Mavzu: Stress va frustratsiya


Download 311.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi311.82 Kb.
#1611256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq P.P

Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida); 
Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. 
Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni 
organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga 
nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress 
holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik 
ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. 
Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan 
psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish 
bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi 
bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va 
izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli 
kasallik jarayonlari yuzaga keladi. 
Stress hayot 
uchun 
xavfli 
bo‘lsada, organizm 
uchun 
zarurdir: 
austressda («foydali» 
stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab 
chiqiladi. Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar). 


Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, 
vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati 
vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. 
Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning 
kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda 
faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. 
Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli 
hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini 
ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin. 
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi 
bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab 
olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga 
ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt 
va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, 
o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, 
g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, 
aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi. 
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar 
ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi 
xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga 
sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin 
shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi. 
Shunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum 
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. 
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib 
chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga 
o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa 
holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi. 


Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX 
asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar 
unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, 
oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat 
chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. 
surunkali shopogoliklardir. 
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida 
supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon 
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha 
aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga 
inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan 
bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan 
buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi 
xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa 
yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik 
kabi jiddiydir. 

Download 311.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling