Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Download 117 Kb.
|
Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Statistik ma’lumotlar nima uchun kerak
Asosiy qism
Statistik ko‘rsatkich - aniq sharoitda sodir bo‘lgan voqea va hodisaning miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi. Ko‘rsatkichlar tizimi esa bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan yaxlit tizim bo‘lib, hodisa va voqealarni bir butunligicha tavsiflaydi. Har qanday fan o‘z obyektini ma’lum usullar yordamida o‘rganadi. Barcha fanlar uchun umumiy usul - dialektik usuldir. Chunki bu usul ijtimoiy hodisalarni rivojlanish jarayonida, o‘zaro bog‘langan holda o‘rganishni taqozo etadi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlarda sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlarning tub sababi ularning o‘zaro ta’sirida bo‘lishidandir. Masalan, odam moddiy ishlab chiqarish orqali tabiat bilan bog‘langan. Bu bog‘lanishning shakli - insoniyatning yaxshi yashashi uchun zarur va shart bolgan mehnatdir. Mehnat jarayonida kishilaming iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topadi, shu munosabatlar asosida ularning boshqa aloqalari - siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, etnik aloqalari ham vujudga keladi. Demak, hodisalarni kuzatayotganda ulardagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu hodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalami birgalikda olib o‘rganish zarur. Alo8 qalarni bilish juda katta ahamiyatga ega, odamlar bu aloqalarni bilib olib, obyektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar. v Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o‘zining xususiy usullarini yaratgan. Ular quyidagilardan iborat: • ommaviy statistik kuzatish; • kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; • turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o‘rtacha iqdor, indeks, dinamik ko‘rsatkichlar va hokazo) hisoblash; • statistik ma’lumotlami jadval va grafiklar ko'rinishida tasvirlash. I.Statistik ma’lumotlar nima uchun kerak? Har qanday statistik tekshirish o‘sha o‘rganilayotgan obyekt haqida tegishli ma’lumotlarni to‘plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham uni statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy holatini o‘rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar bo‘yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlarni boshlang‘ich manbalardan olishi kerak. Bu ko‘rsatkichlarga qanday omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o‘rganib bo‘lmaydi. Har qanday ma’lumot to‘plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o‘tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi. Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog‘langan va bir butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o‘rganilayotgan bo‘lsa, uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni bir guruhini o‘rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga bog‘liq, bir-birini taqozo qiluvchi ko‘rsatkichlardir. Agarda bir guruh ko‘rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko‘zlangan xatolarni keltirib chiqaramiz. Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o‘tkazishda to‘plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to‘g‘ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. Masalan, o‘sha moliyaviy holatni o‘rganish misolimizga qaytaylik. Agarda birinchi yilda to‘plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili to‘plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, olingan ma’lumotlar vaqt va to‘plam birliklarini qamrab olish bo‘yicha to‘lato‘kis bo‘lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas. To‘planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va obyektivligi haqida hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug‘ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to‘plamga kiritilgan har bir ko‘rsatkich mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko‘rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har birini birlikni obyektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda. Ma’lumotlarni to‘plash yagona (hamma obyektlar bo‘yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi. Masalan, aholi fikrini o‘rganmoqchisiz. To‘plamga kiradigan aholi soni 1000 kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va javoblarni olishdan oldin respondentlar savollarga javob berish yo‘riqnomasi bilan tanishtirish to‘g‘ri javoblar olishga asos bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to‘ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to‘liq va obyektiv bo‘lishi hamda o‘z vaqtida to‘planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir. Shunday qilib, statistik kuzatish deb, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo‘yicha qayd qilishga va to‘plashga aytiladi. Statistik kuzatish qanchalik to‘g‘ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o‘tgan dastur bilan o‘tkazilsa, uning ma’lumotlari aniq qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo‘ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to‘g‘ri xulosalar chiqariladi. Agarda to‘plangan ma’lumotlar noaniq va noto‘g‘ri bo‘lsa, birinchidan sarflangan vaqt va mablag‘ zoe ketgan bo‘ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va chiqarilgan xulosalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling