Mavzu: statik tizimlar haqida tushuncha
Bog'lanish va bog'lanish reaksiyalari
Download 81.68 Kb.
|
^ 3. Bog'lanish va bog'lanish reaksiyalari
Jism fazoda ixtiyoriy tomonga harakatlana olsa, u erkinjism deyiladi. Jismning harakati yoki holati biror sabab bilan chegaralangan bo'lsa, u erkin bo'lmagan jism yoki bog'lanishdagi jism deyiladi. Jismning harakati yoki holatini cheklovchi sabab bog'lanish deyiladi. Masalan, vagonning vertikal yo'nalishdagi harakatini rels cheklaydi. Boshqacha aytganda, vagon bog'lanishdagi jism, rels bog'lanish vazifasini bajaradi. Bog'lanishning jismga ko'rsatadigan ta'siri bog'lanish reaksiya kuchi yoki q'isq'acha reaksiya kuchi deyiladi. Bog'lanishdagi jismlarning harakati qaysi tomondan cheklangan bo'lsa, reaksiya kuchi shu yo'nalishga teskari yo'nalgan bo'ladi. Reaksiya kuchlarini aniqlash statikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Reaksiya kuchlarini aniqlashda jismni bog'lanishdan bo'shatish aksiomasidan foydalaniladi: bog'lanishlarning berilgan jismga ta'sirini reaksiya kuchi bilan almashtirib, har qanday bog'lanishdagi jismni erkin jism deb qarash mumkin. Bog'lanishdagi jismlarning bir-biriga tegib turgan qismidagi ishqalanish kuchini e'tiborga olmay, bog'lanishlartii quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Silliq sirt vositasida bogianish: a) jism silliq sirtga A nuqtada tayanadi (1.6-shakl, a, b, d). Ch izmalardan ko'rinib turganidek, silliq sirt jismning shu sirtga o'tkazilgan normal bo'yicha harakatini cheklaydi. Shuning uchun silliq sirtning reaksiya kuchi sirtga o'tkazilgan normal bo'yicha yo'naladi; b) jism A nuqtada vertikal devorga, B nuqtada polga, C nuqtada ikki yoqli burchak qirrasiga tayanadi (1.7-shakl). Vertikal devor va polning reaksiya kuchlari A va B nuqtalarda mos ravishda devor va polga o'tkazilgan perpendikulyar bo'yicha yo'naladi. Ikki yoqli burchakdan tashkil topgan qirraning reaksiya kuchi esa C nuqtada to'singa o'tkazilgan perpendikulyar bo'yicha yo'naladi; d) jism (ferma) silliq sirtga g'altaklar vositasida tayanib turibdi A nuqtadagi reaksiya kuchi R sirtga perpendikulyar yo'naladi.
Download 81.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling