Mavzu: Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi


Download 78.3 Kb.
bet3/6
Sana22.12.2022
Hajmi78.3 Kb.
#1043655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

Taqqoslash
Dinamika
Tuzilmaviy
O’zaro boglanishni ifodalovchi
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar. Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqindir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqin grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqin qisqa va tushunarli bo’lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi uni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar
2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra : nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.
3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra : diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).
Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko’ra diagrammalar taqqoslash, tuzilmaviy, dinamika va o’zaro bog’lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo’linadi.
Grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, kushumeta va boshqalar kiradi.
Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli ustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgan kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda statistika ko’rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan, ustma-ust (qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. Shuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o’q shkala vazifasini bajaradi), ya’ni to’g’ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin.
Taqqoslovchi diagrammani tashkil etuvchi barcha ustunlarda faqat bitta o’lchov o’zgaruvchan miqdor hisoblanadi. Misol tariqasida quyidagi ustunli diagrammalar tuzilishini ko’rib chiqamiz.
Yuqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq gorizontal o’q bo’ylab ustunlar vertikal joylashtiriladi. Mazkur diagrammalarning yaqqolligi ustunlardagi miqdorlarni solishtirish orqali erishiladi.
Grafik maydonda ustunlarning joylanishi gorizontal o’q bo’ylab turlicha bo’lishi mumkin: bir-biridan bir xil uzoqlikda; bir-biriga jipslashgan holda; bir-birini ustiga qo’yilgan holda.
Hodisalar vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlash uchun dinamika diagrammalari tuziladi.

Download 78.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling