Mavzu: Steganografiya Reja
RSA algoritmining himoyalanganligi
Download 96.77 Kb.
|
7, 8, 9-mavzular (1)
RSA algoritmining himoyalanganligi. RSA algoritmining uch xil mumkin bo‘lgan kriptotihlil usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Oddiy tanlash usuli. Bunda barcha mumkin bo‘lgan maxfiy kalitlarni tekshirish taklif qilinadi. Matematik analiz. Bunday bir nechta usullar mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita tub sonli ko‘paytmaning ko‘paytuvchilarini topish mohiyati bo‘yicha ekvivalentdir. Vaqt sarfi bo‘yicha analiz. Shifrlash algorimining bajarilishiga ketgan vaqtni analiz qilishga qaratilgan. Oddiy tanlash usuliga qarshi himoya RSA da ham, qolgan barcha kriptotizimlardagidek katta hajmdagi kalitlarni ishlatishdir. Bunday yondashishda e va d qancha katta bitdan iborat bo‘lsa shuncha yaxshi. Lekin kalitlarni generatsiya qilishda murakkab hisoblashlarni ishlatish hamda shifrlash/deshifrlash kalitlarining uzunligining katta bo‘lishi tizimni sekin ishlashiga olib keladi. RSA kriptotahlilida 3 xil matematik yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin. nni ikkita tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Bu o‘z navbatida hisoblashni, bu esa ni aniqlab olish imkonini beradi. Oldindan p va q ni hisoblamasdan turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash. Oldindan ni aniqlamasdan turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri d ni aniqlash. Ko‘p hollarda RSA shifri kriptotahlilida n qiymatni ikkita tub ko‘paytuvchiga ajratish masalasi muhokama qilinadi. Berilgan n bo‘yicha ni aniqlash masalasi bilan n ni ko‘paytuvchilarga ajratish masalasi bilan ekvivalent hisoblanadi. Hozirgi kundagi ma’lum algoritmlarda e va n orqali d ni aniqlash muammosiga ketadigan vaqt bilan, ko‘paytuvchilarga ajratish muammosiga ketadigan vaqt bir xil. Shunday ekan ko‘paytuvchilarga ajratish masalasini yechishga ketadigan vaqtni RSA ni himoyalanganlini baholashga sarflash mumkin. Download 96.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling