Mavzu: Statistik jadvallar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sinf – bu sifatiy ma’lumotlar tasniflanishi mumkin bo’lgan kategoriyalardan biridir. Sinf chastotasi


Download 0.72 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1567290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Statistik jadvallar

Sinf – bu sifatiy ma’lumotlar tasniflanishi mumkin bo’lgan kategoriyalardan biridir.
Sinf chastotasi – ma’lumotlar qatoridagi muayyan sinfga kiruvchi kuzatuvlar soni.
Sinfning nisbiy chastotasi – sinf chastotasining ma’lumotlar qatoridagi kuzatuvlar umumiy soniga nisbatidir




1-jadval
22 nafar afaziyaga chalingan o’smirlar bo’yicha ma’lumot

Sub’ekt

Afaziya turi

Sub’ekt

Afaziya turi

1

Broka

12

Broka

2

Anomik

13

Anomik

3

Anomik

14

Broka

4

Nasldan naslga o’tuvchi

15

Anomik

5

Broka

16

Anomik

6

Nasldan naslga o’tuvchi

17

Anomik

7

Nasldan naslga o’tuvchi

18

Nasldan naslga o’tuvchi

8

Anomik

19

Broka

9

Nasldan naslga o’tuvchi

20

Anomik

10

Anomik

21

Nasldan naslga o’tuvchi

11

Nasldan naslga o’tuvchi

22

Anomik

Manba: Li, E. C., Williams, S. E., and Volpe, R. D. “The effects of topic and listener familiarity of discourse variables in procedural and narrative discourse tasks.” The Journal of Communication Disorders, Vol. 28, No. 1, Mar. 1995, p. 44 (Table1).


Sinf foizli ulushi – sinf nisbiy chastotasining 100 ga ko’paytirilganidir, ya’ni
Sinf foizli ulushi = sinf nisbiy chastotasi x100


1-jadvalni o’rganish asosida, biz tadqiqotda 10 nafar afaziyaga uchraganlarga anomik afaziya bilan og’rish tashxisi, 5 nafariga Broka va 7 nafariga o’tuvchi afaziya tashxisi qo’yilganini kuzatamiz. Ushbu 10, 5 va 7 raqamlari uch sinfning chastotasini ifodalaydi va ular 2.1-rasmdagi yig’indi jadvalda ifodalangan.

4-rasm. SPSS dasturining afaziya turlari uchun yig’indi jadvali
Garchi 4-rasmdagi umumlashtiruvchi jadval 1-jadvaldagi ma’lumotlarni etarlicha tasvirlasada, biz uning grafik ko’rinishida ifodalanishini ham istaymiz. 5 va 6-rasmlar sifatiy ma’umotlarni tasvirlashning eng keng foydalaniladigan ikki turini ko’rsatadi: ustunli grafik va doiraviy diagramma. 5-rasm afaziyaning uch turi chastotasini ustunli grafikda aks ettiradi. E’tibor bering, to’rtburchakning yoki ustunning balandligi sinf chastotasiga teng bo’ladi. (Amaliyotda, ustun balandligi sinf nisbiy chastotasiga proportsional bo’lishi mumkin).



5-rasm 6-rasm
Afaziya turi uchun ustunli grafik MINITABda Afaziya turi uchun doiraviy diagramma
Aksincha, 6-rasm esa afaziya uch turinng nisbiy chastotasini MINITAB dasturi orqali yaratilgan doiraviy diagrammada aks ettiradi. E’tibor bering, ushbu diagramma aylana shaklida va har bir sinf uchun belgilangan diagramma qismining o’lchami (burchagi) sinf nisbiy chastotasiga proportsional bo’ladi. Misol uchun, anomik afaziya uchun belgilangan qism 3600ning 45.5% iga teng yoki 0.455*360=163,8°.
1-jadvaldagi ma’lumotlar to’plamini tark etishdan avval, SPSS yordamida yaratigan 7-rasmda keltirilgan ustunli diagrammani ko’rib chiqamiz. E’tibor bersangiz, afaziyaning turlari uchun berilgan ustunlar chapdan o’ngga gorizontal o’q bo’ylab balandligining kamayish tartibida joylashtirilgan. Ya’ni, eng baland ustun (anomik) eng chapda joylashgan, eng qisqa ustun (Broka) esa o’ngda joylashgan. Ustunli diagrammada ustunlarning bu tartibda qayta joylashtirilishi Pareto diagrammasi deb atalib, (italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto sharafiga nomlangan) u eng yuqori chastotali eng muhim kategoriyalarni joylashtirishni osonlashtiradi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling