Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


II.1Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish


Download 117 Kb.
bet8/9
Sana28.09.2023
Hajmi117 Kb.
#1689081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti

II.1Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish.
Statistik kuzatish o`tkazilgandan so`ng uning natijalarini qabul qilish boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma`lumotlar uch nuqtai nazardan tekshiriladi. Statistik kuzatish ma`lumotlarini tekshirish usullari bir-biridan farq qiladi. Tashqi nazoratda asosan hujjatlarning to`g’ri rasmiylashtirilishi, ya`ni yo`riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma`lumotlarning to`laligi tekshiriladi. Masalan, instruktor-nazoratchi aholi ro`yxati materiallarini qabul qilayotganda avvalo ro`yxat varaqalari qanday rasmiylashtirilganligini, undagi rekvizitlarga javoblar to`la yoki to`lamasligini tekshirib chiqadi. Shu bilan birga kuzatish birliklari, uylar va xonalarning to`laligini tekshiradi. Mantiqiy tekshirish deyilganda statistik ma`lumotlarni mazmunini tekshirish tushuniladi. Bunda rekvizitlarga berilgan javoblar ko`zdan kechiriladi va ularda qarama-qarshiliklar bor-yo`qligini aniqlanadi. Arifmetik tekshirish deb o`zaro bog’liq bo`lgan ma`lumotlarni son (raqam) jihatdan tekshirishga aytiladi. Masalan, savdo bazasidan yil boshlanishidagi tovar qoldig’iga yil davomida qabul qilingan tovar qiymati qo`shilsa, yil davomida jo`natilgan mahsulot qiymati kelib chiqadi. Agar bunday balans kelib chiqmasa, demak, ma`lumotlarda qandaydir xatoga yo`l qo`yilgan bo`ladi. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ (vakolatli) xato. Qayd qilishdagi xatolar o`z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo`lishi mumkin: bila turib yo`l qo`yilgan xatolar va bilmasdan yo`l qo`yilgan xatolar (9-chizma).
Qayd qilishdagi xatolar hodisani kuzatish formulyariga yozayotganda yoki ma`lumotlarning mazmunini noto`g’ri tushunib qayd qilish natijasida vujudga keladi. Bunday xatolar yoppasiga kuzatishda ham, tanlama kuzatishda ham ro`y beradi.
Tasodifiy xatolar har xil ko`rinishda bo`lib, yozuvdan tushirib qoldirish va sanashda xatolikka yo`l qo`yish, kuzatuvchining toliqishi, charchashi natijasida yuzaga chiqadi. Bunday xatolar faqatgina kuzatuvchi tomonidan emas, balki so`roqqa oluvchi tomonidan ham yo`l qo`yilishi mumkin. Bu xatolar kuzatish natijasiga ikki yoqlama (ham ko`payish, ham kamayish jihatidan) ta`sir qiladi. Ko`p birliklardan tashkil topgan to`plamlarda katta sonlar qonuniga binoan manfiy yo`nalishli xatolar musbatlari bilan eyishadi va umumiy yakunlarga deyarli ta`sir qilmaydi.
Muntazam xatolar har doim bir yo`nalishda bo`ladi va umumiy ko`rsatkichlarga kuchliroq ta`sir ko`rsatadi. Natijada ular haqiqatdan yiroqlashadi. Demak, muntazam xatolar xavflidir. Bunday xatolarga bila turib yoki bilmay turib yo`l quyish mumkin. Masalan, hisobot ma`lumotlariga qo`shib yozish ma`lum maqsadni ko`zlaydi va ataylab, bila turib qilingan xatoga misol bo`la oladi. U mansabni suiiste`mol qilish yoki hisobotga panja ortidan qarash natijasida yuzaga chiqadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga misol qilib aholini ro`yxatga olish vaqtida yoshni butunlashtirib aytishni olish mumkin. Odatda, 78 yoki 81 yoshli qariyalar 80 yoshdalar deb aytladi. Butun sonlar bilan yoshni ifodalash barcha kishilarga taalluqli xislatdir.
Reprezentativ xato deb bosh to`plam bilan tanlama to`plam natijalari o`rtasidagi tafovutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir. U ham tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Tasodifiy xato tanlama kuzatish mohiyatidan kelib chiqadi va ikki yoqlama yo`nalishga egadir. Muntazam xato odatda bir yo`nalishda bo`lib, tanlab olish printsiplarini qo`pol ravishda buzish natijasida yuzaga chiqadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda statistik kuzatish uch bosqichga ega:
1) kuzatishni tayyorlash;
2) uni amalga oshirish;
3) kuzatish materiallarini qabul qilish.
Ular o`zaro bog’langan bo`lib, ma`lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to`planadigan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta`minlash tadbir-choralari ko`rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat`iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo`li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi.


Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling