Mavzu: Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi


Download 78.3 Kb.
bet6/6
Sana22.12.2022
Hajmi78.3 Kb.
#1043655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

Statistika xaritalari – grafik tasvirlash shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.
Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud: xaritagramma, xaritadiagramma.
Xaritagramma – bu sxematik geografik xarita bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko’rsatkichi bo’yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.
Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo’linadi. Fonli xaritagrammada hududlar ularni baholovchi darajalarga ko’ra turli ranglar orqali tasvirlanadi. Siyosiy dunyo kartasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma’lum bir zichligi, kattaligi orqali ifodalanadi. Fonli xaritogrammalar asosan nisbiy va o’rtacha miqdorlarni ifodalashda, nuqtali xaritogrammalar esa asosan hajmli, miqdoriy ko’rsatgichlarni ifodalashda foydalaniladi.
Xaritalarning yana bir turi xaritadiagrammalardir. U geografik xaritalardagi
hududlar hodisalarini diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi. Bunda tasvirlovchi belgi(diagramma)lar bo’lib nuqta, chiziq, ustun, lenta, kvadrat, doira, har xil figuralar xizmat qiladi. Bu belgilar hududlarga tegishli hodisalarning darajasiga yoki xususiyatiga ko’ra turli o’lchovda geografik xaritalarga joylashtiriladi.
Siyosiy dunyo xaritasidagi shaharlarni ifodalovchi belgi – nuqtalar (doira) xaritadiagrammaga misol bo’ladi. Bunda nuqtaning kattaligi u shaharda aholi sonini ifodalaydi.
Xaritadiagramma xaritagrammalarga nisbatan geografik holatlarni o’rganishda qulayroq hisoblanadi. Unda murakkab statistik-geografik ma’lumotlarni ko’rinarli va tushunarliroq holda tasvirlash mumkin.
Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, statistik grafiklar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hodisalarni o’rganishda muhim statistik qurollardan biri bo’lib, ularda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tashqi tasviri yorqin namoyon bo’ladi.
Ularni insoniyat hayotida uchraydigan hodisa va jarayonlarning oynasi deb atasak xato bo’lmasa kerak.
Statistik kuzatishdan olingan tarqoq ma’lumotlar har bir hodisa va jarayonlarni ifodalaydi. Kuzatish to‘plamdagi hodisa va jarayonlarning muhim tamonlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun ularni muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratish lozim.
Demak, statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir.
Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi.
Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, miqdoriy va sifat (atributiv) belgilar bo‘lishi mumkin.
Miqdoriy belgilar – bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Sifat belgisi - o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar son jihatdan ifodalash mumkin bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarga aytiladi. Masalan aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilar -sifat belgilaridir.
Alternativ belgi – ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir.
Hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlashda omil belgi va natijaviy belgini farqlash lozim. Omil belgi hodisa va jarayonlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi belgidir. Natijaviy belgi - hodisa va jarayonlarning o‘zgargan holatini ifodalaydi. Omilli belgi asosida tuzilgan guruhlashda hodisa va jarayonlar bu omil bilan natija qanday bog‘liqlikda ekanliklarini aniqlaydilar. Agarda omil belgi ko‘rsatkichi ortishi bilan natijaviy belgi miqdori (ko‘rsatkichi) ortib borsa, ular o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri, agarda omil belgi ortishi bilan natijaviy belgi miqdori kamayib borsa - belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik teskari bog‘lanish hisoblanadi. masalan, mehnat unumdorligi va mahsulot tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish - teskari bog‘lanishga misoldir. Chunki mehnat unumdorligi (omil belgi) o‘sishi bilan mahsulot tannarxi (natijaviy belgi) pasayib boradi.
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi.
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi.
i = Xmax − Xmin n bu yerda: i – oraliq kattaligi (miqdori)
Xmax - guruhlash belgisining eng katta miqdori (varianti);
Xmin - guruhlash belgisining eng kichik miqdori (varianti);
n - guruhlar soni.
Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim. Agarda guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess formulasidan foydalanamiz.
n = 1 + 3,322 lg N: bu yerda N–to‘plamdagi birliklar soni
Teng yoki teng bo‘lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar oraliqlar miqdori “dan - gacha” aniq bo‘lsa, bunday guruhlar yopiq oraliq ko‘rinishidagi; agarda “gacha” dan boshlanib, “undan yuqori” bilan tugasa, ochiq oraliq ko‘rinishidagi guruhlash bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


a b "Grafika o'rni". NIST / SEMATECH statistik metodlar bo'yicha elektron qo'llanma. 2003–2010. Olingan 5 may, 2011.
^ Jeykobi, Uilyam G. (1997). Bir o'zgaruvchan va ikki o'zgaruvchan ma'lumotlar uchun statistik grafikalar: statistik grafikalar. 2-4 betlar.
^ a b Jeyms R. Beniger va Doroti L. Robin (1978). "Statistikadagi miqdoriy grafikalar: qisqacha tarix". In: TheAmerika statistikasi. 32: 1-11 betlar.
^ Tufte, Edvard (1983). Miqdoriy ma'lumotlarning vizual namoyishi. Cheshire, Connecticut: Graphics Press. ISBN 0961392142.
^ Kichkina, Xyu. "Florens Nightingale-ning statistik diagrammasi".
^ Krosier, Skott. "Jon Snow: 1854 yilgi London vabo epidemiyasi". Kaliforniya universiteti, Santa-Barbara.
^ Corbett, Jon. "Charlz Jozef Minard: Napoleonning mart, 1861 yil xaritasini tuzish". Mekansal integratsiyalashgan ijtimoiy fanlar markazi. Olingan 21 sentyabr 2014.

Testlar:
1. «Tijorat siyosat atlas» asari kimga tegishli?


|A) U.Pleyf B)J.Keyns
C) J.Broun D)R.Watson
2. Statistika xaritalarining necha shakli mavjud?
A) xaritagramma, xaritadiagramma B)xaritalash va xarita unsurlari
C) xaritiologiya C) To`g`ri javob yo`q
3. Grafik tasvir nima?
A) Bu unsur grafikning moqiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
B) bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir
C) grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir.
D) bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq,figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
4. Grafik maydon nima?
A) Bu unsur grafikning moqiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
B) bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir
C) bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq,figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
D) grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir.
5. grafik talqin nima?
A) grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir.
B) Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
C) bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir
D) bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq,figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
6. Statistik grafiklar nima?
A) Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
B) bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir
C) bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq,figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
D) grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir.
7. Alternativ belgi nima?
A) ikkita belgining biri biriga toqozo qilinishi
B)biri –biriga o`xshash belgilar
C) ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir.
D)hammasi noto`g`ri
8.statistik grafiklar nima?
A) bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir
B) bu sxematik geografik xarita bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati
C) Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy
D) B va C javoblar
9) Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab nimalarga bo`linadi?
A)toifa va guruh B) miqdoriy va sifat
C) Sifat va guruh D) Hamma javoblar to`g`ri
10. Masshtab nima ?
A)haritalardagi gradus chizig`i
B) bu raqamli ko'rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o'lchamidir
C)haritaning 3 o`lchamli tuzulishi
D)hamma jvob noto`g`ri
Javob
1a 2a 3b 4d 5b 6c 7c 8a 9 10
Download 78.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling