Mavzu: statik tizimlar haqida tushuncha
STATIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA AKSIOMALARI
Download 81.68 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asosiy tushunchalar va tariflar
STATIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA AKSIOMALARI
Dаrsning mаqsаdi — o’quvchilаrdа statikaning asosiy tushunchalari va aksiomalariga doir bilimlаrni shаkllаntirish. Tаrbiyaviy mаqsаdi — texnik mexanikaning tafakkurni shakillantirish va rivojlantirish Rivojlаntirish mаqsаdi — fаnlаrаro bog'lаnishlаr asosida o’quvchilarning statika, kinematika va dinamika elementlari bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish. 1. Asosiy tushunchalar va ta'riflar Statikada jismlarning muvozanati o'rganiladi. Moddiy jismlarning muvozanati mexanik harakatnirig xususiy holi bo'lib, bunda uning ma'lum qismiga qo'zg'almas qilib mahkamlangan koordinatalar sistemasiga nisbatan tinch vaziyati tushuniladi. Jismlar qo'zg'almas qilib mahkamlanganda "tinch holatda" turadi, deyish mumkin. Masalan, dastgoh tinch holatda turibdi, deymiz. Haqiqatan ham dastgoh beton yordamida yerga qo'zg'almas qilib o'rnatilgan. Lekin aslida dastgoh Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida murakkab harakat qiladi. Demak, tabiatda mutlaq (absolyut) qo'zg'almaydigan jism boimaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Jismlarning mexanik harakati va muvozanatini tekshirishda statikaning quyidagi asosiy tushunchalaridan foydalaniladi:
Moddiy nuqta deganda oichamlari va shakli ma'lum sha-roitda hisobga olinmaydigan, massasi bir nuqtada joylashgan deb tasavvur qilinadigan jism tushuniladi. Mutlaq qattiqjism deganda kuch ta'sirida istalgan nuqta-lari orasidagi masofa doimo o'zgarmasdan qoladigan qattiq jism tushuniladi. Tabiatda mutlaq qattiq jism uchramaydi, har qanday jism ham ozmi-ko'pmi deformatsiyalanib shakli va oichamlarini o'zgartiradi. Ko'pinchabu o'zgarishlar jismning o'lchamlariga nisbatan juda kichik bo'lganligi sababli, mexanik harakatni yoki muvozanatni o'rganishda ular e'tiborga olinmaydi. 3. Jismlar o'zaro ta'sirining miqdor oichovi kuch deyiladi.
kuchi, inersiya kuchi, elektrlangan va magnitlangan jismlarning tortishish yoki itarishish kuchlari, ishqalanish kuchlari, bi-ror jismni bir joydan boshqa joyga ko'chirish, uni ko'tarish, tezligini o'zgartirish uchun zarur bo'lgan kuchlar va h. Kuch yo'nalishi, moduli (son qiyraati) va qo’yilish nuqtasi bilan tavsiflanuvchi vektor kattalikdir (1.1-shakl). Ku ch yotgan KL to'g'ri chiziq kuchning ta'sir chizig'i deyiladi. Xalqaro birliklar sistemasi (SI)da kuch birligi qilib Nyuton, qisqacha N qabul qilingan (1-ilova). 4. Jismga qo'yilgan kuchlar to'plami kuchlar tizimi deyiladi. Jismga qo'yilgan kuchlar tizimi ko'rsatadigan ta'sirni boshqa kuchlar tizimi bilan almashtirilganda jismning holati o'zgarmasa, bunday ikki kuch tizimi teng kuchli (ekvivalent) kuchlar tizimi deyiladi. Bu kuchlarning teng kuchliligi quyidagicha yoziladi:
5. Kuchlar tizimi ( ) ning ta'sirini bitta kuch bera olsa, bunday kuch kuchlar tiziminmg teng ta 'sir etuvchisi deyiladi va quyidagicha yoziladi: ~ (b) 6. Kuchlar tizimi ta'siridagi jism tinch holatda qolsa yoki inersion harakatda bo'lsa (masalan, jismning barcha nuqtalari o'zgarmas va bir xil tezlik bilan harakatlansa), jismning bunday holati muvozanat holati deyiladi. Kuchlar tizimi ta'siridagi jism muvozanat holatida bo'lsa, u muvozanatlashgan kuchlar tizimi yoki nolga teng kuchli tizim deyiladi: ( ) ~ 0 (d) 7. Statikada jismning muvozanati deganda uning tinch holati tushuniladi. Jismning harakati yoki holati boshqa jism bilan bog'langan koordinatalar sistemasiga nisbatan tekshiriladi. Odatda bunday koordinatalar sistemasi sanoq sistemasi-deyiladi. Statikada Yer bilan bevosita bog'langan sanoq sistemasi ishlatiladi. Download 81.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling