Mavzu: Statistik jadvallar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 0.72 Mb.
|
Statistik jadvallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydon o’lchovlari
- 1-rasm
Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir.
Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi. Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.
Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi. Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm). Shkala нуқталари Shkala
-2 -1 0 1 2 Shkala raqamlari Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling