Mavzu. Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanishi tarixi Reja
Download 125.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimiy sport turlari
- Quyida shu kabi tarixiy sport turlaridan ayrimlari bilan tanishtiramiz Fillar bilan korrida
- Terili arqon tortish
Reabilitatsiya-odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yo„qotilgan
funksiyalarini hamda nogironlaring va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bo„lgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish). Qadimiy sport turlari Eng qadimiy sport turi nomiga bir necha sport turlari da‟vogarlik qilishadi. Rasman olib qaraganda yengil atletika ilk Olimpiya o„yinlarining asosini tashkil qilgan va yugurish bo„yicha musobaqalar eng ommabop bo„lgan. Keyinchalik nayza, disk, bolg„a uloqtirish, balandlikka sakrash, erkin kurash kabi musobaqalar ham yengil atletika tarkibiga kirib, olimpiada o„yinlari safidan joy olgan. Qadimgi olimpiada o„yinlarida shoirlar ham ishtirok etganlar va o„z she‟rlarini o„qib musobaqalashganlar. Yuqorida aytganimizdek bular rasmiy va qat‟iy qoidalar asosida o„tkazilgan musobaqalardir. Lekin insoniyat yaralibdiki o„ziga raqib topib kurashishni ermak qiladi. Ana shunday kurash turlaridan biri kamondan o„q uzishdir. Faqat hozirgi nishonni ko„zlashdan farqli ravishda u paytlar ikki kishi yoki guruhlar bir birlariga qarata o„q uzganlar. Tabiiyki tirik yoki sog„ qolgan g„olib deb hisoblanilavergan. Quyida shu kabi tarixiy sport turlaridan ayrimlari bilan tanishtiramiz Fillar bilan korrida Qadimiy Rimda bo„lib o„tgan bu musobaqalarda qurollangan qullar fillarga qarshi kurashganlar. Bunda qullarning tirik qolishi o„rtacha 3 %ga teng bo„lgan. Rimliklar musobaqalarni shu darajada yaxshi ko„rganlarki, bu Afrika fillarining keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Terili arqon tortish Arqon tortish qadimiy sport turi va u hozirgi kunda ham bor. Lekin bu sport turi ham qonli tarixga ega. Vikinglar hayvonlar terilaridan to„qilgan arqonni ikki guruhga bo„linib tortishgan. Faqat hozirgidan «ozgina» farqli ravishda arqon sportchilarning qo„llariga bog„langan va o„rtada cho„g„ to„plangan chuqur bo„lgan. Kuchsizlar mag„lubiyatni tan olish orqali kulgiga qolganlar yoki otash to„la chuqurga ravona bo„lganlar. Pankration Boshqa qadimiy musobaqalar bilan solishtirganda pankration anchagina shafqatli sport turiligiga amin bo„lamiz. Qadimgi yunonlar o„ylab topgan bu musobaqalarda barcha jangovar sport turlari (boks, karate, kurash va h.k.) qorishib ketgan hamda hech qanday qoidalar bo„lmagani holda qurolsiz jang tanaffuslarsiz, qatnashchilardan biri hushini yo„qotmaguncha, yoki mag„lubiyatni tan olib, shafqat so„rab yolvormaguncha davom etavergan. Download 125.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling