Mavzu: Stress va frustratsiya


Download 311.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi311.82 Kb.
#1611256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq P.P

STRESSDAN QUTULISH UCHUN 
Stressga olib keluvchi omilga tog’ridan-tog’ri ta’sir o’tkazish:
• 
Stressli vaziyatning asl sababi nimada ekanligini aniqlang;
• 
Ushbu vaziyatni o’zgartira olishingizni baholang;
• 
Oqibatlarini baholang.
Vaziyatga bo’lgan qarashingizni o’zgartirish:
• 
Vaziyatni o’zgartirish sizning qo’lingizdan kelish-kelmasligini 
baholang;


• 
Agar boshqalar hatti-harakatini o’zgartirib bo’lmasa, ularga bo’lgan 
munosabatingizni o’zgartiring.
Stressni oldini olish — erishilsa bo’ladigan maqsadlar qo’ying:
• 
«Men ideal bo’lishim kerak», «Dunyo menga nisbatan doimo adolatli 
bo’lishi kerak» degan fikrlardan yiroq bo’ling;
• 
«Agar reja tuzib chiqsam, men hammasini uddalayman», «Men buni 
bosqichma-bosqich amalga oshiraman», «Agar uddasidan chiqa olmasam
barchasini boshqatdan boshlayman» degan fikrga yaqinroq bo’ling.
2. FRUSTRATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. 
Frustratsiya (lot. frustratio — aldanish, rejalarning barbod boʻlishi) — 
muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yoʻlidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi 
ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda 
yengib boʻlmaydigan yoki subʼektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar 
tufayli paydo boʻladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. 
Flustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bogʻliq. Fluratsiya holatida 
shaxsning vaziyatni toʻgʻri baholash qobiliyati muhimdir. Shu bois turmushning 
noqulay taʼsirlariga qarshi kurashish uchun odam feʼl-atvoridagi barqarorlikni 
shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi feʼl-
atvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini koʻrsatuvchi, shuningdek, 
oʻtkinchi holat boʻlishi mumkin. Frustratsiya asosan, salbiy hissiyotlar uygʻotadi. 
Frustratsiyaning turlari: tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, gʻamginlik 
tuygʻusi, oʻziga ishonmaslik, kuchsizlik, maʼyuslik va boshqa. Frustratsiyaning 
tajovuzkor holati koʻpincha oʻzini tuta olmaydigan, qoʻpol odamga xos boʻlsa, 
depressiya holati oʻziga ishonmaydigan shaxsga taalluqlidir. Baʼzan ogʻir tabiatli 
kishilarda ham shu xildagi holatni vujudga keltirish mumkin, lekin bu vaziyat 
uzoqqa choʻzilmaydi.

Download 311.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling