ketishiga olib kelgan. 
Terili arqon tortish 
Arqon tortish qadimiy sport turi va u hozirgi kunda ham bor. Lekin bu sport 
turi ham qonli tarixga ega. Vikinglar hayvonlar terilaridan to„qilgan arqonni ikki 
guruhga bo„linib tortishgan. Faqat hozirgidan «ozgina» farqli ravishda arqon 
sportchilarning qo„llariga bog„langan va o„rtada cho„g„ to„plangan chuqur bo„lgan. 
Kuchsizlar mag„lubiyatni tan olish orqali kulgiga qolganlar yoki otash to„la 
chuqurga ravona bo„lganlar. 
Pankration 
Boshqa qadimiy musobaqalar bilan solishtirganda pankration anchagina 
shafqatli sport turiligiga amin bo„lamiz. Qadimgi yunonlar o„ylab topgan bu 
musobaqalarda barcha jangovar sport turlari (boks, karate, kurash va h.k.) qorishib 
ketgan hamda hech qanday qoidalar bo„lmagani holda qurolsiz jang tanaffuslarsiz, 
qatnashchilardan biri hushini yo„qotmaguncha, yoki mag„lubiyatni tan olib, shafqat 
so„rab yolvormaguncha davom etavergan. 

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling