Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja


Download 125.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.06.2024
Hajmi125.51 Kb.
#1838603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
asosiy, tayyorlov va maxsus. 
Asosiy guruh – jismoniy tayyorgarligi etarli bo„lgan, sog„lom yoki 
salomatligida deyarli o„zgarishlar bo„lmagan shaxslar asosiy meditsina guruhlariga 
kiradi. Bu guruhdagilar jismoniy tarbiyaning to„la programmasini bajaradilar, sport 
bilan shug„ullanishlari va musobaqalarda qatnashishlari mumkin. 
Tayyorlov guruh – sog„ligida bir oz o„zgarish bo„lgan va jismoniy 
rivojlanish, jismoniy tayyorgarligi orqada qolayotgan shug„ullanuvchilar kiradi. 
Ularga sport bilan shug„ullanish man etiladi. Ular uchun jismoniy tarbiya 
normativlarini topshirishi muddati uzaytiriladi, o„quv mashg„ulotlari soni ham 
cheklanadi. 
Maxsus guruh – salomatligida anchagina o„zgarishlar bo„lgan shaxslar 
kiradi. Ularga jismoniy tarbiya ta‟lim vazirligini maxsus o„quv dasturiga binoan 
bajaradilar. Ular normativlarni topshirishidan ozod qilinadi.
Takroriy tibbiy ko„rikda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda 
shug„ullanuvchilarning sog„ligi, jismoniy rivojlanishi va funksional holatida sodir 
bo„ladigan o„zgarishlarga aniqlaydi. Takroriy tibbiy ko„rik bir yilda 1 marta 
o„tkaziladi. 
Qo‘shimcha tibbiy ko„rik asosan musobaqa o„tkazishdan oldin, bevosita 
sportchilarni musobaqalarda qatnashish masalasi hal qilinayotganda o„tkaziladi. 
II. Dispanserizatsiya – meditsina xizmati ko„rsatishda eng yuqori va 
takomillashgan turidir, bunda davolash bilan profi-laktika birgalikda olib boriladi. 
Etakchi sportchilar sog„ligini, ish qobilyatini saqlash va mustahkamlashga 
qaratilgan profilak-tika va davolash tadbirlarida malakali tibbiy yordami ko„rsatish 
plan asosida olib boriladi. 
III. VPN – trenirovka va musobaqalar o„tkazilganda vrach trener bilan 
birgalikda sportchilarni kuzatib boradi. VPN ma‟lumotlariga asoslanib 
mashg„ulotlarning sportchilarga bevosita ta‟siri o„rganiladi, trenirovkaning 
samaradorligini tahlil qilishda turli sinamalar qo„yiladi va trenirovkalar planiga 
o„zgartirishlar kiritish mumkin bo„ladi. 
IV.Sanitariya-gigienik nazorat. Sport inshootlari gigienik talablariga javob 
berishi shart. Aks holda jarohatlanish, kasallanish va sport natijalarini tushib 
ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sport inshootlari qurish loyihalari 
Davlat sanitariya nazoratining mahalliy organlari bilan kelishiladi va ob‟ektlarga 
topshiriladi, keyin ular sanitariya-epidemik stansiyalar va vrachlik jismoniy tarbiya 
dispanserlari doimiy sanitariya nazoratida bo„ladi. 
V. Sport musobaqalaridatibbiy xizmatni tashkil etish. 
Vrach musobaqa bosh sudyasining o„rinbosari sifatida tasdiqlanadi. Tibbiy 
hodim bo„lmaganda musobaqalarni o„tkazish man qilinadi. 
Musobaqalarni o„tkazishda tibbiy xizmat yo„nalishi 
1.Sportchilarning xujjatlarini tekshirish va ularni musobaqada qatnashish 
uchun ruxsat berish masalasini hal etish.
2. Sportchilarni ovqatlanishi va joylashtirish sharoiti, musobaqa va 
trenirovkalar o„tkaziladigan joylarni sanitariya gigiena jihatdan nazorat qilish. 


3. Musobaqa qatnashchilarini vrach ko„rigidan o„tkazish. 
4. Musobaqa qatnashchilariga tibbiy yordam ko„rsatish. 
VI. Sport shikastlanishining oldini olish. 
Sportdagi shikastlanishlarni kelib chiqishini trener va jismoniy tarbiya 
o„qituvchilari oldini olish tadbirlarini amalga oshirishda aktiv ishtirok etishlari 
zarur. 
VII. Sport va jismoniy tarbiyaning umumiy g„oyalarini propaganda qilish 
barcha agitatsiya ishlarini olib borish, sog„lom turmush tarzi, ratsional mehnat va 
dam olish rejimi, ovqatlanish bilan bog„liq masalalar ustida ham to„xtalib o„tish 
kerakki, chekish va ichkilikning zararini tushuntirish, ya‟ni umumiy sanitariya 
muolaja ishlarini faol olib borish zarur. 

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling